Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 19.03.2012 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 YILDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA DONOR MAMLAKATLAR, XALQARO, XORIJIY HUKUMAT TAShKILOTLARI VA HUKUMATGA QARAShLI BOʻLMAGAN TAShKILOTLARNING BEGʻARAZ TEXNIK KOʻMAGINI (GRANTLARINI) JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-sonli “2013 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarning begʻaraz texnik koʻmagini (grantlarini) jalb etish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Keyingi yillarda respublikada iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etish masalalarini ishlab chiqishni tashkil etish va ularni jalb etish, shuningdek ajratilayotgan grant mablagʻlarini hisobga olish hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilishning yaxlit tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan oldindan kelishilgan 2012-yilda begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etish loyihalari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan ishlab chiqilayotgan keyingi yillar uchun begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan loyihalarga doir hujjatlarni uzil-kesil kelishish, maʼqullash va rasmiylashtirish boʻyicha zarur tartib-qoidalar amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar va idoralar tegishli loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish boʻyicha donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan ishlarni faollashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari zimmasiga loyiha takliflarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, loyihalarni amalga oshirishning boshlanishini taʼminlash boʻyicha zarur tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi, shuningdek ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) loyihalari ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirishning samarali muvofiqlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi belgilangan tartibda muntazam ravishda tekshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan loyihalar roʻyxati hamda parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 133-modda)