Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Кучга кириш санаси
24.11.2009
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Bitim OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI FUQAROLARINING OʻZARO KELIB-KETIShLARI TOʻGʻRISIDA 2000-yil 30-noyabr, Minsk (2009-yil 24-noyabrdan kuchga kirgan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar, ikki davlat oʻrtasida doʻstona yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa xil munosabatlarni mustahkamlash istagida, ikki davlat fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlarini huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar: 1-modda Bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomon davlati hududiga ushbu Bitimning tarkibiy qismlari boʻlgan 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan shaxsni va uning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlardan biri asosida vizasiz kirishlari, chiqishlari, tranzit oʻtishlari, unda yurishlari va boʻlishlari mumkin. Tomonlar davlatlarining uchinchi davlatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolari ham Tomonlar davlatlarining hududiga vizasiz kirishlari, chiqishlari, unda yurishlari, boʻlishlari va tranzit oʻtishlari mumkin. 2-modda Tomonlar fuqarolarining kirish va chiqishlari xalqaro qatnov uchun ochiq boʻlgan oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.. 3-modda Tomonlar xalqaro qatnov uchun ochiq boʻlgan oʻtkazish punktlarida chegaradan oʻtish huquqini beruvchi haqiqiy va Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarga ega boʻlgan Tomonlar davlatlari fuqarolarini oʻtkazish majburiyatini oladilar hamda Tomonlarining vakolatli organlari tarafidan chiqishi taqiqlangan shaxslarni uchinchi davlatlarga chiqarmaslik choralarini koʻradilar. 4-modda Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini tatbiq etish sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha, jumladan shaxsni va uning fuqaroligini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlar toʻgʻrisida, ularni berish va ishlatish tartibidagi oʻzgartishlar toʻgʻrisida, xorijiy fuqarolarning Tomonlar davlatlari hududida boʻlish qoidalari toʻgʻrisida, shuningdek tegishli qonun hujjatlari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar. Tomonlar oʻzaro ahdnoma boʻyicha ushbu Bitimning 1-va 2-ilovalarida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatlaridagi oʻzgartishlar qaror qabul qilishlari mumkin. Bunda, yangi hujjatlar joriy qilingan yoki amaldagi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritiladigan boʻlsa, ular amal qilishga kiritilishidan kamida oʻttiz sutka ilgari Tomonlar diplomatik kanallar orqali ularning namunalarini almashadilar. 5-modda Bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomon davlati hududida boʻlish chogʻida shu Tomon davlatining qonun-qoidalariga, jumladan shu davlatda amal qiluvchi unda boʻlish qoidalariga rioya qilishlari lozim. Bir Tomon davlatining ushbu Bitim qoidalarini yoki boshqa Tomon davlati hududida boʻlish qoidalarini buzgan fuqarolari Tomonlar davlatlarining qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda oʻzi fuqarosi boʻlgan yoki doimiy istiqomat qiladigan davlatga qaytariladilar. 6-modda Ushbu Bitim davlat xavfsizligi, jamoat tartibi yoki aholi sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan hollarda Tomonlarning ushbu Bitim yoki uning alohida qoidalari amal qilishini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish huquqiga daxl qilmaydi. Bu holda manfaatdor Tomon boshqa Tomon fuqarolarining vizasiz kirishi, chiqishi, boʻlishi, unda yurishi va tranzit oʻtishiga tegishli cheklashlar kiritishi mumkin. Bu toʻgʻrida manfaatdor Tomon boshqa Tomonni koʻrsatilgan cheklashlar joriy etilishidan 72 soat ilgari diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi. 7-modda Ushbu Bitim imzolangach, Tomonlar ushbu Bitimning 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan hujjatlarning namunalarini diplomatik kanallar orqali darhol almashadilar. 8-modda Ushbu Bitimni tatbiq etishda yuzaga keladigan masalalarni Tomonlar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etadilar. 9-modda Tomonlar oʻzaro kelishuv boʻyicha ushbu Bitimga zarur qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishlari mumkin. Ular tegishli bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi. 10-modda Ushbu Bitim Tomonlarning Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi. 11-modda Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllanadi va uni kuchga kiritish uchun lozim boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilgani toʻgʻrisida soʻnggi xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi hamda bir Tomon boshqa Tomonning ushbu Bitim faoliyatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisidagi xabarnomasini olgan sanadan boshlab 90 kun oʻtgunga qadar amal qiladi. Minsk shahrida 2000-yil 30-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega. (imzolar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida Bitimga 1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishlari, chiqishlari, unda yurish va boʻlishlari uchun hujjatlar ROʻYXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti. 2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti. 3. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan bolalar uchun; ularning qonuniy vakili kuzatuvidagina). 4. Xizmat safari yoki taʼtil guvohnomasi (yozma buyruq) mavjud boʻlgan holda haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi, harbiy bileti. 5. Havo kemasi ekipaji aʼzosining uchish guvohnomasi (uchish topshiriqnomasida yozuv boʻlgan holda). 6. Temir yoʻl transporti xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (poyezd va refrijerator brigadalari tarkibida borilayotgan vaqtda). 7. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun). Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida Bitimga 2-ILOVA Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, unda yurish va boʻlishlari uchun hujjatlar ROʻYXATI 1. Sobiq SSSR fuqarosining pasporti, unda shaxsning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, qistirma ilova, (belgisi ekan) va Rossiya fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisida matn, yoki 1992-yil 6-fevraligacha Rossiya Federatsiyasi hududida roʻyxatdan oʻtganligi (doimiy qayd qilish) toʻgʻrisida shtamp qoʻyilgan boʻlishi kerak (2005-yil 31-dekabrgacha). 2. Rossiya Federatsiyasi fuqarosining pasporti. 3. Yoʻqolgan pasport oʻrniga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha berilgan fuqaroning vaqtinchalik shaxsiy guvohnomasi. 4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (14 yoshga toʻlmagan bolalar uchun). 5. Xizmat safari guvohnomasi, yozma buyruq yoki taʼtil bileti mavjud boʻlgan holda harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi, harbiy bileti. 6. Diplomatik pasport. 7. Xizmat pasporti. 8. Rossiya Federatsiyasi ramzlari tushirilgan chet el pasporti. 9. Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi yozuv yoki belgisi boʻlgan sobiq SSSR ramzi tushirilgan umumfuqaro xorijiy pasporti. 10. Dengizchi pasporti (kema roli yoki undan koʻchirma mavjud boʻlgan holda). 11. Havo kemasi ekipaji aʼzosining uchish guvohnomasi (uchish topshiriqnomasida yozuv boʻlgan holda). 12. Temir yoʻl transporti xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (poyezd va refrijerator brigadalari tarkibida borilayotgan vaqtda). 13. Rossiya Federatsiyasiga qaytish guvohnomasi (faqat Rossiya Federatsiyasiga qaytish uchun). |
Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Российской Федерации О ВЗАИМНЫХ ПОЕЗДКАХ ГРАЖДАН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ГРАЖДАН РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ Минск, 30 ноября 2000 года (Вступило в силу 24 ноября 2009 года) Правительство Республики Узбекистан и Правительство Российской Федерации, именуемые в дальнейшем Сторонами, руководствуясь желанием способствовать развитию дружественных добрососедских отношений, укреплению экономических, торговых, научно-технических, культурных и иных связей между двумя государствами, в целях правового регулирования взаимных поездок граждан двух государств, согласились о нижеследующем: Статья 1 Граждане государства одной Стороны могут въезжать, выезжать, следовать транзитом, передвигаться и пребывать на территории государства другой Стороны без виз по одному из документов, удостоверяющих личность и подтверждающих гражданство их владельцев, указанных в приложениях № 1 и № 2, являющихся неотъемлемыми частями настоящего Соглашения. Граждане государств Сторон, проживающие в третьих государствах, могут въезжать, выезжать, передвигаться, пребывать и следовать транзитом через территории государств Сторон также без виз. Статья 2 Въезд и выезд граждан государств Сторон осуществляются через пункты пропуска, открытые для международного сообщения. Статья 3 Стороны обязуются пропускать в третьи государства в пунктах пропуска, открытых для международного сообщения, граждан государств Сторон, имеющих действительные и надлежащим образом оформленные в соответствии с национальным законодательством государств Сторон документы на право пересечения границы, и будут предпринимать меры к недопущению выезда в третьи государства лиц, которым выезд закрыт компетентными органами Сторон. Статья 4 Стороны информируют друг друга по вопросам, относящимся к сфере применения положений настоящего Соглашения, в том числе о действующих документах, удостоверяющих личность и подтверждающих гражданство их владельцев, об изменениях в порядке их выдачи и использования, о правилах пребывания иностранных граждан на территории государств Сторон, а также о соответствующих законодательных актах. Стороны по взаимному письменному согласию могут принимать решения об изменениях в перечнях документов, указанных в приложениях № 1 и № 2 к настоящему Соглашению. При этом, в случае введения новых документов или внесения изменений в действующие документы, Стороны обмениваются их образцами по дипломатическим каналам не позднее чем за тридцать суток до их введения в действие. Статья 5 Граждане государства одной Стороны во время пребывания на территории государства другой Стороны должны соблюдать законы и правила государства этой Стороны, в том числе правила пребывания, действующие в этом государстве. Граждане государства одной Стороны, нарушившие положения настоящего Соглашения или правила пребывания на территории государства другой Стороны, подлежат возвращению в государство своего гражданства или постоянного проживания в порядке, предусмотренном законодательством государств Сторон. Статья 6 Настоящее Соглашение не затрагивает право Сторон полностью или частично приостанавливать действие настоящего Соглашения или его отдельных положений, если это необходимо для обеспечения безопасности государства, общественного порядка и охраны здоровья населения. В этом случае заинтересованная Сторона может ввести соответствующие ограничения на безвизовые въезд, выезд, пребывание, передвижение и транзитный проезд граждан государства другой Стороны, уведомив ее об этом по дипломатическим каналам за 72 часа до введения в действие указанных ограничений. Статья 7 Стороны после подписания настоящего Соглашения незамедлительно обменяются по дипломатическим каналам образцами документов, указанных в приложениях № 1 и № 2 к настоящему Соглашению. Статья 8 Вопросы, возникающие в результате применения настоящего Соглашения, Стороны решают путем консультаций и переговоров. Статья 9 Стороны по взаимной договоренности могут вносить в настоящее Соглашение дополнения и изменения, которые оформляются соответствующими протоколами, являющимися неотъемлемой частью настоящего Соглашения. Статья 10 Настоящее Соглашение не затрагивает прав и обязательств Сторон, вытекающих из других международных договоров, участниками которых являются Республика Узбекистан и Российская Федерация. Статья 11 Настоящее Соглашение временно применяется с даты подписания, вступает в силу с даты получения последнего письменного уведомления Сторон о выполнении внутригосударственных процедур, необходимых для его вступления в силу, и действует до истечения 90 дней с даты получения одной Стороной письменного уведомления другой Стороны о ее намерении прекратить действие настоящего Соглашения. Совершено в городе Минске 30 ноября — 2000 года в двух экземплярах, каждый на узбекском и русском языках, причем оба текста имеют одинаковую силу. (подписи) ПРИЛОЖЕНИЕ № 1 к Соглашению между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Российской Федерации о взаимных поездках граждан Республики Узбекистан и Российской Федерации Перечень документов граждан Республики Узбекистан для въезда, выезда, пребывания и передвижения по территории Российской Федерации 1. Дипломатический паспорт Республики Узбекистан. 2. Паспорт гражданина Республики Узбекистан. 3. Свидетельство о рождении (для детей до 16 лет; только в сопровождении их законных представителей). 4. Удостоверение личности, военный билет военнослужащего, проходящего действительную военную службу, при наличии командировочного или отпускного удостоверения (предписания). 5. Летное свидетельство члена экипажа воздушного судна (при наличии записи в полетном задании). 6. Удостоверение личности работника железнодорожного транспорта (во время следования в составе поездных и рефрижераторных бригад). 7. Свидетельство на возвращение в Республику Узбекистан (только для возвращения в Республику Узбекистан). ПРИЛОЖЕНИЕ № 2 к Соглашению между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Российской Федерации о взаимных поездках граждан Республики Узбекистан и Российской Федерации Перечень документов граждан Российской Федерации для въезда, выезда, пребывания и передвижения по территории Республики Узбекистан 1. Паспорт гражданина бывшего СССР с вкладышем, справкой (отметкой) о гражданстве Российской Федерации и текстом о принадлежности к российскому гражданству или со штампом о регистрации (постоянной прописке) на территории Российской Федерации по состоянию на 6 февраля 1992 года (до 31 декабря 2005 года). 2. Паспорт гражданина Российской Федерации. 3. Временное удостоверение личности гражданина Российской Федерации, выданное по установленной Министерством внутренних дел Российской Федерации форме взамен утраченного паспорта. 4. Свидетельство о рождении (для детей до 14 лет). 5. Удостоверение личности, военный билет военнослужащего, проходящего военную службу, при наличии командировочного удостоверения, предписания или отпускного билета. 6. Дипломатический паспорт. 7. Служебный паспорт. 8. Заграничный паспорт с символикой Российской Федерации. 9. Общегражданский заграничный паспорт с символикой бывшего СССР с записью или отметкой о гражданстве Российской Федерации. 10. Паспорт моряка (при наличии судовой роли или выписки из нее). 11. Летное свидетельство члена экипажа воздушного судна (при наличии записи в полетном задании). 12. Удостоверение личности работника железнодорожного транспорта (во время следования в составе поездных и рефрижераторных бригад). 13. Свидетельство на возвращение в Российскую Федерацию (только для возвращения в Российскую Федерацию). |