Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 27.05.2013 yildagi 143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2016-yillarda taʼlim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash)ni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqilgan, 2013 — 2016-yillarda taʼlim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashni (qoʻshimcha jihozlashni) jadallashtirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash normativlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2016-yillarda umumtaʼlim maktablarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2016-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy koʻrsatkichlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy koʻrsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga maqsadli ravishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalarini jihozlash uchun belgilangan tartibda xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlarning imtiyozli xorijiy kreditlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har yili taʼlim muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) manzilli dasturlarining shakllantirilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, har yili taʼlim muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda har bir taʼlim muassasasining moddiy-texnika jihatidan amalda taʼminlanganligi hisobga olinadi hamda oʻqitishning texnik vositalari asossiz tarzda hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet tillarni oʻrganishni yanada rivojlantirish boʻyicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining taklifiga koʻra, zaruriyat boʻlganda, Dasturga va jihozlash normativlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 283-modda, 34-son, 453-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 2017-y., 38-son, 1049-modda)