Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.03.2012 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN ZOʻRLAB IShLATISh YOKI MAJBURIY MEHNAT TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI HAMDA BOLALAR MEHNATINING OGʻIR ShAKLLARINI TAQIQLASh VA YOʻQ QILIShGA DOIR ShOShILINCh ChORALAR TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI 2012-2013 YILLARDA AMALGA OShIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishni davom ettirish, zoʻrlab ishlatishga yoki majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek bolalar mehnatining ogʻir shakllarini yoʻqotish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish va qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha Qoʻshimcha tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning koʻrsatib oʻtilgan konvensiyalardan va Tadbirlar rejasidan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni zoʻrlab ishlatishga yoʻl qoʻymaslik hamda ularning voyaga yetmaganlar mehnatining qonunchilikda belgilangan norma va shart-sharoitlariga rioya etishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsinlar va amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan konvensiyalardan va Tadbirlar rejasidan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda zoʻrlab ishlatishga yoki majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, bolalar mehnatining ogʻir shakllarini yoʻq qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni manfaatdor xalqaro tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-martdagi 82-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha Qoʻshimcha tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Amalga oshirish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Masʼul bajaruvchilar‎

‎‎I. Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.‎

Mehnat kodeksiga quyidagi normalarni kiritishni nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish:
‎oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olayotgan bitiruvchilarini ishga joylashtirishning qoʻshimcha kafolatlari toʻgʻrisidagi normalar (davlat boshqaruvi organlarining yoʻllanmasi boʻyicha oʻqitish ixtisosligiga va egallab olingan malakaga muvofiq ishga joylashtirish);
‎oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarning oʻrindoshlik boʻyicha ishlashi tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi normalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ‎

2012-yil III chorak‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎
2.‎ Quyidagilar:
‎odam savdosi qurbonlari;
‎yosh mutaxassislar;
‎mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan boshqa shaxslar uchun ishga joylashish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar joriy etilishini (ish oʻrinlarini zaxiralashtirish) nazarda tutuvchi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi‎

2013-yil I chorak ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎

3.‎ Quyidagilarni:
‎ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotganda oʻquvchilar uchun mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlariga rioya qilmaganlik uchun ish beruvchilar va xodimlarning javobgarligini kuchaytirishni;
‎voyaga yetmaganlar uchun mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi‎

2013-yil IV chorak ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

4.‎ Oilaviy tadbirkorlikni tartibga solish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlar kiritishni, ularda 15 yoshdan 18 yoshgacha bolalarning ishtirok etishi normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash.‎

Hukumat qarori loyihasi‎

Tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan keyin bir oy muddatda‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

5.‎ Taʼlim muassasalarining oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.‎

Idoraviy normativ hujjat‎

2012-yilning II yarim yilligi ‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi‎

6.‎ Oʻzbekiston tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalari boʻyicha Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini ratifikatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va Xalqaro mehnat tashkilotiga taqdim etish.‎

Tahliliy maʼlumotnoma‎

Har yili — Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlarining soʻroviga muvofiq‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi‎

‎II. Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari

7. Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish, ularni keyinchalik aholi va ish beruvchilar orasida tarqatish uchun toʻplam shaklida nashr etish.‎

Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari va tavsiyalari toʻplami ‎

2012-yil IV chorak ‎

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

8. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnat qilishga majbur etishga yoʻl qoʻymaslik hamda ular tomonidan voyaga yetmaganlar mehnatining qonun hujjatlarida belgilangan normalari va shart-sharoitlariga, shuningdek Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiya va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiya talablariga rioya etilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash.

Monitoringni amalga oshirish

‎Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar oʻtkazish

Har chorakda ‎


‎Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

9.‎ Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh va oʻn sakkiz yoshdan kichik yoshdagi shaxslarning mehnat qilish shart-sharoitlari yuzasidan joylarda mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishni taʼminlash.‎‎

Monitoringni amalga oshirish

‎Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar oʻtkazish ‎

Har chorakda ‎


‎Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda ‎

Mehnat va aholini ijtimo�y muhofaza qilish vazirligi, ‎Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

10. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, shu jumladan yoshlar uchun maqsadli ish oʻrinlari tashkil etish, boʻsh ish oʻrinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini oʻtkazish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini aniq ish oʻrinlariga oldindan biriktirishni tashkil etish yoʻli bilan ishga joylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

har yili qabul qilinadigan Ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga muvofiq

Ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturida belgilangan muddatlarda‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi

11.‎ Maktablarda (yuqori sinflar oʻquvchilari uchun) litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini va Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan kichik ixtisosli oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.‎

Oʻquv dasturlari‎

2012/2013 oʻquv yilidan boshlab‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

12.‎ Oʻquvchilarning darslarga muntazam qatnashmasligining har bir holatini aniq muhokama qilgan holda taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini nazorat qilishni kuchaytirish.
‎Oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlariga toʻliq qatnashishini va oʻquvchilar kontingenti saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish uchun taʼlim muassasalari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oʻrnatish. ‎

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎

‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bosh prokuratura, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar ‎

13.‎ Quyidagilarga:
‎ oʻquv mashgʻulotlarida asossiz ravishda qatnashmagan oʻquvchilar ustidan nazoratni taʼminlashga;
‎ oʻquv mashgʻulotlarida qatnashmayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga jamoatchilik taʼsirini kuchaytirishga;
‎asossiz ravishda oʻquv mashgʻulotlarida qatnashmayotgan oʻquvchilarni qaytarishga doir uzil-kesil choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan taʼlim muassasalari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi hamkorlik sifatini oshirish. ‎

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎



‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi‎‎

14.‎ Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik uchun joylarda monitoring olib borish va nazorat qilish.‎
‎Odam savdosiga qarshi kurash, majburiy mehnatdan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish yoʻli bilan umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tushuntirish ishlari olib borish. ‎

Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori ‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎


‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

15. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida (yakka tartibdagi qurilish, hunarmandchilik sohasida va hokazolarda) majburiy bolalar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.‎‎

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori ‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎

‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi‎‎

16.‎ Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish boʻyicha huquqbuzarliklarni dastlabki hisobga olishni va ular statistikasini tashkil etish, shu jumladan huquqbuzarliklarni xususiyati, bolalarning jinsi va yoshi boʻyicha taqsimlashga doir takliflarni ishlab chiqish.‎

Xalqaro mehn�t konferensiyasining 100-sessiyasida Xalqaro mehnat konvensiyasi Qoʻmitasining xulosasiga muvofiq ‎

2013-yil I chorak ‎

Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎

17.‎ Nobop oilalardan boʻlgan bolalar ustidan muntazam monitoring olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, oilada bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va koʻrish.‎

Tadbirlar rejasi‎

Qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎ ‎

‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

18.‎ Paxta yigʻim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik uchun joylarda monitoring olib borish. Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar bilan birgalikda monitoring natijalari toʻgʻrisida batafsil tahliliy maʼlumotnoma kiritish.‎ ‎

Saʼy-harakatlar rejasi‎

Har yili — avgust-oktyabr ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

III. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha keng axborot berish-tushuntirish ishlari olib borish‎

19.‎ Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiya va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyaning mazmuni toʻgʻrisidagi axborot materiallarini ommaviy axborot vositalarida yoritish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.‎‎

Ommaviy axborot vositalarida yoritish loyihasi‎

Ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish — 2012-yil II chorak‎

‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ‎

20.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlar va zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilish yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing oʻtkazish.‎

Brifing tashkil etish va oʻtkazish, ushbu tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish‎

2012-yil aprel ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

21.‎ “Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish” mavzusida Xalqaro mehnat tashkiloti kotibiyati vakillari va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi ekspertlari ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralar uchun seminar oʻtkazish.‎

Seminarni oʻtkazish loyihasi dasturi‎

2012-yil may ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

22.‎ 18 yoshgacha shaxslarning mehnatidan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston fermyerlari oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlari olib borish.‎
‎Fermer xoʻjaliklari uchun “Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari, ularni Oʻzbekistonning huquq tizimiga implementatsiya qilish masalalari” mavzusida koʻchma seminarlar tashkil etish.‎

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak

‎‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎ ‎

Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ‎

23.‎ Ish beruvchilar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiya va Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiya mazmunini ochib beruvchi axborot materiallarini (broshyuralar, bukletlarni) tarqatish.‎‎

Axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etishning qoʻshma rejasi‎

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak

‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ‎

24.‎ Bolalar mehnatining ogʻir shakllari oqibatlari toʻgʻrisida ota-onalarni maqsadli xabardor qilishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎‎

Kompleks chora-tadbirlar ‎

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak
‎Amalga oshirish — doimo‎ ‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi‎

25.‎ Bolalarning huquqlarini, shu jumladan mehnat sohasidagi huquqlarini taʼminlash va bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha axborot materiallarini (plakatlar, postyerlarni) ishlab chiqish va taʼlim muassasalarida tarqatish.‎‎

Nashr prospekti va ishlab chiqish jadvali‎

Har yili‎

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, xalqaro tashkilotlar‎

26.‎ Jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bagʻishlangan “davra suhbati”ni tashkil etish va oʻtkazish.‎‎

Bolalar mehnati muammolarini keng muhokama qilish‎

Har yilning 12-iyuliga ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎‎

27.‎ Bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida manfaatdor jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar uchun yillik maʼruzalar tayyorlash.‎ Ratifitsiya qilingan konvensiyalar boʻyicha Xalqaro mehnat tashkilotiga yangilangan axborotni taqdim etish. ‎

Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini yoʻq qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlari toʻgʻrisida mahalliy va xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish ‎ ‎

2012-yil maygacha, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkilotining talabi boʻyicha ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz ‎

28.‎ Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining bolalar mehnati masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalardagi ishtirokini taʼminlash va masalalarning ushbu doirasi boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini xalqaro jamoatchilikka yetkazish.‎

Bolalar mehnatini ogʻir shakllarini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish‎‎

Kelishuv boʻyicha‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura‎

29.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari Oʻzbekiston Respub�ikasi tomonidan bajarilishi masalalari boʻyicha Xalqaro mehnat tashkilotiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda tushuntirish ishlari olib borish.‎

Tegishli tushuntirish ishlari olib borish‎

2012-2013-yillar‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

‎IV. Bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltirilgan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish

30.‎ Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturini amalga oshirish masalasini Moskvada Xalqaro mehnat tashkilotining Submintaqaviy byurosi bilan muhokama qilish uchun takliflarni ishlab chiqish.‎

Yoʻnalishlarni aniqlashtirish va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni chuqurlashtirish ‎

2013-yil I chorak‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎

31.‎ Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining xorijiy kasaba uyushmalari markazlari va kasaba uyushmalarining xalqaro birlashmalari bilan oʻzaro munosabatlaridagi ustuvorliklarini nazarda tutadigan xalqaro faoliyati strategiyasini ishlab chiqish.‎

Xalqaro faoliyat strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash‎

2012-yil II chorak‎

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi‎

32.‎ Mamlakat mintaqalarida tuman va shahar hokimlari oʻrinbosarlari uchun bolalarning huquqlarini taʼminlash va ularni mehnatning ogʻir shakllaridan himoya qilish masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazish. Bolalarning huquqlarini taʼminlash va ularni mehnatning ogʻir shakllaridan himoya qilish masalalari boʻyicha oʻquv modelini eʼlon qilish.‎

Seminarlar dasturi‎

Har yili‎

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

33.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishini yoritish masalalari boʻyicha Toshkent shahridagi diplomatik korpus, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi konsullik muassasalari, shuningdek nodavlat notijorat xalqaro tashkilotlar bilan muntazam oʻzaro hamkorlik qilish.‎

Xalqaro mehnat tashki-lotining konvensiyalari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi xolisona axborotni xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish‎

Har yili‎

Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 141-modda, 22-son, 254-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 25-son, 539-modda, 37-son, 990-modda)