02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2331
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq kredit tarixini shakllantirish uchun kredit byurolari, kredit axborotidan foydalanuvchilar va kredit axborotini yetkazib beruvchilar (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) o‘rtasida kredit axboroti almashinuvi hamda kredit hisobotlarini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2331-1, 20.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2331-1/3313-son)
4. Shartnomada O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasida belgilangan talablar, shuningdek so‘ralayotgan kredit axborotining hajmi, kredit axborotini va kredit hisobotini taqdim etish muddatlari qayd etilishi lozim.