Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TURIZM FAOLIYATINI LITSENZIYALASh KOMISSIYASI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-son qarorlari)” 2012-yil 6-sentabrdagi 261-son qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 113-modda) bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 8-bandining oltinchi xatboshidagi “miqdori toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi” soʻzlari “miqdorini tasdiqlovchi hujjat nusxasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-oktabr,
299-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 486-modda)