Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 14.05.2013 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi 607-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 28-martdagi SQ-371-II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika komissiyasi (A.I. Ikramov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Xoʻjayli tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq toʻlash fondlarini belgilashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Xoʻjayli tumani budjetining va tumanni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 21 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumidan tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, zaruriyat boʻlganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Xoʻjayli tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlari birlashtirilishi hamda Taxiatosh shahrining tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taxiatosh shahar va Xoʻjayli tumani ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, Xoʻjayli tumani ichki ishlar boʻlimiga berilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taxiatosh shahar va Xoʻjayli tumanida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda sud ijrochilari Taxiatosh shahar va Xoʻjayli tuman boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, sud ijrochilari Xoʻjayli tuman boʻlimiga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Taxiatosh shahar va Xoʻjayli tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boʻlimlari xodimlarining shtatdagi sonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanining tegishli boʻlinmalariga berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi 128-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hokimligi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Jami boshqaruv xodimlari (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 21 ta shtat birligi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 254-modda)