Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
Кучга кириш санаси
08.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2449]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 19 va 2019-12-sonli “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2449-1, 02.03.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2134, 2010-y., 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 284-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-son “Yagona soliq to‘lovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori ( raqami 2134-1, 2011-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 355-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori ( raqami 2134-2, 2012-yil 9-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 10-son, 112-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq, yagona soliq to‘lovi (bundan buyon matnda YST deb yuritiladi)ning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chakana savdo korxonalari YSTni qonun hujjatlariga muvofiq, lekin aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydilar. Bunda chakana savdo korxonalari deganda, hisobot choragi yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi chakana savdo bo‘lgan yuridik shaxslar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot choragi yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarning chakana savdosi bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblash va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. To‘lovchilar YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan YST summasini aniqlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YSTning eng kam miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YSTning hisob-kitob summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasini hisoblab chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan stavka bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib aniqlanadi hamda hisobot choragidagi qat’iy belgilangan soliq summalarini qo‘shish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hisoblangan YST summasini YSTning eng kam miqdori bilan solishtirish uchun YSTning hisob-kitob summasi butun chakana savdo korxonasi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovining ma’lumotnoma-hisob-kitobi (bundan buyon matnda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HSyast = SSYaT x S, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HSyast — YSTning hisob-kitob summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSYaT — YST bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YST hisob-kitobining “040”-satri ma’lumotlari asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — YSTning o‘rnatilgan stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdori summasidan kam bo‘lsa, YST qo‘shimcha hisoblanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori summasining YSTning hisob-kitob summasidan ortgan qismi YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan YST summasiga qo‘shimcha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, unda YST qo‘shimcha hisoblanmaydi va YST O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda to‘lanishi lozim, ya’ni YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan summa to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2013-yilning birinchi choragi uchun YSTni 4% stavka bo‘yicha hisoblayotgan bo‘lsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YSTning hisob-kitob summasi va YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblab chiqarilgan YST summasi bir-biriga teng bo‘ladi. Agar mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoridan, ya’ni 2013-yilning birinchi choragi uchun eng kam ish haqining (bundan buyon matnda EKIH deb yuritiladi) 30 baravaridan (Toshkent shahrida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan) kam bo‘lsa, u holda YST hisobot choragi uchun EKIHning 30 baravari miqdorida to‘lanadi. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga (EKIHning 30 baravariga) teng yoki undan ortiq bo‘lsa, u holda YST o‘rnatilgan 4% stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar chakana savdo korxonasi bir nechta turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsa, YST har bir turg‘un savdo shoxobchasi uchun YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda to‘lanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori turg‘un savdo shoxobchasi joylashgan joyda chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi ikkita turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsin. Ulardan biri Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida, ikkinchisi esa, Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda qat’iy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, mazkur chakana savdo korxonasi uchun YSTning eng kam miqdori butun chakana savdo korxonasi bo‘yicha oyiga EKIHning 13 baravarini yoki hisobot choragi uchun EKIHning 39 baravarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo korxonalari soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Turg‘un savdo shoxobchalari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi. Ushbu ma’lumot bir marta taqdim etiladi, mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turg‘un savdo shoxobchalari to‘g‘risida avval taqdim etilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, chakana savdo korxonasi ushbu ma’lumotni o‘zgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisobot choragi yakunlari bo‘yicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdorida YSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo bo‘lmasa, mazkur tashkilot YSTni Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 93-modda) muvofiq to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qo‘shimcha hisoblangan YST summasining o‘sib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. YST hisob-kitobiga mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan Ma’lumotnoma-hisob-kitob ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq to‘lovchilar mazkur Nizomning talablarini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni o‘z vaqtida to‘lash uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq xizmati organlari YSTning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan YSTni hisoblab chiqarish tartibining buzilganlik holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda YSTni qo‘shimcha hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘rsatkichlar

Satr kodi Jami Jumladan, YST to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha

1* asosiy faoliyat turi

2‎

3‎

4‎

5‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum
‎(hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri
‎— oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining
‎040-satri)
010‎
YSTning belgilangan stavkasi 020‎
Hisobot choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi
‎(010-satr x 020-satr / 100)
030‎
Qat’iy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi
‎(eng kam ish haqiga karrali miqdorda)
040‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori 050‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot choragi uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi
‎(050-satr – 030-satr)
060**‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Oldingi hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan
summasi (oldingi Ma’lumotnoma-hisob-kitobning 080-satri)
070‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi
‎(060-satr + 070-satr)
080‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
* Agar chakana savdo korxonalari YSTning turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir nechta turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsa, unda Ma’lumotnoma-hisob-kitobiga asosiy raqam belgilari ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilanadigan qo‘shimcha ustunlar (11, 12, 13 va h. k.) kiritiladi.
** Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat ko‘rsatiladi.
Izoh: hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan va yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Agar chakana savdo korxonalari bir nechta turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lsa, hisobot davri uchun YSTning eng kam miqdori, hisobot davri uchun turg‘un savdo shoxobchasining joylashgan yeri bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkalarini qo‘shish orqali butun korxona bo‘yicha hisoblab chiqariladi.

Rahbar ______________________________________
‎(imzo)

Bosh buxgalter ____________________________
‎(imzo)

M.O‘.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turg‘un savdo shoxobchalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOT

Izoh: mazkur Ma’lumot ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi ma’lumot olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi va uning bir nusxasini ariza beruvchiga qaytarib beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 196-modda)