14.11.2012 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning malakali ekspert tadqiqotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqotlarning ilmiy asoslanganligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 849-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2024-y., 09/24/849/1038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sud ekspertizasi institutini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, sud ekspertizasi muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, odil sudlovni amalga oshirish, jamoat tartibini, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatlar va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga maxsus bilimlarni qoʻllash yoʻli bilan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning maxsus bilimlarga boʻlgan ehtiyojlarini tizimli oʻrganish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari, ilmiy tavsiyalar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi metodikalarni sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, xoʻjalik ishlari, maʼmuriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari boʻyicha sud ekspertizalarini, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʻyicha ekspert ixtisosliklarga muvofiq tadqiqotlarni oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilish
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus bilimlar va texnika vositalarini qoʻllashda huquqni muhofaza qilish va sud organlari xodimlariga metodik yordam koʻrsatish, ularni sud ekspertizasi sohasidagi zamonaviy yutuqlar va imkoniyatlar bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus bilimlar asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularning oldini olishga doir takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, shaxsi aniqlanmagan murdalar, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslar boʻyicha DNK maʼlumotlari milliy bazasini (genom maʼlumotlarni) yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yillarda Markazda tadqiqotlarning raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-ekologik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, sud-filologik ekspertizalar kabi yangi turlarini tashkil etish tadbirlari rejasini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning soʻnggi yutuqlariga, ilmiy tavsiyalarga asoslangan yangi tadqiqotlar turlari Markazning sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etilishining holati yuzasidan doimiy monitoringni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan har oylik ustama 50 foiz deb belgilansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/11/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tushumlarini foydalanish toʻgʻrisidagi tartibni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/11/0007-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga lavozim maoshlariga martaba darajasi va muayyan yil ishlaganligi uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan ustamalar va qoʻshimcha haq saqlab qolinsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, ushbu qarorning amalga oshirilishi, shu jumladan Markaz xodimlari sonining koʻpaytirilishi, Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sud ekspertizalarining yangi turlarini oʻtkazish va joriy etish uchun uni sarflash materiallari bilan taʼminlash va DNK maʼlumotlari milliy bazasini (genom maʼlumotlarni) yaratish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar uchun mablagʻlar ajratsin, 2013-yildan boshlab esa ushbu mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013 — 2015-yillarda Markazni zamonaviy tadqiqot va kriminalistika uskunalari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar grantlarini jalb etish toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻz faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan kriminalistika uskunalari, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan 2016-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya dasturini shakllantirishda 2013-yilda – loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, 2014-yildan boshlab esa – Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurishga zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Markazning tuzilmasi oʻzgarganligini va unga ushbu qarorda nazarda tutilgan qoʻshimcha vazifalar yuklanganligini hisobga olgan holda uning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda) ilovaning 7-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-dekabrdagi 299-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 67-modda) 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 849-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2024-y., 09/24/849/1038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 849-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2024-y., 09/24/849/1038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi‎

Tarif razryadi

Direktor‎ 16‎
Direktor oʻrinbosari‎ 14‎
Ilmiy kotib, laboratoriya mudiri (boʻlim, boʻlinma)‎ 12‎
Bosh ekspert ‎ 11‎
Yetakchi ekspert ‎ 10‎
Katta ekspert ‎ 9‎
Ekspert ‎ 8‎
Ish oʻrganuvchi-ekspert*‎ 7‎
Bosh buxgalter‎ 13‎
Kadrlar boʻlimi boshligʻi‎ 13‎
Markazlashtirilgan taʼminot xizmati boshligʻi‎ 8‎
Buxgalter‎ 8‎
Iqtisodchi‎ 8‎
Devonxona mudiri‎ 8‎
Kutubxona mudiri‎

6‎

Katta nozir (kadrlar boʻlimi)‎

6‎

Katta laborant (oliy maʼlumotli)‎ 5‎
Laborant (oliy maʼlumotsiz)‎ 4‎
Nozir (devonxona)‎ 4‎
Omborxona mudiri‎ 4‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mustaqil ishlashga tayyorlash davrida sud eksperti sifatida ekspert lavozimlariga 2 yildan ortiq boʻlmagan muddatga qabul qilingan shaxslar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 522-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 16-son, 274-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 22.04.2019-y., 09/19/338/3003-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/11/0007-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.12.2024-y., 09/24/849/1038-son)