04.07.2012 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AVTOTRANSPORT VOSITALARI KONSTRUKSIYASINING FOYDALANISH SHARTLARI BOʻYICHA XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari boʻyicha xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning aniq roʻyxatini aniqlasin, keyinchalik ularni “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab majburiy tusdaligini bekor qilish va qoʻllashning ixtiyoriylikka ega boʻlishi chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligini taʼminlashga doir talablar toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini va ular oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari U.U.Rozuqulov va B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 298-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)