18.06.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan keyin — Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash bo‘lgan xohish-istaklarga, 1996-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida Shartnomaga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bo‘lim
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Huquqiy muhofaza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Huquqiy muhofaza hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida o‘z shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar. Ushbu maqsadlarda ular boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar, notarial idoralar (keyingi o‘rinlarda — “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalarga erkin va to‘siqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, uning fuqarolaridek sharoitlarda ularda qatnashishlari, iltimos qo‘zg‘atishlari, da’vo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnomaning qoidalari, tegishlicha Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga binoan tuzilgan yuridik shaxslarga ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq o‘zaro yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya muassasalari ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar vakolatiga kiradigan boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa muassasalar ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha huquqiy yordam haqida iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali jo‘natadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Huquqiy yordam hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual va boshqa harakatlarni bajarish yo‘li bilan, shu jumladan hujjatlarni tuzish va jo‘natish, tintuv o‘tkazish, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish, jo‘natish va berish, ekspertiza o‘tkazish, tomonlarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni so‘roq qilish, jinoiy ta’qib qilishni amalga oshirish, jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish va berish, sud ko‘rigini o‘tkazish, fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik da’vosi qismi bo‘yicha hukmlarni, ijro yozuvlarini e’tirof etish va ijro etish, shuningdek hujjatlarni topshirish yo‘li bilan bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Munosabatlar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh Prokuraturasi orqali munosabatga bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda o‘zbek, ozarbayjon va rus tillaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida jo‘natilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur bo‘lgan hollarda, o‘zbek va ozarbayjon tillariga yozma va og‘zaki tarjimani ham ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya muassasalari va boshqa muassasalar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish tartibida jo‘natiladigan hujjatlar gerbli muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriq shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) so‘rayotgan adliya muassasasining va so‘ralayotgan adliya muassasasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) huquqiy yordam so‘ralayotgan ishning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tomonlarning, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki hukm qilingan, shuningdek topshiriqqa munosabati bo‘lgan boshqa shaxslarning ismlari va familiyalari, ularning fuqaroligi, mashg‘uloti, doimiy yashash joyi yoki turar joyi; yuridik shaxslar uchun — ularning nomi va joylashgan joyi; ularning vakillarining ismlari, familiyalari va manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoiy ishlar bo‘yicha sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holati, shuningdek yuridik kvalifikatsiyasi hamda bu qilmish oqibatida zarar yetkazilgan bo‘lsa, uning miqdori haqida ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan topshiriq mazmuni va ma’lumotlar, shuningdek ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni ijro etishda so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlati qonunchiligini qo‘llaydi. So‘rayotgan muassasaning iltimosiga ko‘ra so‘ralayotgan muassasa o‘z davlati qonunchiligiga zid kelmasa, qonunchilik protsessual normalarni ijro etish usuli va shakliga nisbatan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar so‘ralayotgan adliya muassasasi topshiriqni ijro etishga vakolatli bo‘lmasa, u topshiriqni vakolatli adliya muassasasiga jo‘natadi va topshiriq chiqqan muassasani bu haqda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘rayotgan adliya muassasasining iltimosiga ko‘ra so‘ralayotgan adliya muassasasi topshiriq chiqqan muassasani va manfaatdor tomonlarni topshiriqning bajarilish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriq unda ko‘rsatilgan manzilda ijro etilishi mumkin bo‘lmasa, so‘ralayotgan tomon o‘z qonunchiligiga muvofiq manzilni belgilash uchun zarur choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Topshiriq ijro etilganidan so‘ng topshiriq qaratilgan adliya muassasasi hujjatlarni u chiqarilgan muassasaga jo‘natadi; agar huquqiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan holda so‘ralayotgan adliya muassasasi topshiriqni qaytaradi va uni ijro etishga to‘siq bo‘layotgan holatlar haqida xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining vakillari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bajarilayotgan chog‘da qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Guvohlar, jabrlanuvchilar, da’vogar shaxslar, ularning vakillari, javobgarlar, ekspertning daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon hududida dastlabki tergov yoki sud ko‘rib chiqishida boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan guvoh, jabrlanuvchi da’vogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspertning shaxsan qatnashish zarurati tug‘ilsa, bu Ahdlashuvchi Tomonning tegishli adliya organiga chaqiruv qog‘ozini berish haqidagi topshiriq bilan murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasiga chaqirishda kelmagan taqdirda majburiy choralar qo‘llash tahdidi bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaroligidan qat’i nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tegishli adliya organi chaqiruviga binoan kelgan guvoh, jabrlanuvchi da’vogar fuqaro. javobgar fuqaro, ularning vakillari yoki ekspert bu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasiga kirguniga qadar sodir etgan qilmishlari uchun jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Bunday shaxslar, shuningdek, ularning ko‘rsatmalari yoki ekspert sifatidagi xulosalari yoxud tekshirilayotgan jinoiy ish munosabati bilan ham jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun boshqa imkoniyatga ega bo‘lishsa-da, bundan buyon ularning bu yerda bo‘lishlariga zarurat yo‘qligini xabar qilingan kundan boshlab 15 kun muddat o‘tgungacha ketishmasa ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert kafolatlarni yo‘qotadilar. Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar fuqaro, javobgar fuqaro, ularning vakili yoki ekspert Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan hollarga ko‘ra chiqib ketolmagan vaqt ushbu muddatga qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu shaxslar chet elga borish va kelish va unda bo‘lish, shuningdek ishdan chalg‘igan kunlari uchun olinmagan ish haqini qoplatish huquqiga ega bo‘ladi; ekspertlar bundan tashqari ekspertiza o‘tkazganligi uchun taqdirlanish huquqiga ham ega. Chaqiruv qog‘ozida chaqiriluvchi shaxslar to‘lovlarning qanday turlariga huquqli bo‘lishlari ko‘rsatilishi lozim. Ularning iltimoslariga ko‘ra chaqiruv jo‘natayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomon hududida qamoqda bo‘lgan shaxs guvoh sifatida chaqirilgan taqdirda u vaqtincha, qamoqda saqlash va so‘roqlar tugagach zudlik bilan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili hamda topshiriladigan hujjatning nomi ko‘rsatilishi lozim. Topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomada ko‘rsatilgan manzil to‘liq bo‘lmasa yoki noaniq bo‘lsa so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq aniq manzilni aniqlash uchun choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hujjatlarni topshirish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar topshiriladigan hujjat so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida tuzilmagan va unga tasdiqlangan tarjima ilova qilingan bo‘lsada, so‘ralayotgan adliya muassasasi oluvchiga hujjatni agar u qabul qilishga rozi bo‘lsagina, topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish usuli, joyi va vaqti, shuningdek hujjatlar topshirilgan shaxs ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari orqali hujjatlarni topshirish va fuqarolarni so‘roq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hujjatlarni topshirish va o‘z fuqarolarini so‘roq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi. Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z hududlarida yordam ko‘rsatishdan kelib chiqadigan barcha xarajatlarni o‘zlari qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasini sarflangan xarajatlar haqida xabardor etadi. Agar so‘rayotgan muassasa bu xarajatlarni to‘lashga mas’ul bo‘lgan shaxslardan undirsa, undirilgan summalar adliya muassasasi ularni undirgan Ahdlashuvchi Tomon foydasiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bepul huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga yoki uning hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga boshqa Ahdlashuvchi Tomon sudlari va boshqa muassasalarida bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi va o‘z fuqarolariga bo‘lgan shartlarda va imtiyozlarda bepul sudlov ishlarini yurgizish ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish inson huquqlarining buzilishiga olib kelsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon suvereniteti va xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud qonunchiligiga zid kelsa huquqiy yordam ko‘rsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iltimosni qondirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan holda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bo‘lim
Maxsus qoidalar
Fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Shaxsiy maqom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Huquqiy layoqatlilik va yuridik muomalaga layoqatlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsning yuridik muomalaga layoqatliligi shu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning muomalaga layoqatliligi u doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan davlat qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqatliligi u ta’sis etilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Bedaraklikni e’tirof etish, vafot etgan deb e’lon qilish. O‘lim faktini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bedaraklikni e’tirof etish, vafot etgan deb e’lon qilish (vafot etgan deb tan olish) yoki o‘lim faktini belgilash (o‘lim vaqtini aniqlash) haqidagi ishlar bo‘yicha oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra u tirik bo‘lgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari, boshqa shaxslarga nisbatan esa shaxs oxirgi paytda yashab turgan joydagi adliya muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosini yoxud boshqa shaxsni shu mamlakat hududida yashovchi shaxslarning iltimoslariga binoan, agar ularning huquq va manfaatlari shu mamlakat qonunchiligi bilan asoslangan bo‘lsa, bedarak yoki vafot etgan deb e’lon qilishi (vafot etgan deb tan olishi), shuningdek uning o‘limi faktini (o‘lim vaqtini) belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari o‘z davlati qonunchiligini qo‘llaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Mulkiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Mulkchilik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulkka egalik huquqi hududida ko‘chmas mulk joylashgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat reyestriga kiritiladigan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulkka egalik huquqining paydo bo‘lishi va bekor qilinishi yoki mulkka boshqa ashyoviy huquq bunday huquqning paydo bo‘lishi yoki bekor qilinishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan paytda hududida mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi. Bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulkka egalik huquqining paydo bo‘lishi va bekor qilinishi yoki mulkka boshqa ashyoviy huquq Tomonlar bitimlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, hududida bitishuv imzolangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Bitishuv shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘chmas mulkka nisbatan bitishuvlar shakli hududida ko‘chmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-qism
Shartnomada nazarda tutilmagan zarar yetkazish oqibatida kelib chiquvchi majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartnomalar va boshqa qonuniy harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqida talab qilishga asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar zarar yetkazuvchi va zarar ko‘rgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa yoki bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab turgan bo‘lsa ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatib o‘tilgan ishlar bo‘yicha hududida zararni qoplash haqida talab qilishga asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar ko‘rgan, shuningdek hududida javobgar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham da’vo arizasi berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Da’vo qo‘zg‘atish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vo qo‘zg‘atish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish uchun qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV qism
Oila
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Nikohdan o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan o‘tish shartlari u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun esa ular doimiy yashab turgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari nikohdan o‘tishga to‘siqlar munosabatida hududida nikoh tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohdan o‘tish shakllari hududida nikohdan o‘tilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomon hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab va shu bilan birga er-xotinlarning har ikkisi bir fuqarolikka ega bo‘lsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa va ulardan biri bir Ahdlashuvchi Tomon, ikkinchisi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida yashab turgan bo‘lsa ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda oxirgi turar joyga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida birgalikda turar joyga ega bo‘lmagan bo‘lsalar sudiga da’vo arizasi berilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Nikohni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohni bekor qilish haqidagi ishlar bo‘yicha ariza topshirgan vaqtida er-xotinlar fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi va uning muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning, ikkinchisi esa — boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa muassasasi nikohni bekor qilish haqidagi ishni olib borayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Nikohning haqiqiy emas deb e’tirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi ishlar bo‘yicha 22-moddaga muvofiq nikohni tuzish vaqtida qo‘llanilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi ishlar bo‘yicha muassasaning vakolati tegishli ravishda ushbu Shartnomaning 23-moddasining 4-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Otalikni belgilash va uni bekor qilish haqidagi hamda bolaning ushbu nikohdan tug‘ilganligini belgilash haqidagi ishlar bola tug‘ilganida fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Otalikni belgilash uchun hududida otalik tan olingan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga rioya qilinishi yetarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ota-onalar yoki ulardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lsa, bola esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga ega bo‘lsa ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha ishlarda ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-moddalari qo‘llaniladigan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Voyaga yetgan bolalardan aliment undirish haqidagi ishlari bo‘yicha hududida aliment undirishga da’vogar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Farzandlikka olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Farzandlikka olishda, uni bekor qilishda va haqiqiy emas deb e’tirof etishda farzandlikka olinuvchi farzandlikka olish, uni bekor qilish va haqiqiy emas deb e’tirof etishda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa farzandlikka olish yoki uni bekor qilishda, uning qonuniy vakilining va vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha talab etilsa, bolaning roziligi olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar bolani farzandlikka oluvchi er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa farzandlikka olish yoki uni bekor qilish har ikki Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Vasiylik va homiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vasiylik yoki homiylikni belgilash yoki uni bekor qilish vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vasiy yoki homiy hamda vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar adliya muassasasi vasiylikni yoki homiylikni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vasiylikka yoki homiylikka olish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vasiylikni yoki homiylikni belgilash yoki uni bekor qilish haqidagi ishlar bo‘yicha qaror, ushbu Shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmaganligi sababli, vasiylik yoki homiylik tayinlanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi tomonidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy yashash joyi, bo‘lib turgan joyi yoki mol-mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi manfaatlari yo‘lida vasiylik yoki homiylik choralarini ko‘rish lozim bo‘lsa, bu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli muassasasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasini zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda vakolatli muassasa o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq vaqtinchalik zarur choralar ko‘rishi mumkin, lekin ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq u zudlik bilan diplomatik yoki konsullik muassasasini xabardor qilishi lozim. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi boshqacha qaror chiqarmagunga qadar vaqtinchalik choralar o‘z kuchida qoladi. Vaqtinchalik choralar ko‘rgan muassasa bu haqda xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq vakolatli muassasa vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxsning uy-joyi yoki bo‘lib turgan joyi yoki uning mol-mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lsa, vasiylik yoki homiylikni shu Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik yoki homiylikni berish so‘ralayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni o‘ziga qabul qilgandan va so‘rayotgan muassasani xabardor qilgandan amalga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa vasiylik yoki homiylikni o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. Lekin u vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxsning shaxsiy maqomiga tegishli masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi bo‘lgan shaxsning vasiysi yoki homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi tayinlanishi mumkin, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Tomon hududida yashasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-qism
Meros ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Tenglik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun yoki vasiyatnoma bo‘yicha mol-mulkni yoki unga huquqni teng shartlarda va hajmlarda olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Meros olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mol-mulkni meros qilib olish huquqi meros qoldiruvchi hududida oxirgi doimiy turar joyga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘chmas mulkni meros qilib olish huquqi ko‘chmas mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Merosning davlat ixtiyoriga o‘tishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonning meros olishda qo‘llaniladigan qonunchiligiga muvofiq merosxo‘r davlat hisoblansa, meros qilib qoldiriladigan ko‘char mulk meros qoldiruvchi vafot etish paytida fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonga, ko‘chmas mulk esa u hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Vasiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vasiyatni tuzish yoki uni bekor qilish huquqi, shuningdek uni talashish, vasiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan turlari meros qoldiruvchi vasiyatni tuzish paytida fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vasiyatnomani tuzish yoki uni bekor qilish shakli meros qoldiruvchi vasiyatnomani tuzish yoki uni bekor qilish paytida fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon yoxud hududida vasiyatnoma tuzilgan yoki u bekor qilingan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Meros ishlarini olib borishga vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlarni hududida ko‘chmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘char mulkni meros qilib olish haqidagi ishlarni hududida meros qoldiruvchi oxirgi marta doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandalari qoidalari tegishli ravishda meros olish haqidagi ishlar bo‘yicha bahslarga ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda
O‘lganlik haqida xabar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi vafot etsa, tegishli muassasalar bu haqda zudlik bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik yoki konsullik muassasasini xabardor etadi hamda unga merosxo‘rlar haqida, ularning yashash joyi yoki turar joyi haqida, merosning hajmi va qiymati to‘g‘risida, shuningdek merosga vasiyatnoma bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan xabarlarni beradi. Bu qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tegishli muassasasi har ikki Ahdlashuvchi Tomonning hududlaridan tashqarida vafot etgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi ushbu davlat hududida mulkini qoldirgan taqdirda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar diplomatik yoki konsullik muassasasi o‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni ilgari olgan bo‘lsa u merosni muhofaza qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga vakolatli bo‘lgan adliya muassasasini bu haqda xabardor etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda
Merosga oid ishlarni ko‘rib chiqishda diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning birining hududida yuzaga keladigan meros to‘g‘risidagi barcha ishlar bo‘yicha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik yoki konsullik muassasalari xodimlari adliya muassasalari va boshqa muassasalarda, agar ular qatnashmayotgan yoki ishni olib borishni boshqa ishonchli shaxsga topshirgan bo‘lsalar, o‘z fuqarolarini ifodalash huquqiga ega bo‘ladilar; bunday hollarda alohida ishonch qog‘ozi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘tayotgan vaqtda vafot etgan taqdirda uning o‘zida bo‘lgan ashyolar har qanday ko‘rib chiqishsiz u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda
Merosni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosining merosga oid mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan taqdirda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi o‘z qonunchiligiga asosan merosga oid mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun zarur choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi ushbu moddaning 1-bandiga asosan qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishida ishtirok etishi mumkin. Ularning iltimoslariga ko‘ra ushbu moddaning 1-bandiga asosan ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Merosga oid ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan adliya muassasasining iltimosiga ko‘ra ushbu moddaning 1-bandiga asosan ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda
Merosni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Merosga oid ishni ko‘rish tugaganidan so‘ng ko‘char merosga oid mulk yoki ko‘char yoki ko‘chmas mulkni sotishdan tushgan summa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga yoki turar joyiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarga, va ularga yoki ularning vakillariga bevosita berilishi mumkin bo‘lmagan taqdirda bu summa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan tartib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hududida merosga oid mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatlarda kreditorlarning vafot etgan shaxsga nisbatan qo‘yilgan barcha talablari to‘langan va ta’minlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) meros bilan bog‘liq barcha soliq va yig‘imlar to‘langan yoki ta’minlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar zarur bo‘lsa vakolatli muassasalar merosga oid mulkni olib chiqib ketishga yoki pul summasini o‘tkazishga ruxsatnoma bergan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-qism
Sudlarning vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda
Sudlarning vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar ushbu Shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari agar javob beruvchi uning hududida yashash joyiga ega bo‘lsa fuqarolik va oilaviy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatlidir. Yuridik shaxslarning da’volari bo‘yicha ular ushbu Tomon hududida shu shaxslarning boshqaruv organi, vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulk huquqi va ko‘chmas mulkka boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha faqat mulk joylashgan joydagi sudlar vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishlarni, Tomonlarning nizolarni ushbu sudlarga berish to‘g‘risida yozma bitimi mavjud bo‘lgan hollarda ham ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday bitim mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarning arizasiga ko‘ra sud ishni ko‘rib chiqishni to‘xtatadi, agar bunday ariza da’voga e’tiroz taqdim etilguniga qadar berilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning mutlaq vakolati Tomonlarning bitimlari bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xuddi shu Tomonlar o‘rtasida, xuddi shu predmet to‘g‘risida va xuddi shu asoslar bo‘yicha har ikki Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaga oid vakolatli hisoblangan sudlarida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda, ishni keyinroq qo‘zg‘atgan sud ko‘rib chiqishni to‘xtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bo‘lim
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda
E’tirof etiladigan va bajariladigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining, davlat notariati hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo‘limlarining qarorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida e’tirof etiladi, mol-mulkka nisbatan qarorlar esa ushbu Shartnomada belgilangan shartlarda e’tirof etiladi va bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan qarorlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fuqarolik va oila ishlari bo‘yicha qarorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudlarda tuzilgan dunyoviy bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukmlarning jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplashga taalluqli qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) otalikni tan olish va aliment majburiyatlarini e’tirof etish haqidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ijro etish yozuviga ega bo‘lgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud xarajatlarini to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 39-moddada eslatib o‘tilgan qarorlar quyidagi shartlarga rioya etilgandagina e’tirof etiladi va bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan uning hududida chiqarilgan qaror qonuniy kuchga kirgan va bajarilishi lozim bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) unga qarshi qaror chiqarilgan tomon tegishli tarzda hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan xabardor qilingan, protsessual layoqatsizligi holatida esa taqdim etilishi mumkin bo‘lgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qaror e’tirof etilishi va bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu huquqiy nizo bo‘yicha, xuddi shu Tomonlar o‘rtasida ilgari qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilmagan yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sudi tomonidan ushbu ish bo‘yicha ilgari ish qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda esa, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ishlar hududida qaror e’tirof etilishi va bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining mutlaq vakolatiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 39-moddada eslatilgan nomulkiy tusdagi ishlar bo‘yicha qarorlar Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida qo‘shimcha tekshiruvlarsiz e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 39-moddada eslatib o‘tilgan mulkiy tusdagi ishlar bo‘yicha qarorlarni bajarish uchun hududida qaror bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudlari bajarish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida so‘rayotgan muassasa xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bajarishga ruxsatnoma berishda sud ushbu Shartnomaning 40-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilishini belgilash bilan chegaralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bajarishga ruxsatnoma berish tartibi hududida bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarorni bajarishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida hamda uni bajartirish haqida iltimosnoma qaror chiqqan joydagi adliya muassasasiga beriladi. Bu muassasa iltimosnomani boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar bajarishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida iltimos qilgan shaxs qaror bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyi yoki turar joyiga ega bo‘lsa, iltimosnoma ushbu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga bevosita berilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar bu qarorning o‘zidan kelib chiqmasa, qarorning qonuniy kuchga kirganligi va bajarilishi lozimligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan asl nusxasi yoki tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) unga qarshi qaror qabul qilingan tomonga o‘z vaqtida va tegishli shaklda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirish topshirilganligi, protsessual layoqatsizlik holatida esa u taqdim etilishi mumkinligi hususidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu modda 7-bandining 1 va 2-kichik bandlarida eslatib o‘tilgan hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud xarajatlarini to‘lash haqidagi qarorga va iltimosnomaga uning qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan xarajatlarni belgilash haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda
Qarzdorning e’tirozi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor qarorni bajarishga ruxsatnoma berish va uni bajartirish uchun vakolatli bo‘lgan sudga bunday e’tirozlar bildirish muassasasi qarorni chiqargan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi munosabati bilan qarorda bayon etilgan shartni bajarishga qarshi e’tiroz bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda
Qarorlarni bajarishga xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni ajratish va undirish o‘z davlati qonunchiligiga asosan qarorni bajarish to‘g‘risidagi masalani hal etishga vakolatli bo‘lgan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda
Buyumlarni olib chiqib ketish va pul summalarini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan buyumlarni olib chiqib ketish va pul summalarini o‘tkazishda hududidan buyumlar olib chiqib ketiladigan hamda pul summalari o‘tkaziladigan davlat qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-bo‘lim
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda
Jinoiy ta’qibni qo‘zg‘atish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga binoan o‘z qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan o‘z fuqarolariga va uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qib qo‘zg‘atadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jabrlanuvchi tomonidan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligiga muvofiq uning vakolatli adliya muassasalariga jinoiy ta’qib bo‘yicha tegishli muddatlarda berilgan ariza boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ham haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda
Jinoiy ta’qibni qo‘zg‘atish haqida iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoiy ta’qibni qo‘zg‘atish haqidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) so‘rayotgan muassasaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoiy ta’qibni qo‘zg‘atish haqidagi iltimosnoma jo‘natilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qilmishning bayon-tasviri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qilmish sodir etilgan vaqt va joyning imkon qadar aniq ko‘rsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qilmishni jinoyat deb e’tirof etishga asos bo‘lgan qonun matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) gumon qilinayotgan shaxsning familiyasi va ismi, uning fuqaroligi, yashash yoki turar joyi haqidagi ma’lumotlar va uning shaxsiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi ko‘rinishi tasvir bayoni, uning fotosurati hamda barmoq izlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jabrlanuvchining arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha va agar moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, moddiy zararni qoplash haqida jabrlanuvchining arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yetkazilgan moddiy zarar miqdori xususida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaga so‘rayotgan Tomon tasarrufida bo‘lgan dastlabki tergov materiallari va dalillar ilova qilinadi. Jinoyat quroli bo‘lgan yoki bunday jinoyat natijasida jinoyatchiga tushgan ashyolarni berishda ushbu Shartnomaning 58-moddasi 3-bandi qoidalarini hisobga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda
Jinoyatchilarni berishga sabab bo‘luvchi jinoyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq ular hududida joylashgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki hukmni ijro qilish uchun iltimosnomaga ko‘ra bir-birlariga jinoyatchilarni berish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyatchilarni berish har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq ularni sodir etganlik uchun bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish jazosi yoki boshqa yanada og‘ir jazo ko‘zda tutilgan jinoyatlar hisoblangan qilmishlar uchun amalga oshiriladi. Hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish olti oydan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa yanada og‘ir jazo qo‘llaniladigan jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda
Jinoyatchilarni berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchilarni berishga o‘rin bo‘lmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) berilishi so‘ralayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki bu davlatda boshpana huquqi berilgan shaxs hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoiy ta’qib har ikki Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga binoan jabrlanuvchining xususiy shikoyati bo‘yichagina qo‘zg‘atilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoiy ta’qib qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma olingan vaqtda belgilangan muddat o‘tib ketganligi sababli yoki boshqa qonuniy asosga binoan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq uni qo‘zg‘atish yoki hukmni ijro etish mumkin bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) berilishi so‘ralayotgan shaxsga nisbatan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun hukm qilingan yoki ish bo‘yicha ko‘rib chiqishni bekor qilish to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bilan bog‘lik bo‘lgan jinoyat so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan bo‘lsa jinoyatchini berish rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchini berish rad etilganda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etishning asoslari haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda
Jinoyatchini berishni kechiktirish yoki vaqtincha berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar berilishi haqida iltimosnoma jo‘natilgan shaxsga nisbatan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy ish olib borilayotgan yoki ushbu shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boshqa jinoyat uchun hukm qilingan bo‘lsa uni berish jinoiy ishni ko‘rib chiqish tamom bo‘lgungacha yoki jazoni o‘tab bo‘lishgacha kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar jinoyatchini berishni kechiktirish oqibatida jinoiy ta’qib qilish muddati o‘tib ketishi yoki jinoyatni tergab-tekshirishda qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin bo‘lsa asoslangan iltimosnomaga binoan shaxsni jinoiy ishni yuritish uchun vaqtincha berishga yo‘l qo‘yiladi, bunda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan shaxsni berilgan kundan boshlab kamida 3 oyda qaytarishga majburdir. Asoslangan hollarda muddat uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda
Bir necha davlatlarning iltimosiga ko‘ra jinoyatchini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxsni berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bir necha davlatlardan olinsa, ulardan qay biri qondirilishi to‘g‘risidagi masalani so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda
Berilgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish me’yorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz berish uchun asos bo‘lganidan boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. U shuningdek so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz uchinchi davlatga ham berilishi mumkin bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar berilgan shaxs jinoiy ta’qib tugagach, jazoni o‘tab bo‘lgan yoki har qanday qonuniy asosga ko‘ra ozod etilganidan so‘ng 15 kun mobaynida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududini tark etmasa yoki uni tark etgach o‘z xohishi bilan shu yerga qaytib kelgan bo‘lsa so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi talab etilmaydi. Berilgan shaxsning unga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bilan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etolmagan vaqti bu muddat hisobiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda
Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) so‘rayotgan adliya muassasasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning bu qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etishga asos bo‘luvchi qonun matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) berilishi haqida iltimosnoma jo‘natilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi uning fuqaroligi, yashash joyi yoki turar joyi haqidagi ma’lumotlar hamda uning shaxsiyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi ko‘rinishi bayon-tasviri, uning fotosurati va barmoq izlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yetkazilgan moddiy zarar miqdori haqidagi ko‘rsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ishning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etishni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga uning qonuniy kuchga kirganligi haqidagi ma’lumotnoma qo‘shilgan holda hukmning tasdiqlangan nusxasi va shaxs asoslanilib hukm qilingan jinoyat qonuni matni ilova qilinishi lozim. Agar hukm qilingan jazoning bir qismini o‘tagan bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda
Jinoyatchini berish uchun qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq berishga yo‘l qo‘yilmaydigan hollarni istisno qilganda jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berilishi so‘ralgan shaxsni qamoqqa olish yuzasidan zudlik bilan choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar berish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 52-moddasida ko‘zda tug‘ilgan zarur ma’lumotnomalarni o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ma’lumotlarni qushimcha ravishda talab qilishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bu so‘rovga bir oydan oshmagan muddatda javob berishi lozim. Uzrli sabablar bo‘lsa ushbu muddat 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddatda qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etmasa so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomaning 53-moddasiga muvofiq qamoqqa olingan shaxsni ozod qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kechiktirib bo‘lmaydigan holda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga ko‘ra shaxsni ushbu Shartnomaning 52-moddasida ko‘rsatilgan berish to‘g‘risidagi iltimos olingunga qadar ham ushlab turishi mumkin. Iltimosnomada ushbu shaxsga nisbatan ushlash haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga tayanilishi va jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma zudlik bilan jo‘natilishi haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi lozim. Iltimosnoma yozma ravishda pochta, telegraf yoki boshqa har qanday usul bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxs boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uni berishga sabab bo‘ladigan jinoyatni sodir etgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa ushbu moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan iltimosnomasiz ham ushlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga asosan ushlab turilganligi haqida yoki ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan iltimosnoma qondirilmaganligi sabablari to‘g‘risida boshqa Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga asosan ushlab turilgan K shaxs hududida ushlangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida K belgilangan muddat tugagach ozod etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda
Jinoyatchini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoyatchini berish borasidagi qarori haqida uni berishning joyi va vaqtini ma’lum qilgan holda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon berishga daxldor bo‘lgan shaxsni uni berish belgilangan sanadan so‘ng 15 kun davomida qabul qilmasa bu shaxs qamoqdan ozod etilishi lozim. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosi bo‘yicha bu muddat 15 kundan ortiq bo‘lmagan vaqtga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar berilgan shaxs jinoiy ta’qibdan yoki jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga qaytib kelsa, u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimosi bilan yana berilishi mumkin. Bu holda iltimosga Ushbu Shartnomaning 52-moddada ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda
Ashyolarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyatchini berish haqida so‘ralgan Ahdlashuvchi Tomon 47-moddaga ko‘ra berishga sabab bo‘luvchi jinoyat quroli hisoblangan ashyolarni, shuningdek, jinoyat izlari mavjud bo‘lgan yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolarni so‘ragan Ahdlashuvchi Tomonga beradi. Uning o‘limi oqibatida yoki boshqa sabablar bilan shaxsni berish mumkin bo‘lmagan hollarda ham bu ashyolar iltimosnomaga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar ashyolar unga jinoiy ish bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lsa, ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ashyolarni berishni vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan ashyolarga uchinchi shaxs huquqi o‘z kuchida qoladi. Ish bo‘yicha ko‘rib chiqish tamomlangandan so‘ng bu ashyolar uni bergan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda
Tranzit tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga ko‘ra boshqa Ahdlashuvchi Tomonga berilgan shaxslarni o‘z hududi orqali tashishga ruxsat etadi. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq berishga yo‘l qo‘yilmaydigan shaxslarni tashish uchun ruxsat berishga majbur emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashishga ruxsat etish haqidagi iltimosnoma jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma kabi tartibda rasmiylashtiriladi va jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har bir alohida holatda tranzitning usullari, yo‘nalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tranzit qilayotgan davlat tranzit orqali olib o‘tish davrida qo‘riqchi ostida olib o‘tilayotgan shaxsni saqlashning huquqiy imkoniyatini ta’minlaydi va olib o‘tilayotgan shaxsni kuzatib borayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillariga zarur yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Havo kemasining rejalashtirilmagan qo‘nishi chog‘ida parvoz hududi ustida amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillari iltimosnomasiga binoan ushbu moddaning 1-moddasiga muvofiq tranzitda olib o‘tish haqidagi iltimosnomani olgunga qadar 72 soat mobaynida bu shaxsni qamoqda saqlab turishi mumkin. Bunday iltimosnoma matnlarni uzatish texnika vositalari, jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordami bilan uzatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tranzit orqali tashish bilan bog‘liq xarajatlarni so‘rayotgan Ahdlashayotgan Tomon to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda
Hukm qilinganlik haqidagi ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar, iltimosnomaga ko‘ra, bir-birlariga, agar bu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘lsalar, o‘z sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarning hukm qilinganlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda
Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar ushbu Shartnomaning 53- va 55-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan yoki qamoqqa olgan berilishi talab etilayotgan shaxsni berish to‘g‘risidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonun hujjatlarida va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda
Jinoiy ta’qib natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga unga nisbatan jinoiy ta’qib qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi iltimosnoma jo‘natilgan, shuningdek berilgan shaxsni jinoiy ta’qib etish natijalari haqidagi ma’lumotlarni beradilar. Iltimosnomaga ko‘ra qonuniy kuchga kirgan hukmning yoki boshqa oxirgi qarorning nusxasi jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda
Hukmlar haqidagi ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar har yili bir-birlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga nisbatan bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari tomonidan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar haqidagi ma’lumotlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga ko‘ra, bunday shaxslar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 5- va 7-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi va qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday axborot bilan bir qatorda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha to‘laroq bo‘lgan tavsifidan iborat bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud bo‘lganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish pardasi, qo‘l barmoqlari izlari, shuningdek talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda
Ushbu shartnomani qo‘llash masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani qo‘llash chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar o‘zaro kelishuviga ko‘ra vakolatli adliya muassasalari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga ko‘ra munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning qoidalari ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari bo‘lgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Ahdlashuvchi Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda
Qo‘shimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga ikkala Ahdlashuvchi Tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Shartnomaning 68-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kuchga kiruvchi qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-bo‘lim
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda
Kuchga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va u ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangandan so‘ng 30 kun o‘tishi bilan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda
Amalda bo‘lish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida amalda bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnoma, agar .Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri uni bekor qilish haqida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Shartnomaning amalda bo‘lish muddati sanasigacha olti oy oldin yozma holda xabardor qilmasa, u o‘z-o‘zidan keyingi besh yillik davrga uzaytirilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 18-iyunda ikki nusxada, har biri o‘zbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)