Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2020 28.06.2013 yildagi PQ-1990-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilsin (keyingi oʻrinlarda TDYU deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU 1-ilovaga muvofiq “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash boʻyicha bazaviy davlat oliy taʼlim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. TDYUning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat huquqi va boshqaruvi, jinoyat huquqi va protsessi, fuqarolik huquqi va protsessi, tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi), xalqaro, xalqaro tijorat (xususiy) huquqi va yuridik taʼlimning boshqa ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha talabalarning fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini taʼminlaydigan dastur va oʻquv rejalari asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan uzviy bogʻliqligini, talabalarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish koʻnikmasini shakllantirishni taʼminlaydigan oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qurilishi va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish huquqni qoʻllash amaliyotiga, oʻquv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar, shuningdek oliy yuridik taʼlim muassasalarida huquqiy fanlar boʻyicha dars berayotgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan oʻquv adabiyotlar, oʻquv-metodik materiallar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish boʻyicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning oʻquv va ilmiy boʻlinmalarini oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlarini egallagan, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik boʻlinmalarida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali ilmiy, pedagogik kadrlar bilan taʼminlash, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish; shartnoma asosida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni yurisprudensiya sohasiga qabul qilish va mutaxassislarni tayyorlash rejalari bilan uzviy bogʻlagan holda chuqur oʻrganishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda TDYUda zamonaviy oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, oʻquv, ilmiy-metodik boʻlinmalarni, kafedralarni oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini, davlat-huquqiy, sud, huquqni muhofaza qilish, huquqni qoʻllash sohalaridagi demokratik oʻzgarishlar tajribasini inobatga olgan holda oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar mualliflari mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini nazarda tutgan holda huquqiy fanlar va predmetlar boʻyicha yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlashning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU oʻqituvchilarini Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi, davlat organlarida har yillik asosda stajirovka oʻtash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari bilan birgalikda yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlarining mutaxassislarini Universitetda maʼruza oʻqish, tadqiqotlar oʻtkazishga jalb etishga doimiy asosda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlardan TDYUning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishga, professor-oʻqituvchilar tarkibining Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkillashtirish uchun belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berilsin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti bir oy muddatda davlat taʼlim standartlari, TDYUning bakalavr va magistrlarni tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini taʼlim berishning modulli tizimini qoʻllagan holda umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil qilish va yuridik faoliyatning tegishli sohalarini boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlari asosida olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning davlat-huquqiy, jinoyat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, xalqaro-huquqiy, tadbirkorlik-huquqiy (biznes huquqi) va boshqa yuridik faoliyat sohalarida bilim va amaliy koʻnikmalarni chuqurroq egallash zaruratini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan holda taʼlim berish dasturlari doirasida maxsus huquqiy fanlar boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy shakllarni (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq.) joriy etgan holda amaliy mashgʻulotlar hajmini, shuningdek bakalavr va magistrlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishlab chiqarish, xoʻjalik, tijorat korxonalari, moliya-bank hamda boshqa muassasalarda malaka amaliyoti davomiyligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya ishlarining tematikasi va asosiy holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda inventarizatsiyadan oʻtkazsin, ularni zamonaviy talablar, huquqiy fan va yuridik amaliyotning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv amaliyotining oʻquv dasturlariga muvofiq talabalarning oʻqish davrida olgan amaliy va nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tegishli boʻlinmalarida majburiy stajirovkalarini tashkil etishda Universitetga har tomonlama yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy tuzilmalarning rahbar tarkiblari, masʼul xodimlari tomonidan Universitetda maxsus yuridik fan va predmetlar, qonun ijodkorligi nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari, huquqni qoʻllash faoliyati boʻyicha maʼruza oʻqish (shu jumladan, soatbay haq toʻlash shartlarida), mashgʻulotlar oʻtkazishni amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. TDYU:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning axborot-resurs markazini mustahkamlash uchun bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning nazorat nusxalarini (bir nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda TDYUning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kengaytirish, oʻquv jarayonini tashkil etishda zarur xonalar ajratish, oʻquv-sport kompleksini tashkil etish, maxsus yuridik tayyorlashning oʻquv-metodik bazasini yaratish choralarini nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston milliy universiteti, shuningdek Samarqand davlat universitetining “yurisprudensiya” ixtisosligi va yoʻnalishlari boʻyicha magistrlar va bakalavrlar tayyorlashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston milliy universiteti, shuningdek Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakultetining 2013/2014 oʻquv yilida bakalavriatning II — IV kurslariga va magistraturaning II kursiga oʻtuvchi talabalariga yuqorida koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni yakunlash va diplom olish imkoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1990-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha soha mutaxassisliklari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat-huquqiy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik-huquqiy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoiy-huquqiy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro-huquqiy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 335-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda; 2017-y., 19-son, 335-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son; 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)