1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 12-dekabrdagi 350-son qaroriga muvofiq hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlariga 8 — 10 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 xodim hisobidan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining malakali mutaxassislari biriktirilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda aholi o‘rtasida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band, shuningdek qarorga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N I Z O M
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa (keyingi o‘rinlarda bolali oilalarga nafaqa deb ataladi), bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa (keyingi o‘rinlarda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa deb ataladi) va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash qismida amal qilishi, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur korxona yoki tashkilotlar mablag‘lari hisobidan nafaqaning ushbu turi to‘lanayotgan onalarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamning to‘lanadigan miqdorlari qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar miqdorda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig‘ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida istiqomat qiluvchi obro‘-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig‘inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi esa – uning butun vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan chiqqan taqdirda, fuqarolar yig‘ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori, uning yig‘ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolatga so‘zsiz rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz daromadlarini oshirishning aniq imkoniyati bo‘lmagan haqiqatda ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqalar va moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni ta’minlash yo‘li bilan ularni to‘lashga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlariga ayrim oilalar va fuqarolar tomonidan boqimandalik munosabatida bo‘lish, o‘zining iqtisodiy faolligi hisobiga emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila a’zolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har tomonlama jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ma’lumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning mas’uliyatini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,7 foizidan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz pensionyerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha oilaning tarkibi va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun – bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bolalar vasiylikka olingan bo‘lsa – vasiylik va homiylik organining qaroridan ko‘chirma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to‘g‘risidagi arizaga, ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni olish istagi bo‘lgan oydan oldingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kotibi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish kitobiga qayd etish orqali amalga oshiriladi. Bunda arizani kelib tushish sanasi, ariza bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili, iltimosning qisqacha mazmuni va fuqarolar yig‘ini tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bayonnoma sanasi va raqami ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq ariza hamda oilaning daromadlari miqdori va tarkibini tasdiqlaydigan zarur ma’lumotnomalar berilgan kun ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchining ehtiyojmandligi darajasini aniqlash va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash (rad etish) to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida maxsus komissiya tashkil etiladi, uning tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan 12 oy muddatga, kamida 3 kishidan iborat etib tasdiqlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga o‘zini o‘zi boshqarish organi maslahatchilari, kotibi, ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi, shuningdek zaruriyat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududida 300 tadan ko‘p oila yashaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bir necha maxsus komissiyalar tashkil etilishi mumkin. Bunda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi har bir komissiyada ishtirok etishi shart.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdori ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan miqdordan kam bo‘lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi xulosani fuqarolar yig‘iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to‘lash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka oluvchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar, shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar);
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning birgalikda yashovchi a’zolari tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadigan oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar, shuningdek vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan yoxud harbiy ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi sababli oilada bo‘lmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish joylarida ekanligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan ota yoki ona (farzandlikka oluvchi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar bir uy xo‘jaligida (bir pochta manzili bo‘yicha) bolali ikki va undan ortiq oilalar yashagan taqdirda, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga arizachi, uning turmush o‘rtog‘i va ular bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega bo‘lmagan bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar) kiritiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolaridan pul tushumlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordam, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qarori bilan amalga kiritilgan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi, nogironligi bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, Pensiya jamg‘armasi orqali beriladigan bola tug‘ilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa bundan mustasno);
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa bo‘yicha hisobga olinadi (soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlangunga qadar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar hamda stipendiyalar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi.
(22-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oilaning o‘rtacha oylik jami daromadi fuqarolar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etiladigan oilaning tarkibi va oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 87,9 foizidan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 87,9 foiziga teng bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uch yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo‘lgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish holati bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamaydigan pensionyerlarga, pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarning onalariga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, shuningdek, I yoki II guruh nogironligi mavjud shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosini parvarish qilayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila a’zolariga, agar ariza beruvchining yashash manzilida 2 oy va undan ortiq muddatda boshqa oila a’zolari bilan birgalikda yashamayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar taqdim etilgan ma’lumotlarda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan o‘rtacha oylik daromad miqdori ko‘rsatilmagan yoxud shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan belgilangan normativ daromaddan past ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning jami daromadini aniqlash uchun shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini nafaqa yoki moddiy yordam so‘rab murojaat qilingan oyda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,035 miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi unumdorligi obyektiv shart-sharoitlarga ko‘ra (suv bilan ta’minlanmaganlik, tuproqning sho‘rlanishi va boshqalar) yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi normativ daromad olish imkonini bermaydigan yoki umuman daromad olish imkonini bermaydigan alohida hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ daromadga pasayish tomoniga tuzatish kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oila daromadi va uning tarkibi o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi shaxs bir oydan kech bo‘lmagan muddatda bu haqda nafaqa va moddiy yordam to‘layotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus komissiya ariza beruvchining yashash joyiga chiqqan holda oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish natijalariga ko‘ra maxsus komissiya ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish dalolatnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganilayotgan oilaning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganilayotgan oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganligi darajasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish natijalari bo‘yicha maxsus komissiya bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishga ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularni ushbu kalendar oyi tugashidan kamida besh kun oldin ko‘rib chiqishi uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Fuqarolar yig‘ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini (Komissiya) tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar yig‘ini ishtirokchilarining (Komissiya a’zolarining) oddiy ko‘pchiligi qarorni yoqlab ovoz bersa u qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fuqarolar yig‘ini (Komissiya) qarori, qoidaga ko‘ra, har bir ariza beruvchi bo‘yicha alohida, uning ishtirokida qabul qilinadi. Ariza beruvchi uzrli sababga ko‘ra fuqarolar yig‘inida (Komissiya yig‘ilishida) ishtirok etmagan taqdirda oilaning boshqa muomalaga layoqatli a’zosi ishtirok etishi shart. Ariza beruvchi yoki ariza beruvchi oilasining boshqa vakili ishtirok etmagan taqdirda ushbu oilaga tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmaydi va ko‘rib chiqish uchun keyingi oyga ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qaror keyingi oyga ko‘chirilgan oilalarga yangidan ro‘yxatdan o‘tish va ehtiyojmandligini o‘rganish (nafaqa yoki moddiy yordam yuzasidan ariza berish, oila daromadlari va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, daromadlar va mulkiy holatni qo‘shimcha ravishda o‘rganish) tartibi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qaror quyidagilarni aks ettirgan holda fuqarolar yig‘ini (Komissiya yig‘ilishi) bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq ovoz berish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordamning turi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovlar boshlanadigan oy va ular tugaydigan oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilingan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga fuqarolar yig‘inida (Komissiya yig‘ilishida) rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lum qilinadi, bu to‘g‘rida bayonnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bayonnoma fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan imzolanadi va besh kun muddatda ariza beruvchiga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bolali oilalarga nafaqa tayinlangan oilada voyaga yetmagan bolalar soni o‘zgargan taqdirda (bolalardan biri 14 yoshga to‘lgan, navbatdagi bola tug‘ilgan va hokazo), nafaqa miqdori bolalarning tegishli soniga ega bo‘lgan oila uchun belgilangan miqdorlarga muvofiqlashtiriladi. Bunda yangi miqdor bo‘yicha nafaqa to‘lash oilada voyaga yetmagan bolalar soni o‘zgargan oydan keyingi oydan boshlanadi. Bu holda nafaqa miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya qarori talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmay, fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) qarori bayonnomasi asosida oluvchining familiyasi, pasport raqami, shuningdek to‘lanishi kerak bo‘lgan summani ko‘rsatgan holda tegishli nafaqa va moddiy yordam to‘lashga vedomost tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining imzosi va muhr hamda ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida uch nusxada vedomostlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Belgilangan tartibda to‘ldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlangan oyning 5-sanasigacha bo‘lgan muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) moliya bo‘limlari deb ataladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan vedomostlar barcha uch nusxaning har bir varag‘iga tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qo‘yilgan holda tuman (shahar) moliya bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lanmagan) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam o‘tgan davr uchun bir vaqtning o‘zida to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyi o‘zgargan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to‘lovlarga ehtiyojmandligi yo‘qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan hollarda to‘xtatiladi. Ushbu holatda asossiz to‘langan mablag‘ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hisob raqamiga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovlarni to‘xtatish, to‘lovning belgilangan muddati tugagan yoki bolalar tegishli yoshga to‘lgan hollardan tashqari (bola parvarishi bo‘yicha nafaqa uchun – ikki yosh, bolali oilalarga nafaqa uchun – 14 yosh), fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. 16 yoshgacha (o‘quvchilar – 18 yoshgacha) bolalari bo‘lgan oilalarga 2012-yil 1-dekabrgacha tayinlangan bolali oilalarga nafaqalarni to‘lash 16 yoshgacha (o‘quvchilar – 18 yoshgacha) bolalar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lovning belgilangan muddati tugagunga qadar butun davrda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovi 2013-yilning yanvar oyidan boshlanadigan bolali oilalarga nafaqa miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi, bunda faqat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilning 1-dekabrigacha va 1-dekabridan keyin tayinlangan bolali oilalarga nafaqa miqdori ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq tartibda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash Xalq bankining bo‘linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo‘yicha aks ettirilgan holda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida maxsus bank hisob raqamlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki muassasalari har oyda joriy oyning oxirigacha bo‘lgan muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini maxsus bank hisob raqamlaridagi qoldiqlar, shu jumladan joriy oy uchun, shuningdek hisobot yili boshidan boshlab tushumlar summalari va amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tuman (shahar) moliya bo‘limi mablag‘larni vedomostlar bo‘yicha tayinlangan summalar doirasida, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq bo‘lmagan, nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga tegishli budjetning g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamini ko‘rsatgan holda, to‘lov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan boshlab, biroq oyning 25-sanasidan kechikmay har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining maxsus hisob raqamlariga alohida to‘lov topshiriqnomalari orqali Yagona g‘aznachilik hisob raqamidan o‘tkazadi. Bunda vedomostlar bo‘yicha qisman moliyalashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘larni tuman (shahar) moliya bo‘limlarining Yagona g‘aznachilik hisob raqamidan o‘tkazish g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Har bir nafaqa va moddiy yordam bo‘yicha vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) moliya bo‘limida qoladi. Mablag‘lar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilgandan keyin tasdiqlangan vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalari moliya organlari tomonidan tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lar ularning hisob raqamlariga tushgandan keyin vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalarini to‘lov topshiriqnomalari bilan birga nafaqani to‘lash uchun Xalq bankining xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalariga (filiallariga) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan nafaqa, nafaqa oluvchining nomiga maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning uchinchi nusxasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi. To‘lov nafaqa va moddiy yordam oluvchining yashash joyi bo‘yicha Xalq bankining bo‘linmalari (filiallari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441. Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha Xalq banki bo‘linmalari (filiallari) xizmatlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Xalq banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarish qilish nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdori kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida Xalq banki tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(441-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini viloyatning tumanlari (shaharlari) o‘rtasida taqsimlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan har bir tuman (shahar) hududida yashovchi oilalar muhtojligini, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlarda ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga taqsimlash tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan ehtiyojmand oilalar sonini hisobga olgan holda, moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan har oyda ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risida hisobot tuziladi hamda u hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha bo‘lgan muddatda tuman (shahar) moliya bo‘limiga va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taqdim etiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadilar, ular oyning 20-sanasigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bir yil mobaynida oluvchilar tomonidan (vafot etganligi, yashash joyi o‘zgarganligi va moddiy yordam oluvchining aybi bilan boshqa sabablarga ko‘ra) talab qilib olinmagan mablag‘lar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hisob raqamlariga tiklanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlaridagi foydalanilmagan pul mablag‘lari qoldig‘i olib qo‘yilmaydi va navbatdagi davrda nafaqalar to‘lash uchun yo‘naltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ajratiladigan budjet mablag‘larining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti, shuningdek uning joylardagi organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini har chorakda tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlashning asoslanganligi monitoringini olib borish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
(51-bandning birnchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimiga monitoring funksiyalaridan tashqari.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyatga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining murojaati bo‘yicha, ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan oilaning tarkibi va oila a’zolarining daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashgan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilish yo‘li bilan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya qarori ushbu Nizom bilan belgilangan nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibiga muvofiq bo‘lmagan taqdirda uning yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Shaxsiy javobgarlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘larini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga to‘liq va o‘z vaqtida ajratilishi uchun — tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbari zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi ijro etilishini ta’minlash va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi uchun — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashning belgilangan tartibiga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash uchun — ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazining xodimi zimmasiga yuklanadi;
(52-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi maxsus hisob raqamlaridan mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash uchun — Xalq bankining tuman (shahar) bo‘linmasi (filiali) rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning har bir a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi
Tug‘ilgan yili, kuni, oyi
Ariza berilgan vaqtdagi ish, o‘qish yoki boshqa faoliyat joyi
2. Oila a’zolarining _________ dan _________gacha oylar davridagi daromadi:
Daromad oluvchining F.I.O.
Daromad miqdori, so‘m
davrning birinchi oyida
davrning ikkinchi oyida
davrning uchinchi oyida
uch oydagi jami daromad
3. Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritish uchun _________ sotix yer uchastkasi mavjud, oila undan o‘rtacha oylik _______ so‘m miqdorida daromad oldi.
Ma’lumotlarni bergan shaxsning imzosi:_____________________________
Sana: 20___ yil “___”___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metodikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxsus komissiya tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’lumotlari asosida oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritish uchun foydalanadigan yer uchastkasining maydoni sotixlarda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritish uchun foydalanadigan yer uchastkasi maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Maxsus komissiya ushbu yer uchastkasini o‘lchovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblashda uy-joy binolari va yordamchi xo‘jalik imoratlari joylashgan yer maydonlaridan tashqari, barcha yerlar, shu jumladan foydalanilmayotgan yerlar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan o‘rtacha oylik normativ daromadi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ND = Ma (sot) * 0,035 * MHTEKM, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ND — shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan olingan o‘rtacha oylik normativ daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma (sot) — yer uchastkasining sotixlardagi maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,035 — bir sotixdan olinadigan normativ daromadni aks ettiruvchi koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTEKM — normativ daromadni aniqlash oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan olingan normativ daromadni aniqlash hisob-kitobiga misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilada dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 10 sotix yer uchastkasi mavjud. Normativ daromadni aniqlash oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 679 330 so‘mni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan o‘rtacha oylik normativ daromadi: 10 sotix x 0,035 x 679 330 so‘m = 237 766 so‘mni tashkil etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 307-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganish DALOLATNOMASI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq faoliyat yurituvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan bolali oilalarga 2012-yilning 1-dekabrigacha va 1-dekabridan keyin tayinlangan nafaqalarning miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi

1-misol. 8, 12 va 17 yoshdagi 3 nafar bolali oilaga nafaqa 2012-yil sentyabrda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 49,2 foizi miqdorida (to‘lov 2012-yil oktyabrdan boshlangan) 6 oy muddatga (2013-yil mart oyi oxirigacha) tayinlangan. 2012-yil oktyabr—dekabr oylari mobaynidagi nafaqa miqdori to‘lov oyidagi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 49,2 foizini tashkil qiladi, 2013-yil yanvar—mart oylari uchun esa ushbu oilaga 2013-yil boshidagi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 42,1 foizi miqdorida nafaqa to‘lanadi;
(1-misol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol. 8, 12 va 17 yoshdagi 3 nafar bolali oilaga nafaqa 2012-yil dekabrda tayinlangan (to‘lov 2013-yil yanvardan boshlangan). To‘lovning butun davri (yanvar—iyun) uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 2013-yil boshidagi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 28,1 foizini tashkil qiladi, ya’ni nafaqa miqdorini aniqlashda faqat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisobga olinishi kerak.
(2-misol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot

20____ yil _________________ uchun
_____________________ tumani (shahri) ______________________ raisining F.I.O.________________
(tuman, shaharning nomi)
(o‘zini o‘zi boshqarish organi nomi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ko‘rsatkichning nomi
O‘lchov birligi
Bolali oilalarga nafaqa
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa
Moddiy yordam
Hammasi
hisobot oyi uchun
yil boshidan
hisobot oyi uchun
yil boshidan
hisobot oyi uchun
yil boshidan
hisobot oyi uchun
yil boshidan
1.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi
so‘m
2.
Tayinlangan nafaqalarning vedomost bo‘yicha summasi
so‘m
3.
Ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida yashaydigan 14 yoshgacha bolali oilalarning soni
ta
x
x
x
x
x
x
Ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida yashaydigan 2 yoshgacha bolali onalar soni
ta
x
x
x
x
x
x
Ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida yashaydigan oilalar soni ta
ta
x
x
x
x
x
x
4.
Ko‘rib chiqilgan arizalar soni
ta
4.1
Shu jumladan, nafaqalar va moddiy yordam tayinlash rad etilgan arizalar soni.
ta
5.
Nafaqalar va moddiy yordam tayinlangan arizalar soni
ta
To‘lovlar birinchi marta tayinlangan oilalar soni
ta
To‘lovlar ikkinchi marta tayinlangan oilalar soni
ta
x
x
6.
Vedomost bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oladigan oilalar soni
ta
x
x
x
x
shu jumladan:
6.1.
— bir nafar bolali
ta
x
x
x
x
x
x
6.2.
— ikki nafar bolali
ta
x
x
x
x
x
x
6.3.
— uch nafar va undan ko‘p bolali
ta
x
x
x
x
x
x
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi
M.O‘.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ba’zi qarorlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi 33-son qaroriga ilovaning I, II va III bo‘limlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 5-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 19-martdagi PF-3864-son Farmoni)” 2007-yil 30-apreldagi 87-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilova 5-bandining “b” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori)” 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 9 va 11-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to‘liq hisobga olinishini ta’minlash to‘g‘risida” 2012-yil 7-iyundagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 40-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 8-son, 101-modda, 52-son, 690-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.05.2020-y., 09/20/307/0633-son, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)