Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.07.2012 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“JIZZAX VILOYATIDA PORTLANDSEMENT VA OQ SEMENT IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki va tashqi bozorlarda talab barqaror bo‘lgan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirishni ta’minlash, shuningdek yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining har yili 350,0 ming tonna oq sement (yoki 760,0 ming tonna kulrang sement) ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “DAL TEKNIK MAKINA TICARET VE SANAYI A.S.” (Turkiya) kompaniyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha texnologik qismning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish, asbob-uskunalarni yetkazib berish va shef-montaj qilish, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan umumiy summasi 97,6 mln AQSh dollari bo‘lgan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan kontrakt tuzish to‘g‘risidagi bitimga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy summasi 16,6 mln AQSh dollari bo‘lgan karyerni foydalanishga tayyorlash, ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va boshqa xarajatlar amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar umumiy hisoblangan qiymati 114,2 mln AQSh dollari bo‘lgan “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari, shu jumladan 40 mln AQSh dollari miqdoridagi maxsus investitsiya hisob raqamlari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 74,2 mln AQSh dollari miqdoridagi, 8 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, yiliga 3,0 foiz stavka, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning 1,0 miqdoridagi yillik foiz marjasi bilan berilayotgan, “Ipoteka-bank” AKTIB orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditini to‘lashning prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati - ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish, kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan mas’ul bo‘lgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti - loyihani amalga oshirish doirasida bosh loyihalovchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilayotgan kreditni to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari, shu jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Ipoteka-bank” ATIBga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini uch oy muddatda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Istisno tariqasida, “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga va “Ipoteka-bank” ATIBga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishni loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqqan holda bir bosqichli tartibda amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi tasdiqlangungacha uzoq muddatda tayyorlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tgan asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan import kontraktlar bo‘yicha, shuningdek mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan kontraktlar bo‘yicha moliyalashtirishni ochishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditini qayta moliyalashtirish bo‘yicha kredit shartnomasi tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida, “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 1-aprelgacha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir paytda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karyerni foydalanishga tayyorlash va infratuzilmani barpo etish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining o‘z kuchlari bilan, zarurat bo‘lganda, subpudrat ishlarini bajarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida respublikadagi ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan asbob-uskunalarning potensial yetkazib beruvchilari, ishlab chiqaruvchilari yoki ularning dilerlari bilan, tanlov asosida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha kon, transport va texnologik asbob-uskunalari yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzish, keyinchalik kontraktlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida hamda boshqa vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan import qilinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, transport vositalari, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan texnik va loyiha hujjatlari 2014-yil 1-iyulgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DAL TEKNIK MAKINA TICARET VE SANAYI A.S.” (Turkiya) kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan, belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.I.Zakirov va G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 313-modda)