Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” 2012-yil 6-yanvardagi OʻRQ-319-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-may,
PF-4442-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-maydagi PF-4442-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-son Farmonining:
a) 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisidagi” soʻzlari “raqobat toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tovarlar (xizmatlar, ishlar) bozorlarida,” soʻzlari “tovar yoki moliya bozorlarida,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari,” soʻzlari “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi hamda uning 2 va 3-ilovalaridagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari” soʻzlari “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 226-modda)