02.06.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni ta’minlashga intilishdan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bo‘lim
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Huquqiy muhofaza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Huquqiy muhofazaning ta’min etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida o‘z shaxsiy va mulkiy huquqlari munosabatida ana shu Tomonning o‘z fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar (keyingi o‘rinlarda “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va to‘siqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shunday shartlarda ularda qatnashishlari, iltimos qo‘zg‘atishlari, da’vo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnomaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunchiliklariga binoan ta’sis etilgan yuridik shaxslarga, shuningdek protsessual huquqiy qobiliyatga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- modda
Poshlina to‘lashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sud va notarial poshlinalari va xarajatlarini to‘lashdan va qoplashdan ozod qilinadilar, shuningdek ushbu Ahdlashuvchi Tomonning o‘z fuqarolari uchun belgilangan shartlarda va hajmlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish bo‘yicha, shu jumladan, qarorni ijro etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash va turish joyiga ega bo‘lmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtiyozlar berish to‘g‘risida iltimosnoma bo‘yicha qaror chiqarayotgan adliya muassasasi zarur bo‘lganda hujjatlarni bergan muassasalardan qo‘shimcha ma’lumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq o‘zaro yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya muassasalari ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqidagi iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali jo‘natadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Huquqiy yordam hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, operativ-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish yo‘li bilan, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hujjatlarni tuzish va jo‘natish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan, bank, moliya, yuridik va ish hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tintuv o‘tkazish, predmetlar va hujjatlarni olish va olib qo‘yish, mulkni xatlash, ashyoviy dalillarni jo‘natish va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ko‘zdan kechirish va tekshirib ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekspertiza o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni so‘roq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish, jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek hukmni ijro etish uchun berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) jinoiy ta’qib qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sud hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik da’vosi qismi bo‘yicha hukmlarni, ijro yozuvlarini e’tirof etish va ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) hujjatlarni topshirish yo‘li bilan bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Munosabatlar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan agar ushbu Shartnoma bilan munosabatlarning boshqa tartibi belgilanmasa, o‘zlarining markaziy organlari orqali munosabatga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomada kuyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) so‘rayotgan va so‘ralayotgan adliya muassasasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) huquqiy yordam so‘ralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va so‘ralayotgan yordamning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tomonlarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning, shubha qilinayotganlarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashg‘uloti, yuridik shaxslar uchun - ularning nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “v” kichik bandda ko‘rsatilgan shaxslarning vakillari bo‘lganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bajarilishi talab qilinadigan aniq tartibning qo‘llanish sabablari va mufassal tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jinoiy ishlar bo‘yicha ham sodir etilgan jinoyatning tasviri va kvalifikatsiyasi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek agar xatti-harakat natijasida zarar yetkazilgan bo‘lsa — moddiy zararning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) zarur bo‘lganda, shu davr mobaynida iltimosnoma bajarilishi kutilayotgan muddatni ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarurat bo‘lganda iltimosnomaga kerakli tartibda iltimosni bajarishni osonlashtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili va hujjatlarning nomi ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iltimosnoma so‘rayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosni bajarishda so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlatining qonunchiligini qo‘llaydi. Iltimos qilayotgan tomonning adliya muassasasi iltimosiga ko‘ra u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar faqat ular so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar so‘ralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosni bajarishga vakolatli bo‘lmasa, u iltimosni vakolatli muassasaga jo‘natadi va bu haqda so‘rayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘rayotgan adliya muassasasining iltimosiga binoan so‘ralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, ularning iltimosni bajarish chog‘ida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosni bajarish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar iltimosnomada ko‘rsatilgan shaxsning aniq manzilgohi noma’lum bo‘lsa u Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan qonunchiligiga asosan so‘ralayotgan muassasa uning manzilgohini aniqlash uchun zarur bo‘lgan choralar ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Iltimos bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat bo‘lganda so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan taqdirda, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, da’vogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zarur bo‘lganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda ko‘rilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, da’vogar fuqarolar, javobgar fuqarolar, ularning vakillari, ekspertlar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma bo‘yicha so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar fuqaro, javobgar fuqaro va ularning vakillari, o‘zining fuqaroligidan qat’i nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan o‘tgungacha sodir etilgan qandaydir xatti-harakat munosabati bilan jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar o‘zlarining ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha ko‘rsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar, agar ular so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega bo‘lishsa-da, ularni so‘roq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu yerda bo‘lishlariga zarurat yo‘qligini xabar qilgan kundan boshlab 15 kun o‘tgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yo‘qotadilar. Ushbu shaxslar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘ziga aloqador bo‘lmagan ayb bilan ketolmagan vaqt ushbu muddatga qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guvohga, ekspertga, shuningdek jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yo‘lkira va so‘ralgan davlatda bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni hamda ishda bo‘lmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon to‘laydi. Ekspert ekspertiza o‘tkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday to‘lovlarni olishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunday shaxslarning iltimosnomalariga binoan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, da’vogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish ular kelmagan taqdirda majbur qilish vositalarini qo‘llash tahdidi tusida bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan ta’minlangan bo‘lsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va uning hududida amalda bo‘lgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi bo‘lsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Topshirish uchun mo‘ljallangan hujjatlarning tarjimasi to‘g‘riligini iltimos qilgan tomonning adliya muassasasi yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar hujjatni iltimosnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha topshirish mumkin bo‘lmasa, so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlatining qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Manzilni aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni unga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish usuli, joyi va vaqti ko‘rsatilishi lozim. Hujjatlarning topshirilgani to‘g‘risidagi tasdiqnoma so‘rayotgan adliya muassasasiga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi hujjatlarni topshirish va o‘z fuqarolarini so‘roq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qo‘llash yoki ularni qo‘llashga tahdid qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan o‘z vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Fuqarolik holati to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni jo‘natish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish to‘g‘risidagi guvohnomalarni, ma’lumot, mehnat staji to‘g‘risidagi hamda o‘z davlatlari fuqarolarining va Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-biriga iltimos bo‘yicha tarjimasiz va bepul jo‘natadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga ko‘ra tarjimasiz va bepul jo‘natilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Manzillarni va boshqa ma’lumotlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari o‘z davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda iltimosga ko‘ra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda so‘rayotgan adliya muassasasi iltimosnomada ko‘rsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan o‘zidagi mavjud ma’lumotlarni xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, so‘rayotgan Tomonning adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha mulkiy talablar qo‘yilgan shaxslarning fuqarolik holatini, ish joyini yoki mashg‘uloti turini va daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan ham o‘z markaziy organlari orqali bevosita aloqada bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Huquqiy masalalar bo‘yicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari iltimos bo‘yicha bir-birlariga o‘z davlatlarida amaldagi va amalda bo‘lgan qonunchilik to‘g‘risida hamda uning adliya muassasalari tomonidan qo‘llanish amaliyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek huquqiy masalalar bo‘yicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda o‘zbek, qozoq va rus tillaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida jo‘natilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur bo‘lgan hollarda, o‘zbek va qozoq tillariga yozma va og‘zaki tarjimani ham ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni to‘lashni talab qilmaydi. O‘z hududlarida huquqiy yordam ko‘rsatishda paydo bo‘lgan barcha xarajatlarni, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid bo‘lsa to‘liq yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iltimosnomani qondirish rad etilgani to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi ko‘rsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bo‘lim
Fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Vakolat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu bo‘limning II — V qismlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega bo‘lgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qat’i nazar, da’volar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa da’volar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari uning hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) javobgar korxona (filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xo‘jalik faoliyati amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nizoga sabab bo‘lgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki to‘liq yoxud qisman bajarilishi kerak bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sha’ni, qadr-qimmati va ishdagi obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha da’vogar doimiy yashash yoki turish joyiga ega bo‘lganda ham vakolatli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsiy mulk huquqi va ko‘chmas mulkka boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha mulk joylashgan yerdagi sudlar mutlaq vakolatlidir. Yuklar, yo‘lovchilar va bagajlar tashish shartnomalari bo‘yicha tashuvchilarga da’volar belgilangan tartibda e’tirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Shartnoma bo‘yicha sudga tegishlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma kelishuvi mavjud bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham ko‘rib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning 3-bandidan va ushbu bo‘limning II-V qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizoni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlar mavjud bo‘lgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ishni ko‘rish uchun boshqa sudga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22- modda
Sud jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi o‘sha Tomonlar o‘rtasida, xuddi shu predmet to‘g‘risida va xuddi shu asoslarda ish bo‘yicha sudlov qo‘zg‘atilganda ishni keyinroq qo‘zg‘agan sud sudlovni to‘xtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ishni ilgari qo‘zg‘atgan sud ham agar ushbu ish boshqa sudda, xususan dalillarning katta qismi joylashgan joy bo‘yicha yanada tezroq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini e’tirof etsa, ishga oid ko‘rib chiqishni to‘xtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi da’vo va chegirish to‘g‘risidagi talab, xuddi asosiy da’vodek, asosiy da’voni ko‘rib chiqayotgan sudda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Shaxsiy maqom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning muomalaga layoqati u doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan mamlakat huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida ta’sis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lgan shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligini e’tirof etish asoslari ma’lum bo‘ladigan holda, u ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki o‘z fikrini xabar qilmasa, muomalaga cheklangan layoqatlilik yoki muomalaga layoqatsizlikni e’tirof etish to‘g‘risidagi ish hududida ushbu fuqaro yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudida ko‘rib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1-3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida ushbu shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga jo‘natiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan bo‘lsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqaroni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlarni har bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari prokurorning muqarrar ishtirokida ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish, vafot etgan deb e’lon qilish. O‘lim faktini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish yoki vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda o‘lim faktini belgilash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u tirik bo‘lgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar bo‘yicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yo‘qolganligini yoki vafot etganligini e’tirof etishi, shuningdek huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida asoslangan uning hududida yashovchilarning iltimosnomasiga ko‘ra uning o‘lganlik faktini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish yoki vafot etgan deb e’lon qilish va o‘lim faktini belgilash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari o‘z davlati qonunchiligini qo‘llaydilar. Bunday ishlarning ko‘rib chiqilishida prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-qism
Oilaviy ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Nikohdan o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan o‘tish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun esa ularning doimiy yashash joyi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nikohdan o‘tishga to‘siqlarga nisbatan hududida nikohdan o‘tilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohdan o‘tish shakli nikoh hududida tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega bo‘lsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega bo‘lishmagan bo‘lsa, muassasasi ishni ko‘rib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Er-xotinlarning ularning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqiy munosabatlari, ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonunchiligi ushbu moddaning 1-3-, 5-bandlariga muvofiq qo‘llanilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Nikohni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi bo‘lsa, muassasasi nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 28-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 28-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 26-moddaga muvofiq nikohdan o‘tishda qo‘llangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatligi ushbu Shartnomaning 29-moddaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tug‘ilishi bo‘yicha fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan bo‘lsa, ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nikohsiz tug‘ilgan bola va uning onasi hamda otasi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Balog‘at yoshiga yetgan bolalardan alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hududida aliment olishga da’vogar shaxs yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qo‘llanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Vasiylik va homiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni muassasasi tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi bo‘lgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar ko‘rish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yo‘lida, agar uning yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik bo‘yicha choralar ko‘rish zarur bo‘lib qolgan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi ushbu Shartnomaning 34-moddaga muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kechiktirish mumkin bo‘lmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni o‘zi ko‘rishi mumkin. Bunda u 34-moddaga muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qo‘yishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar 34-moddada ko‘rsatib o‘tilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turar joyiga yoki mulkka ega bo‘lgan hollarda 34-moddaga muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish surayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni o‘ziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda so‘ralgan muassasa xabardor qilib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha zarur bo‘lsa nikohdan o‘tishiga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda
Farzandlikka olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakilning va vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar bolaning biri Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ikkala Ahdlashayotgan Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari bo‘yicha vakolatlidir. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega bo‘lgan yoki hozir ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-qism
Mulkiy huquqiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda
Mulkchilik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi hududida ko‘chmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk ko‘chmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu ko‘chmas mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur bo‘lgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mulkka egalik huquqining paydo bo‘lishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo bo‘lishi yoki bekor qilinishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitishuv mavzusi hisoblangan shaxsiy mulk huquqining yoki mulkka boshqa mulkiy huquqning paydo bo‘lishi va bekor qilinishi tomonlar bitimlarida boshqacha ko‘zda tutilgan bo‘lmasa hududida kelishuv imzolangan tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda
Kelishuv shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘chmas mulkka oid va unga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda
Ishonch qog‘ozi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonch qog‘ozining shakli va amalda bo‘lish muddati hududida ishonch qog‘ozi berilgan Tomonning qonunchiligiga ko‘ra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda
Tomonlarning kelishuvlar bo‘yicha huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuvlar bo‘yicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlarning bitimlari bilan boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, uni amalga oshirish joyidagi qonunchilik bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda
Zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy me’yordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar ko‘rgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatilgan ishlar bo‘yicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar ko‘rgan hududida javobgar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham da’vo arizasi berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda
Da’vo qo‘zg‘atish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vo qo‘zg‘atish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qo‘llaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-qism
Meros qoldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda
Tenglik tamoyili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun bo‘yicha mulk yoki huquqni qonun yoxud vasiyatnoma bo‘yicha ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariday teng shartlarda va hajmda meros qilib qoldirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda
Meros qilib olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi, ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘chmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga ko‘ra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda
Merosning davlatga o‘tishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros qoldirishda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bo‘yicha merosxo‘r davlat bo‘lsa, unda meros qilib qoldirilgan ko‘char mulk vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga o‘tadi, meros qilib qoldirilgan ko‘chmas mulk esa o‘zi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda
Vasiyatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish qobiliyati, shuningdek vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish tartibi dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega bo‘lgan davlat huquqi bo‘yicha belgilanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uni bekor qilish agar vasiyatnoma uni tuzish joyi huquqi talablarini qondirsa, uning shakliga rioya qilinmaganligi bois haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda
Meros qilib olish ishlari vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘char mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda hududida turar joyga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘chmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon muassasasi ko‘rib chiqishga vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi qoidalar meros to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolarni ko‘rib chiqishda ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda
Meros qilib olish ishlari bo‘yicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qilib olish ishlari bo‘yicha, shu jumladan, meros qilib olish nizolari bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, o‘z davlatining fuqarolarini, agar ular bo‘lmasalar yoki vakil tayinlamagan bo‘lsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalarida maxsus ishonchnoma qog‘ozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda
Merosni muhofaza qilish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalari o‘z qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan o‘z hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan choralar to‘g‘risida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Ko‘rsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan chora-tadbirlar meros qilish to‘g‘risidagi ishni amalga oshirishga vakolati bo‘lgan adliya muassasasi, shuningdek diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda
Merosni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar meros qolgan ko‘char mulk yoki meros qolgan ko‘char yoki ko‘chmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni ko‘rib chiqish tugaganidan so‘ng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxo‘rlarga berilishi zarur bo‘lsa, unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar bo‘yicha vakolatli bo‘lgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish to‘g‘risida farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bu mulk merosxo‘rlarga berilish mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar to‘langan yoki ta’minlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) meros qilib qoldirish bilan bog‘liq barcha yig‘imlar to‘langan yoki ta’minlangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar bu zarur bo‘lsa, vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul summalarini o‘tkazish Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bo‘lim
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni e’tirof etadi va bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha qarorlari, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va pul majburiyatlariga nisbatan notarial dalolatnomalar (keyingi o‘rinlarda — qarorlar deb ataladilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoyat sodir etish natijasida ko‘rilgan zararni qoplashga oid jinoiy ishlar bo‘yicha sudlarning hukmlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni e’tirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, o‘z xususiyatiga ko‘ra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda e’tirof etiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar chiqarmagan bo‘lsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Shartnomaga ko‘ra ish, qaror hududida e’tirof etilishi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga ko‘ra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli bo‘lmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddadagi 1-bandning qoidalari vasiylik va homiylik bo‘yicha qarorlarga ham, shuningdek fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga ham tegishli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risida iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma ijro etilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pog‘onadagi ish bo‘yicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani iltimosnoma bo‘yicha qaror chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan sudga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak bo‘lgan, agar bu qarorning o‘zidan kelib chiqmasa, hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va o‘z vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hujjat jo‘natilish vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shartnomada kelishilgan sudli ishlar bo‘yicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan tarjimasi bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda
Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 52-, 54-moddada nazarda tutilgan qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma, hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiquvchi sud ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan chegaralanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud majburiy bajarish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda
Qarorlarni e’tirof etishni va ijro etishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda 52-moddada nazarda tutilgan qarorlarni e’tirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak bo‘lmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak bo‘lgan hollar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) javobgar o‘ziga yoki uning vakiliga o‘z vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qog‘ozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasidagi ushbu bahs bo‘yicha shu qaror e’tirof etilishi va ijro etilishi lozim bo‘lgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining e’tirof etilgan qarori bo‘lgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish bo‘yicha ko‘rib chiqish qo‘zg‘atilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Shartnomada kelishilgan sudga tegishli ish bo‘yicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sud ko‘rib chiqayotgan qarorlarni e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati o‘tib ketganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-bo‘lim
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Jinoyatchilarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda
Jinoyatchilarni berish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining iltimoslariga ko‘ra o‘zlarining hududlaridagi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish sababli yoxud shunday jinoyat sababli hukmni ijro etish so‘ralayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda
Jinoyatchilarni berishga sabab bo‘luvchi jinoyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaning maqsadi uchun jinoyatchilarni berishga sabab bo‘lgan so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatlar hisoblanadigan huquq buzishlar bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki og‘irroq jazo bilan jazolanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyat qilinganligi uchun chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom bo‘lgunga qadar kamida olti oy qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jazolanishi kerak bo‘lgan qandaydir jinoyat shunday jinoyat hisoblanadimi yoki yo‘qmi ekanligi aniqlanganda quyidagilarning ahamiyati yo‘qdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatdan iborat bo‘lgan faoliyat yoki faoliyatsizlik shunga o‘xshash jinoyatlar toifasiga tegishlimi yoki ushbu jinoyat shunga o‘xshash atama bilan ataladimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatni tashkil etuvchi elementlari farqlanadimi, chunki so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar yoki faoliyatsizlikning barchasi e’tiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoyatlarga taalluqli bo‘lsa, ulardan hammasi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech bo‘lmaganda jinoyatlardan biri jinoyatchini berishga sabab bo‘lsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda
Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchi quyidagi hollarda berilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) berish talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa yoki shu davlatda boshpana berilgan shaxs bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iltimosnoma olingan paytda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoiy ta’qib qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lmasa yoki hukm har qanday qonuniy asoslar, shuningdek muddati o‘tishi yoki umumiy afv bo‘yicha ijro etilishi mumkin bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun berish talab etilayotgan shaxsga nisbatan hukm yoki ish bo‘yicha ko‘rib chiqishni bekor qilish to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoyatchini berish to‘g‘risida iltimosnoma tushishi munosabati bilan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek jinoyatni sodir etish vaqtida uning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan uning bayrog‘i ostidagi kemada yoki havo kemasida butunlay yoki qisman sodir etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyatchini berish to‘g‘risida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan jinoyat uchun jinoiy ta’qib so‘rayotgan va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda
Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va zarur bo‘lgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma yozma holda jo‘natiladi va unda berish talab etilayotgan shaxs to‘g‘risidagi zarur axborotlar, shuningdek uning fuqaroligi va turar joyi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga barcha hollarda quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday boshqa axborotlar bilan bir qatorda ushbu shaxsning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan iloji boricha aniq bayon-tasviri, shuningdek foto rasmi yoki agar bo‘lsa, boshqa tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki, zarur bo‘lganda, ushbu jinoyatga to‘g‘ri keladigan tegishli qonundan ko‘chirma va ushbu jinoyatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan jazoning bayon-tasviri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar talab qilingan shaxs jinoyatda ayblanayotgan bo‘lsa, berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga jinoyatning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar ko‘rilgan bo‘lsa, ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar talab qilinayotgan shaxs jinoyat uchun hukm qilingan bo‘lsa, jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki tasdiqlangan undan ko‘chirmaning ayblov qismi va chiqarilgan hukm hamda, agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini o‘tagan bo‘lsa, jazoning o‘talmagan qismi haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasiga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi talab qilinayotgan shaxsning turar joyi ma’lum bo‘lgan hollarda jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqadi va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni o‘z qarori haqida zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iltimosnomani qondirish haqida qaror qabul qilingan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar ko‘radi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi haqida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani qondirishdagi to‘liq yoki qisman rad etishlar tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda
Qo‘shimcha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida taqdim etilgan iltimosnomani asoslashdagi axborotni yetarli emas deb hisoblasa, u 15 kunda qo‘shimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ayni zamonda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi talab etilayotgan shaxsning o‘z hududidan chiqib ketishining oldini olish uchun uni kuzatishni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddatda qo‘shimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilishi talab qilinayotgan shaxs qochmoqchi bo‘lganligi haqida asoslarga ega bo‘linsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab qilinayotgan shaxsni uni berish haqida iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma bevosita yoki matnni berish texnika vositalari — telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtasidan foydalangan holda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday iltimosnoma talab qilinayotgan shaxsning bayon-tasviri, jinoyatchini berish haqida iltimosnoma yuborilishi to‘g‘risidagi ariza, qamoqda saqlash to‘g‘risida (qamoqqa olish uchun order)gi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi haqidagi xabar, ushbu huquqbuzarlik uchun jazo tayinlanishi yoki tayinlanganligi haqidagi xabar, shuningdek muddatning yana qanday qismini o‘tashi kerakligi haqidagi ma’lumot, ushbu ish bo‘yicha faktlarning bayoni va talab qilinayotgan shaxsning turgan joyi haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bunday iltimosnoma yuzasidan o‘z qonunchiligiga muvofiq tezda qaror qabul qiladi va tezlik bilan bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bu kabi iltimosnoma asosida ushlangan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunida nazarda tutilgan muddat o‘tishi bilan, agar uni berish haqida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaning 63-moddasida nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan ko‘chirma bo‘lganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘lgan vaqt davrini kelishib oladilar. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bunday shaxslar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lishlari mumkinligi haqidagi asoslarga ega bo‘lganlarida jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olgunga qadar, ushbu Shartnomaning 58-moddasiga muvofiq berishga sabab bo‘lgan jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni iltimosnomaga muvofiq qidirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalariga muvofiq tuziladi va har qanday hollarda quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qidirilayotgan shaxsning, uning shaxsini va turgan joyini aniqlashga yordam beradigan har qanday axborot bilan birga, iloji boricha to‘liq bayon-tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qidirilayotgan shaxs sodir etgan jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki zarur bo‘lganda, ushbu jinoyatga to‘g‘ri keladigan tegishli qonundan ko‘chirma va ushbu jinoyatga sabab bo‘lishi mumkin jazoning bayon-tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qamoqqa olish haqida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek jazo muddatining yana qaysi qismini o‘tash kerakligi haqida ma’lumot, agar shaxs jazoning ma’lum qismini o‘tagan bo‘lsa, jinoyatning amaldagi holatlarining qisqacha bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan vaqt va joy ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoyatchi topilgan hollarda uni ushlash to‘g‘risidagi iltimosnoma va jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma yuborilishi to‘g‘risidagi ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qidirishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga, agar bor bo‘lsa, qidirilayotgan shaxsning fotosurati, qo‘l panjalarining izi, shuningdek talab etilishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qidirish haqida iltimosnoma olishi bilan o‘z hududida qidirilayotgan shaxsning turgan joyini aniqlash va uni ushlash uchun zarur bo‘lgan chora- tadbirlarni ko‘radi. Bunday shaxs ushlanganligi haqida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq ushlangan shaxs, agar u ushlangan vaqtdan boshlab o‘ttiz sutka mobaynida uni berish to‘g‘risida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda
Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar ushbu Shartnomaning 63-, 64- va 65-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan va qamoqqa olgan berilishi talab etiladigan shaxsni berish to‘g‘risidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda
Shaxsni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi iltimosnomani qondirish haqida xabarnoma olinishi bilan Ahdlashuvchi Tomonlar talab qilinayotgan shaxsni berishning vaqtini, joyini va tadbirlarini kelishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talab qilinayotgan shaxsni berish tadbiri berish to‘g‘risidagi ikki nusxadan iborat va so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari vakillari tomonidan imzolanadigan aktni o‘z ichiga oladi. Zarur bo‘lganda talab qilinayotgan shaxsni olish uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining vakolati Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasidagi oldindan tuzilgan kelishuvga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlaridan shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan belgilangan vaqtning oqilona davrida qabul qilinadi. Agar shaxs vaqtning belgilangan davrida qabul qilinmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod etishi mumkin va ushbu jinoyat munosabati bilan ushbu shaxsni berishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri berilishi kerak bo‘lgan shaxsni bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. So‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar berishning yangi muddatlarini birgalikda belgilaydilar va bunda ushbu moddaning 3-bandidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda
Jinoyatchini berish muddatini uzaytirish yoki vaqtinchaga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar berilishi talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan bo‘lsa, uni berish muddati jinoiy ta’qib qilish to‘xtatilgunga, hukm ijro etilgunga yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyatchini berish muddatini uzaytirish muddatini o‘tkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, unda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish o‘rniga so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoiy ish bo‘yicha harakatlarni tugashidan keyin, ushbu ish uchun vaqtincha berilgan shaxs uch oydan kechiktirmasdan qaytarib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda
Jinoyatchini berish to‘g‘risidagi bir xil iltimosnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri aynan bir shaxsning o‘zini berish to‘g‘risida bir vaqtning o‘zida boshqa Ahdlashuvchi Tomondan va qandaydir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, u jinoyatchini berish haqidagi qaysi iltimosnoma qondirilishini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda
Maxsus qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaga muvofiq beriladigan shaxsga nisbatdan jinoiy ta’qib qilish, hukm chiqarish amalga oshirilmaydi va u so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida berilgunga qadar sodir etilgan jinoyat uchun, berilishi munosabati bilan, agar bunga so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bo‘lmasa, jinoyatdan tashqari, shaxsiy ozodlikni qandaydir cheklashlarga tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidasi, agar berilgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lsa va uni jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan so‘ng bir oy davomida berilishi munosabati bilan chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar berilgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga qaytarilsa, unda bu shaxsni takroriy berish ushbu Shartnomaning 60-, 62-moddalarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmay iltimosnoma bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda
Mol-mulkni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, so‘ralayotgan davlatda barcha aniqlangan, jinoyat natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab bo‘lgan yoki jinoiy ish bo‘yicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin bo‘lgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosnomalari bo‘lganda, beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan bo‘lsa, hatto qandaydir sabablar bo‘yicha shartlashishga erishilgan bo‘lsa ham, shaxsni berishni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa ham, shu Ahdlashuvchi Tomonga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar aytib o‘tilgan mulk jinoiy ish bo‘yicha dalil sifatida so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur bo‘lsa, unda uni berish ish bo‘yicha ishlar tugagunga qadar muddati uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar aytib o‘tilgan mulk so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xatlanishi va yoki musodara etilishi kerak bo‘lsa, unda bu Ahdlashuvchi Tomon mulkni ushlab yoki vaqtinchaga berib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi yoki uchinchi tomonning huquqlari himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, bunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni ushbu Ahdlashuvchi Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom bo‘lishi bilan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga tekinga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda
Tranzit tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak bo‘lsa, unda bu shaxsni oluvchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib o‘tish uchun ruxsatnoma so‘raydi. Ushbu qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qo‘nish rejalashtirilmaganda, havo transportidan foydalangan hollarda qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli axborotdan iborat bo‘lgan iltimosnoma olingandan so‘ng so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunchiligida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq ushbu iltimosnomani ko‘rib chiqadi va agar u o‘zining asosiy manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosnomani tezlik bilan qondiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har biri alohida holda tranzit usullari, yo‘nalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit qilayotgan davlat qamoqdagi shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini ta’minlaydi va olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib o‘tayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qo‘ngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga ko‘ra ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish to‘g‘risida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tranzit tashish bilan bog‘liq xarajatlar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobiga bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda
Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalari to‘g‘risida xabar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalari to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qilib turadilar. Iltimosnomaga ko‘ra qat’iy qarorning nusxasi ham jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish mumkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu shaxsni berish uchun shartlar bo‘lmaganda yoki buni odil sudlov manfaatlari talab etsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatni sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsga qarshi jinoiy ta’qibni amalga oshirishni so‘rashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga ko‘ra o‘z fuqarosiga yoki o‘z hududida doimiy yashovchi shaxslarga qarshi, agar bu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan bo‘lsalar, agar shaxslarni berishga imkon beruvchi shartlar bo‘lmasa, jinoiy ta’qibni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risida iltimosnoma va zarur bo‘lgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tergovni yoki sud muhokamasini vakolatli o‘tkazuvchi so‘rovchi adliya muassasasining va so‘ralayotgan adliya muassasasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoiy sudlov ishlarini berish to‘g‘risida yuborilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmishning bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan joy va vaqt haqidagi ko‘rsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyatni sodir etishdagi shubhani asoslovchi tergov natijalari bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli bo‘lgan aniq ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyat natijasida keltirilgan ziyonning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun-qoidalari matni, shu asosida qilmish jinoyat deb e’tirof etiladi, shuningdek zarur bo‘lganda tergovni amalga oshirish uchun ahamiyatli bo‘lgan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tergov materiallari, jabrlanuvchining shikoyatiga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan jinoiy ishlar bo‘yicha jabrlanuvchilarning arizalari va zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyatini belgilash imkonini beruvchi har qanday axborot, shuningdek uning tashqi ko‘rinishi bayon-tasviri, fotosurati va boshqa tasvirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlardan har biri surayotgan Ahdlashuvchi Tomon vakolatli adliya muassasasi tomonida gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda
Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qonunchilikda va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha hollar to‘g‘risida kelishib olmagan bo‘lsalar, jinoiy ta’qibni amalga oshirish uchun iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek iltimosnomaga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa xil materiallar haqiqiylikni guvohlashni va tasdiqlashni talab qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda
Iltimosnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning surayotgan Ahdlashuvchi Tomonni qat’iy qarori to‘g‘risida ma’lumotnomani berishi kerak. Surayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga ko‘ra qat’iy qarorning nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda
Iltimosni ijro etish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma quyidagi hollarda, agar jo‘natilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmish jinoyat deb hisoblansa, agar u so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan bo‘lsa, qondirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda
Rad etish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomani rad etsa, u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi qabul qilingan iltimosnoma, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shubha qilinayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa, yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxs doimiy yashaydigan davlat bo‘lib hisoblanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iltimosnoma yuborilishi bilan bog‘liq jinoyat jinoyatchini berishga sabab bo‘luvchi jinoyat hisoblanmasa, rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirishning mumkin emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, agar ta’qib qilish talab qilinayotgan shaxsga nisbatan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida qonuniy kuchga kiruvchi hukm yoki so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilinadigan ish bo‘yicha qat’iy qaror chiqarilgan bo‘lsa, bajarilmaydi. Bunday hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas, ular tomonidan qo‘zg‘atilgan ish esa to‘xtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda
Shubha qilinayotgan shaxsning holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shubha qilinayotgan shaxs, shubha qilinayotgan shaxsning yuridik vakilli yoki yaqin qarindoshlari, jinoiy sud ishini berishda o‘z manfaatdorligi to‘g‘risida har qanday Ahdlashuvchi Tomonga bildirishi mumkin, shubha qilinayotgan shaxsning odil sudlovdan bekinib yurgan yoki qandaydir yo‘l bilan uning jo‘natilishiga to‘sqinlik qilishi hollari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda
Jabrlanuvchining huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishini berishda so‘rayotgan va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan jabr ko‘rgan shaxsning huquqi, ayniqsa, keltirilgan zararni qoplashdagi uning huquqi berish natijasida buzilmasligi kerak. Agar fuqarolik da’vosi sud ishlari berilgunga qadar qondirilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan sud ishida da’voni taqdim etish uchun ruxsat beradi. Jabrlanuvchi vafot etgan hollarda ushbu qoida uning qaramog‘ida bo‘lganlarga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan shubha qilinayotgan shaxsni jinoiy ta’qib qilishni amalga oshirish to‘g‘risida iltimosnoma qabul qilingandan so‘ng so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qibni to‘xtatadi, zarur tergov olib borish, shuningdek so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ish bo‘yicha qat’iy qaror kiritish to‘g‘risida xabar bermaguncha yuridik yordam berish bundan mustasnodir. Shu paytdan boshlab so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu jinoyat bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy ta’qib to‘xtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimga ko‘ra berilgan sudlov ishlari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shubha qilinayotgan shaxsga ayb qo‘yilganda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi o‘z qonunchiligiga muvofiq huquq buzarliklar va uning oqibatlarini jinoyat tarkibini qiluvchi aniq elementlarga taalluqli bo‘lgan zarur tuzatishlar kiritadi. Bu davlatda e’lon qilingan jazo chorasi so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilganidan qattiqroq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida o‘z qonunchiligiga muvofiq sodir etilgan sud muhokamasi yoki tadbirlar talabi bilan bog‘liq har qanday harakat so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan bunday harakat qanchalik mos kelsa, qanday harakat bo‘lmasin, agar ushbu davlatda yoki ushbu davlat adliya muassasalari tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida shunday yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma bo‘yicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. Shu maqsadda uning iltimosnomasiga ko‘ra har qanday qat’iy qarorning nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda
Mas’uliyatni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri jinoiy ta’qibni amalga oshirishda, jumladan, sud muhokamasida, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan mas’uliyatni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatni, ular qaysi Ahdlashuvchi Tomon hududida paydo bo‘lishidan qat’i nazar, hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda
Vaqtinchalik chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani yuborish haqida o‘z niyatini bildirsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus iltimosini olgandan so‘ng barcha vaqtinchalik choralarni qo‘llashi mumkin, shuningdek dastlabki ushlash kabi qanday choralar ko‘rish mumkin bo‘lsa, agar jinoyat, jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma yuborilgan, uning hududida sodir etilgan bo‘lsa so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-qism
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda
Tergov ishlarini olib borishda ko‘rsatmalar berish yoki yordam ko‘rsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z qonunchiliklariga muvofiq va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli iltimoslar bo‘lganda tergov ishlarini o‘tkazishda ko‘rsatmalar berish yoki yordam ko‘rsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq beriladigan shaxs qamoqda saqlanishi kerak bo‘lsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu shaxsni qamoqda saqlaydi va uni so‘ragan Ahdlashuvchi Tomonga sud muhokamasi tugagandan so‘ng qaytaradi, bunda ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan muddatlarni yoki bundan buyon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lishining zarurati yo‘qligini hisobga olib uni berish to‘g‘risida iltimosnoma berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaning 68-moddasiga muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomon bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnomaning 68-moddasida va ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari so‘rayotgan va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga ko‘ra har bir jinoiy ish bo‘yicha alohida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda
Tintish va olib qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘zining qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan doiralarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish bo‘yicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi iltimosini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda
Jinoyatdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan olingan daromadlarni aniqlashda, olib qo‘yishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Ushbu Shartnomaning maqsadlari uchun “jinoyatdan olingan daromadlar” tushunchasi huquqni buzish oqibatida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan istalgan shubha qilingan yoki sud tomonidan aniqlangan mulkni yoki o‘zida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni, yoxud huquqni buzish natijasida olingan boshqa foydani ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda
Jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli bo‘lgan yordamni ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli bo‘lgan yordam to‘g‘risidagi iltimosni yuborar ekan, o‘zi bunday daromadlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida bo‘lishi mumkin deb hisoblaydigan sabablar to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-moddasiga muvofiq yo‘llangan iltimosni olib, jinoyatdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur choralar ko‘radi hamda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar jinoyatdan olingan biron-bir daromad so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida bo‘lsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va jinoyatdan olingan daromadlarni olib qo‘yishni ta’minlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa axborot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyatdan olingan mo‘ljallanayotgan daromadlar aniqlangan taqdirda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli iltimos mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu daromadlarga nisbatan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan huquqni buzishdan olingan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar o‘tkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘zining qonunchiligi bilan ruxsat berilgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida belgilangan darajada, u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoyatdan olingan daromadlarni olib qo‘yish yoki musodara qilish to‘g‘risidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi, yoki so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qo‘llashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, jinoyatdan olingan daromadlarni berish esa ushbu Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning noqonuniy aylanishida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy ta’qib qilish maqsadida aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarni nazoratli yetkazib berish usulidan yetarli darajada foydalanishni nazarda tutuvchi zarur chora-tadbirlarni o‘z qonunchiligi doirasida va o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazoratli yetkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror har biri alohida holatda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhit uchun xavfliligi darajasini, huquqlarni va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni zarur darajada hisobga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi va zarurat bo‘lganda Tomonlar erishgan yurisdiksiyaga nisbatan moliyaviy ahdlashuvlar va o‘zaro tushunishlarni hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazoratli yetkazib berishlar erishilgan ahdlashuvlarga, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon ishtirokidagi ahdlashuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning g‘ayriqonuniy partiyalari saqlangan yoki olib qo‘yilgan holda bundan buyongi tashish, yoxud bunday buyumlar, vositalar yoki moddalarning odamlar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit uchun ehtimol tutilgan xavfliligi darajasini hisobga olgan holda ularni to‘liq yoki qisman almashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda
So‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular to‘g‘risidagi ishlar so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlariga tegishli bo‘lgan shaxslar yoki shaxslar guruhi bir qancha jinoyatni sodir etishda ayblanganda bunday ishlar uning hududida dastlabki tekshirish tugallangan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudida ko‘rib chiqiladi. Bunday holda ish ushbu Ahdlashuvi Tomonning sud ishlarini olib borish qoidalariga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda
Ayblov hukmlari va sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida ma’lum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomondan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida bir-birlariga ma’lum qiladilar, ayni vaqtda hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilsalar, ilgari ularning sudlari tomondan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iltimosga ko‘ra bir-birlariga ma’lum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli iltimos mavjud bo‘lgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos, iltimosning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek bunday yordam ko‘rsatganlik sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Agar ushbu iltimosni maxfiylikni buzmagan holda qondirishning imkoni bo‘lmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u keyinchalik shunga qaramay ushbu iltimosni qondirish to‘g‘risida iltimos qilish kerakligi yoki yo‘qligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan dalillar va axborotlarni sir saqlaydi, ushbu dalillar va axborotlar iltimosda ko‘rsatilgan tergovni va sud tekshirishini o‘tkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda
Foydalanishga oid cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan berilgan axborot yoki dalillarni yoki sudlov tekshirish uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz foydalanmaydi yoki bermaydi, yordam to‘g‘risidagi iltimosda ko‘rsatilganlar bundan mustasnodir. Biroq ayblov o‘zgargan taqdirda taqdim etilgan materialdan qo‘yilgan aybga muvofiq jinoyat unga nisbatan ushbu Shartnomaga muvofiq o‘zaro yordam ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan jinoyatni ifodalasa, o‘sha darajada foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda
Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat bo‘lganda ular birgalikda tergov o‘tkazayotgan ishlar bo‘yicha jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqishda guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish yuzasidan o‘zlarining qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda
Tashish bilan bog‘liq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hibsdagi shaxslarni ushbu Shartnomaning 88-moddasida nazarda tutilgan ko‘rsatma berish yoki tergovni o‘tkazishga yordam berish uchun vaqtincha berish chog‘ida olib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib o‘tish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga ko‘ra, bunday shaxslar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida bo‘lishi mumkin deb hisoblash uchun asos mavjud bo‘lgan taqdirda, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha to‘liqroq tavsifini o‘z ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud bo‘lganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish kartasi, qo‘l barmoqlari izi, shuningdek talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomasini bajarishda qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda
Vaqtincha berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar topshirish yoki berish ruxsat etilgan shaxslarni, va tergov ishlarini o‘tkazishga yordam berish uchun berilayotgan shaxslarni, ularning hududidan chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bunday shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarining qurolli vakillari kuzatuvi ostida kuzatib borilishi mumkinligini kelishib oldilar. Bu haqda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon oldindan xabardor qilib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza Qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi. Shunga muvofiq ravishda ular o‘zlari bo‘lgan davlat va o‘z davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, qurolni saqlash va olib yurish, va shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi asosida hisobda turadigan o‘q otar qurolni va maxsus vositalarni ishlatish huquqiga egadirlar va o‘z funksiyalarini o‘zlari bo‘lgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida eslatib o‘tilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va ko‘mak beradi. Bunday hollarda jinoyatchilarni jinoiy ta’qib qilish iltimosnoma bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan o‘q otar quroli, unga o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) bo‘yicha qo‘yiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarog‘, o‘q-dori, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini olib chiqib ketish eslatib o‘tilgan ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar tomonidan berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib o‘tish hollariga ham joriy etiladi. Ushbu Shartnomaning 73-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib o‘tilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mavjud ekanligi to‘g‘risida ushbu Shartnomaning 73-moddasi 1- va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib o‘tish to‘g‘risidagi iltimosnomada ma’lum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari saqlash uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak, bunda ularning saqlash tartiblari gaplashib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda
Jinoiy ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatish masalalariga oid aloqalar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish va jinoiy ta’qib qilish masalalari bo‘yicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror (sud)ning sanksiyasini talab qiluvchi protsessual va boshqa harakatlar bo‘yicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-bo‘lim
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda
Ushbu Shartnomani qo‘llash masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomani qo‘llashda paydo bo‘ladigan masalalar o‘zaro kelishuvga ko‘ra adliya organlarining vakolatli muassasalari tomonidan hal etiladi. Zaruriyat bo‘lganda kelib chiqqan anglashilmovchiliklarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat organlari vakillaridan iborat qo‘shma komissiya tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari tomonidan ushbu Shartnoma qoidalarini amalda oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo shartnomalar (bitimlar) tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda
Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalarining qoidalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda
Qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha ushbu Shartnomaning 107-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda
Shartnomani kuchga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangan sanadan boshlab o‘ttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda
Shartnomaning amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini to‘xtatish o‘z istagi to‘g‘risida yozma xabarnomani yubormasa, keyingi besh yillik davrga o‘z-o‘zidan uzaytiriladi. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnoma olgan sanadan boshlab olti oy o‘tishi bilan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda
Vaqtga ko‘ra amal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar paydo bo‘lgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almati shahrida 1997-yil 2-iyunda, ikki asl nusxada, har biri o‘zbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Shartnomani talqin etish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)