Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 14.01.2012 yildagi PQ-1687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-YILDA QISHLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR BO‘YICHA YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yakka tartibdagi uy-joylarni takomillashtirilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurish ko‘lamini kengaytirish hisobiga oshirish, qishloqda tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish Dasturi ma’qullansin, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish bank” OATB va Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini jalb qilgan holda 2012-yilda “tayyor holda topshirish” shartlari asosida namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda 2-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari obyektlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda 3-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish asosiy parametrlari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB tomonidan ma’qullangan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” ko‘p transhli Dasturini moliyalash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan umumiy miqdori 500 mln dollarlik bitimga muvofiq, 2012-yilda “Qishloq qurilish bank” OATB orqali qayta moliyalashtiriladigan 160,0 mln AQSH dollari miqdoridagi birinchi transh qarzi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1668-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturida namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida suv ta’minoti obyektlari va ta’lim muassasalari qurilishi uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalarning limitlari nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda o‘n kun muddatda “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest” IK bilan hamkorlikda bir oy muddatda 2012-yilda “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholisi — yakka tartibda imorat quruvchilarning “Qishloq qurilish invest” IK bilan — buyurtmachi vazifasini bajarishga va “Qishloq qurilish bank” OATB bilan — ipoteka kreditini berishga qisqa muddatlarda shartnomalar tuzib bo‘lishlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK bilan hamkorlikda bir hafta muddatda savdo tanlovlarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki avtomobil yo‘llarining qurilishini moliyalashtirishni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishini tashkil etishni mazkur qarorning 2 va 3-ilovalarida ma’qullangan parametrlariga muvofiq ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IKning g‘isht zavodlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan imtiyozli narxlarda ko‘mir bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Qishloq qurilish invest” IK bilan tuziladigan shartnomalariga ko‘ra namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun “O‘zsanoatmashimpeks” DATK tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yog‘och-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalarni 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda import bo‘yicha olib kelish taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zsanoatmashimpeks” DATK 2013-yilning 1-yanvarigacha 4-ilovaga muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), shuningdek ular “Qishloq qurilish invest” IKga sotilganida importga olib kelingan yog‘och-taxta materiallari va tomga yopiladigan metall tunukalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yog‘och-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalarning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, olib kelinadigan yog‘och-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalar maqsadga nomuvofiq ravishda ishlatilgan taqdirda bo‘shaydigan mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan holda davlat budjetiga undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 17-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suv ta’minoti obyektlarini qurish respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1687-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 29-modda; 2013-y., 2-son, 17-modda)