07.03.2012 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA SUV TAʼMINOTINI YAXSHILASH LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN JALB QILINGAN XORIJIY KREDIT VA QARZ MABLAGʻLARIGA OʻZ VAQTIDA XIZMAT KOʻRSATISHNI TAʼMINLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv taʼminotini yaxshilashga yoʻnaltirilgan loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan va uning kafolatlari ostida jalb qilingan qarzlar va kreditlar boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suv taʼminoti tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan Osiyo taraqqiyot bankining, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasining va “Nateksis” (Fransiya) bankining ilgari jalb qilingan qarzlari va kreditlari yuzasidan asosiy qarzni va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlarini qoplash ulushlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi va “Nateksis” (Fransiya) bankining jalb qilingan qarzlari va kreditlarini qoplash, shuningdek foizlarni toʻlash manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablagʻlari, shu jumladan boʻsh qoldiqlar, yil mobaynida daromadlar prognozini oshirib bajarish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va Xorazm viloyati budjeti xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti tashkilotlarining oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi va “Nateksis” (Fransiya) bankining jalb qilingan qarzlari va kreditlari boʻyicha mablagʻlarni jamlash va qaytarish tartibi ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamgʻarmasi va “Nateksis” (Fransiya) bankining qarzlari va kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qoplash va foizlarni toʻlash uchun zarur mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanishini nazorat qilish masʼuliyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkommunxizmat” agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi ‎

Bajarish muddatlari ‎

Kutilayotgan natija ‎

Masʼul bajaruvchilar ‎

1.‎

Hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi maʼlumotlar bazasini yangilagan holda suv isteʼmolchilarini yaxlit xatlovdan oʻtkazish.‎

joriy yilning 1-martidagi holatiga koʻra va soʻngra har yili 1-yanvardagi holatiga koʻra ‎

Abonentlarni hisobga olishda isteʼmolchilarning bazasini yangilash, sotilgan suv hajmini koʻpaytirish hamda suvning noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nobud boʻlishini va suvni ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish.‎

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi ‎

2.‎

Isteʼmolchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan “Billing tizim” tizimini joriy etish.‎

2012-yil 1-maygacha‎

Isteʼmolchilarni ochiq-oshkora va manzilli hisobga olishni, debitorlik qarzlari aniq hisoblanishini va qarzni toʻlash uchun hisob raqamlari taqdim etilishini taʼminlash.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi ‎

3.‎

Suv olish inshootlarida va suv taqsimlash joylaridagi quvurlarda suvni hisobga olishning zamonaviy elektron priborlari (suv sarfini oʻlchagichlar), shuningdek uy-joy fondida suvni hisobga olishning yakka tartibdagi priborlari oʻrnatilishini taʼminlash.‎

2012-yil‎

Hisobga olishni yoʻlga qoʻyish va noishlab chiqarish nobudgarchiliklarini qisqartirish.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi ‎

4.‎

“Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi va “Tuyamoʻyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi bilan tajriba almashishi.‎

2012-yilning birinchi yarim yilligi ‎

Hisob va hisobotni yoʻlga qoʻyish, hisobga olishning avtomatlashtirilgan billing tizimini, energiyani tejaydigan uskunalarni va texnologiyalarni joriy etish. ‎

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari ‎

5.‎

Suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov yigʻilishini 100 foiz darajasida taʼminlash.‎

har oyda‎

Aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish, debitorlik va kreditorlik qarzlarni pasaytirish.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi ‎

6.‎

“Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotining hisob-kitoblari boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun, texnologik sarflar va nobudgarchiliklar uchun suv sarfi meʼyorlarini tasdiqlash. ‎

2012-yil 1-iyungacha‎

Oʻz ehtiyojlariga, texnologik sarflarga va hisobga olinmagan nobudgarchiliklarga suv sarfining normativ va amaldagi sarflarini belgilash.‎

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, suv taʼminoti tashkilotlari ‎

7.‎

Oʻz ehtiyojlariga, texnologik sarflarga va nobudgarchiliklarga amaldagi sarflarning belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyorlar darajasida boʻlishini taʼminlash.‎

doimo‎

Nobudgarchiliklarni qisqartirish, noishlab chiqarish sarflarini pasaytirish.‎

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi ‎

8.‎

Hisobga olish priborlari bilan jihozlangan uylarda aholi tomonidan ichimlik suv isteʼmol qilishning pasayishi sabablarini aniq tahlil qilish.‎

2012-yil 1-iyungacha‎

Oʻzbekiston Respublikasida kommunal suv va oqova suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish qoidalari isteʼmolchilar tomonidan buzilishini aniqlash.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatining suv taʼminoti tashkilotlari, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎

9.‎

Yangidan qurilgan suvni taqsimlash uzellarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrish va qoʻshilgan isteʼmolchilar abonentlarni hisobga olish bilan qamrab olinishini taʼminlash.‎

2012-yilning birinchi yarim yilligi ‎

Aholini ichimlik suv bilan qoʻshimcha ravishda qamrab olish.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎

10.‎

Huquqni muhofaza qilish organlari, tuman hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining viloyat va tuman suvdan foydalanish boshqarmalarini hamda suv taʼminoti tashkilotlarini jalb etgan holda nosozlikni aniqlaydigan maxsus priborlarni qoʻllab suv oʻtkazgichlar boʻylab bir vaqtning oʻzida tekshirish oʻtkazilishini tashkil etish. ‎

har oyda 10-kungacha‎

Suv nobudgarchiligini qisqartirish.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 117-modda)