Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026 30.04.2012 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOSH OILALARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, respublikada oila institutini rivojlantirishga, shu jumladan yosh oilalarni qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy choralar bilan qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, birinchi navbatda yosh oilalarning oʻz turar joyiga ega boʻlishida amaliy yordam koʻrsatish uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tizimi joriy etildi, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy yoki koʻp kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti oluvchi yosh oilalar aʼzolarining daromadlariga soliq imtiyozlari berildi. Keyingi uch yilda ipoteka kreditlari berish hisobiga yosh oilalar uchun umumiy summasi 355,4 mlrd soʻmlik 9 360 ta kvartira qurildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda Davlat budjeti va Osiyo taraqqiyot bankining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloqda uy-joy ipoteka qurilishi dasturlari doirasida aholining, birinchi navbatda yosh oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda shaharlar, tumanlar va shahar posyolkalarida yashovchi yosh oilalar uchun uy-joy qurilishi dasturini kengaytirish, uy-joy qurish va maishiy turmushni tashkil etishda yosh oilalar uchun shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh oilalar hayotining qulay maishiy sharoitlari yaratilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qimmat boʻlmagan uy-joyga ega boʻlishni yanada kengaytirish, shuningdek “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-2013-yillarda shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi koʻp kvartirali uylar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar boʻyicha, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish esa — aniq obyektlarga biriktirilgan va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilishni moliyalashtirish, mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish, keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan uylardagi kvartiralarni ehtiyojmand yosh oilalarga ipoteka krediti berish shartlarida sotgan holda, tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga muvofiq ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan 2-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibdagi ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy sotib olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda muhandislik infratuzilmasi, shu jumladan gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya, ichki kirish yoʻllari mavjudligini hisobga olgan holda yangi koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda qurilishi tugallanmagan obyektlarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan foydalanilmayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning koʻp kvartirali uylar etib rekonstruksiya qilinishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatiga pul qiymati bilan berilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi bilan kelishgan holda “Mehribonlik” uylarining 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta nikohga kirayotgan barcha bitiruvchilariga yosh oila tashkil etilishi munosabati bilan toʻy sovgʻasini — mahalliy budjetlar va xayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan, mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli toʻplamini doimiy asosda bersinlar.
(3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 94-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachilar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgandan keyin 15 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻp boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli davr mobaynida boshlangʻich badalning 25 foizini, ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, shuningdek oila aʼzolaridan biri “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega boʻlmagan yosh oilalar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli toʻplamini sotib olish, belgilangan tartibda, maqsadli transfertlar ajratish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy texnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar 3 yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha hajmda, 2020-yil 31-dekabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — uy-joylar qurish sohasida loyihalashtirish tajribasiga ega boʻlgan, tanlab olingan loyihalash institutlari bilan birgalikda 2 va 3 xonali kvartiralardan iborat boʻladigan koʻp kvartirali ekonom-klass uy-joylarning namunaviy loyihalari, shuningdek qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan uy-joy obyektlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha kam chiqimli loyihalar ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda — ushbu qarorda nazarda tutilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalariga, tasdiqlangan bosh rejalarga va hududlarning arxitektura-rejalashtirilishini tashkil etish loyihalariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda tanlov savdolari oʻtkazilishini hamda qurilishi yangidan boshlanayotgan uy-joylar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni 2012-2013-yillarda rekonstruksiya qilish boʻyicha pudratchilar aniqlanishini qurilishlarning titul roʻyxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlagan holda taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda qurilishlarning manzilli uzil-kesil roʻyxatlarini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Kvars” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq yosh oilalarga koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga birja kotirovkalarining oʻrtacha hisoblangan narxlari boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga binoan zarur miqdorda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qaroriga muvofiq tuzilgan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga uy-joy qurilishi obyektlarining oʻz vaqtida topshirilishini hamda kelgusida ularning ipoteka krediti berish shartlarida yosh oilalarga taqdim etilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari takliflariga koʻra Dasturga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholi, ayniqsa yosh oilalar oʻrtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalari muntazam ravishda va keng tushuntirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 202-modda; 2017-y., 7-son, 94-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)