Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2330
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KREDIT BYUROLARI VA KREDIT BYUROLARIGA KREDIT AXBOROTINI TAQDIM ETUVCHI ORGANLAR VA TASHKILOTLAR OʻRTASIDA KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2330]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Kredit byurosining kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlarga murojaat qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq kredit byurolariga quyidagi organlar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tegishli organlar va tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kredit axboroti taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Yuridik shaxslarning davlat reyestriga va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar toʻgʻrisida, shu jumladan yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagani oʻrniga berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida, shuningdek avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida hamda ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 24-maydagi 5/24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2330-2, 07.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/2330-2/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisida;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 24-maydagi 5/24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2330-2, 07.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/2330-2/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kredit byurolari kredit axboroti subyektlarining kredit tarixini shakllantirish uchun tegishli organlar va tashkilotlardan oʻzaro tuzilgan kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida kredit axborotini olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishli organlar va tashkilotlar kredit byurolari bilan qonunchilik hujjatlari talablariga mos boʻlgan shartnomani tuzishni asossiz ravishda rad etishga haqli emas.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlarga kredit axborotini olish uchun yozma yoki elektron shaklda soʻrov yuboradi. Soʻrovda olinadigan kredit axborotining tarkibi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kredit axborotini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit axboroti almashinuvida kredit axborotining butligini, ishonchliligini, maxfiyligini taʼminlash uchun Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) muvofiq xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2330-1, 20.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2330-1/3314-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tegishli organlar va tashkilotlar kredit byurolariga qoida tariqasida kredit axborotini elektron shaklda taqdim etadi. Kredit axborotining qogʻozda taqdim etilishi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kredit byurolarida mavjud boʻlgan kredit axborotiga zarar yetganda yoki ular yoʻqolganda kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan zarar yetgan yoki yoʻqolgan kredit axboroti hajmida qoʻshimcha soʻrov asosida kredit axborotini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan olinayotgan kredit axborotining maxfiyligini taʼminlash uchun undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kredit axborotlarini qayta ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan olingan kredit axborotini yigʻadi, tahlil qiladi va undan kredit axboroti subyektining kredit tarixini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan kredit byurolariga taqdim etilgan kredit axborotining toʻgʻri ekanligiga kredit byurolarida shubha tugʻilsa, ular tegishli organlar va tashkilotlarga bu haqida soʻrov yuborishlari lozim. Kredit axborotining toʻgʻriligi yuzasidan tugʻilgan shubha oʻz tasdigʻini topgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar kredit axborotini uch ish kuni muddatida tuzatib, bu haqda kredit byurolarini xabardor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tegishli organlar va tashkilotlardan olingan kredit axborotiga kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 10-bandi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2330-1/3314-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.06.2022-y., 10/22/2330-2/0499-son)