Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.2011 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON-YI” HAMKORLIK KENGAShINING 10-MAJLISI DAVOMIDA ERIShILGAN AHDLAShUVLARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 14-noyabrda Bryussel shahrida “O‘zbekiston — YI” hamkorlik Kengashining 10-majlisi davomida erishilgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama ahdlashuvlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-yil 14-noyabrda Bryussel shahrida “O‘zbekiston — YI” hamkorlik Kengashining 10-majlisi davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli vazirliklar va idoralarning Dasturni bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan bandlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, ularning bajarilishi to‘g‘risida yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 48-son, 492-modda)