Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 25.05.2004 yildagi PF-3434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2018-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining, respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa davlat tuzilmalari xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, oilada, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tanqidiy baholab, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va yangilanishlar islohotlarning mavqei darajasiga ko‘tarish chora-tadbirlarini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning tegishli xotin-qizlar qo‘mitalari raislarining vazifalarni taqsimlash bo‘yicha ular zimmasiga yuklatiladigan vakolatlar doirasi jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqilsin va faoliyatiga keng yo‘l ochib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyatining eng muhim vazifalari va yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘stirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish, ayniqsa qishloq joylarida ularning mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida) milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y-harakatlarini jamiyatni modernizatsiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, O‘zbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yo‘naltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga, o‘z oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda, respublika xotin-qizlarining jamoat tashkiloti sifatida, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining yangi tahrirdagi nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining ishchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar xotin-qizlar qo‘mitalarining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari — tegishli xotin-qizlar qo‘mitalari raislarining ishchi apparatlari tuzilmalari 2—4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2004-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolar yig‘inlari kengashlari apparatining tuzilmasiga tarbiyachi-pedagog lavozimi o‘rniga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan posyolka, qishloq va ovullarda diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning lavozim maoshlari Yagona tarif setkasi bo‘yicha 5 (qishloq joylarda) va 6 (shaharlarda) razryadlari darajasida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalar apparati tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va yangi shtatlar jadvaliga muvofiq yangi lavozimlar bilan to‘ldirish borasidagi mas’uliyat shaxsan tuman (shahar) hokimlari hamda mahalla, posyolka, qishloq va ovul fuqarolar yig‘ini kengashlarining raislari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlariga hayot tajribasiga ega bo‘lgan, aholiga, birinchi navbatda yoshlarga sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlab qolish va rivojlantirish masalalarida ijobiy ta’sir o‘tkaza oladigan eng obro‘li va faol xotin-qizlarni tayinlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilingan ishlarning natijalari to‘g‘risida 2004-yilning 1-dekabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish hamda ularning ishini tashkil qilish borasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning joylardagi bo‘linmalari bilan birgalikda 2004-yilning 1-noyabriga qadar “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xotin-qizlarning respublika va mintaqaviy nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish hamda qayta ro‘yxatga olish bo‘yicha zarur ko‘mak va yordam berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) 2004-yilning 1-iyulidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari o‘rinbosarlari — tegishli xotin-qizlar qo‘mitalari raislarining ishchi apparatlariga qo‘shimcha ravishda kiritilayotgan lavozimlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyachi-pedagog lavozimlarini tugatish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobiga fuqarolar yig‘inlari kengashlarining apparatlaridagi diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarini ta’minlashga davlat budjetidan zarur mablag‘ ajratilishini ko‘zda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zteleradiokompaniya (A. Ko‘chimov), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (R. Shog‘ulomov), O‘zA (M. Hazratqulov)ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) ikki oy muddatda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi apparatini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqqan holda kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari S. Inomova va R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3434-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning ishchi apparati tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari hamda ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar — viloyat markazlari Xotin-qizlar qo‘mitasi va ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, qishloq va shahar tumanlari Xotin-qizlar qo‘mitalari va ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 251-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)