15.11.2011 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻL-TRANSPORT HODISALARINI HISOBGA OLISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika hududida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni tahlil qilish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 31-dekabrgacha ichki ishlar organlarida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasini toʻldirish va maʼlumotlarni elektron axborot tizimlari orqali uzatish tartibi haqidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ijrosini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni boʻyicha taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-noyabrdagi 303-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl — transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi. Yoʻl oʻz ichiga avtomobil yoʻllarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yoʻllarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining koʻchalari va yoʻlkalarini, shuningdek shahar elektr transporti yoʻllarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻldagi qatnovi jarayonida sodir boʻlib, fuqarolarning oʻlimi yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan hodisa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan shaxs — yoʻl-transport hodisasi oqibatida hodisa joyida yoki uning natijasida oʻttiz sutka ichida halok boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan jarohati olgan shaxs — yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olib bir kundan ortiq muddatga statsionar tarzda davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan yoxud birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng tibbiyot muassasasiga qatnab ambulator tarzda davolanayotgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil etish, shuningdek ushbu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq yuridik shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari boʻlgan maxsus vakolatli va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalari tomonidan yoʻl-transport hodisalari tufayli halok boʻlgan va tan jarohati olgan shaxslarning hisobi olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻl-transport hodisasi boʻyicha statistik hisobotga (keyingi oʻrinlarda — statistik hisobot) faqat yoʻl-transport hodisalari oqibatida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan shaxslar mavjud boʻlgan hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Statistik hisobot idoraviy hisobot sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisasiga oid barcha maʼlumotlar ichki ishlar organlari tomonidan statistik hisobotga asoslanib tayyorlanadi hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda tegishli soʻrov asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi holatlarda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrofi oʻralgan hududlar, qoʻriqlanadigan va kirish-chiqish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari boʻyicha sport tadbirlari (musobaqalar, mashqlar va hokazolar) oʻtkazilayotgan paytda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor hamda boshqa oʻzi yurar mashina va mexanizmlar uchun moʻljallangan asosiy ishlarni bajarish paytida (yer haydash, qazish, gʻaramlash, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini daladan yigʻish, ortish-tushirish ishlari, trallerga transport vositalari va oʻzi yurar mexanizmlarni ortish-tushirish, ustunlar, tirgovuchlarni oʻrnatish va hokazolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan odam oʻldirishga, ularning sogʻligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazishga (tegishli idoralarning hujjatlari asosida) tajovuz qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz joniga suiqasd qilish yoki oʻz harakatiga javob berolmaydigan ruhiy holatda harakat qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida (dvigatelni uzatmalar qutisi qoʻshilgan holatda oʻt oldirish, transport vositalarini tirkamalar, qishloq xoʻjalik moslamalari bilan qoʻshish-ajratish paytida va hokazolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik sozligiga bogʻliq boʻlmagan hollarda portlash, yongʻin chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport qatnovi uchun jihozlanmagan (daryo oʻzani, togʻ yon bagʻri, qir-adir, oʻrmonzor va hokazolar) joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa yuz berganda (transport vositasining harakatlanishi vaqtida haydovchi yuragining urishdan toʻxtashi, tutqanoq yoki shu toifadagi kasali boʻlgan odamning yoʻlning qatnov qismiga oʻzini tashlab yuborishi va hokazolar) sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki ishlar organlarida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish va statistik hisobotlarni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish, ularni bartaraf etish maqsadida tegishli hududda sodir boʻlgan har bir yoʻl-transport hodisasining hisobi olib boriladi. Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)larining (Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining) navbatchi qismi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovadagi shaklga asosan Ichki ishlar organlarida yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi. Ichki ishlar organlariga yoʻl-transport hodisalari yuz berganligi boʻyicha kelgan xabar yuzasidan maʼlumotlar mazkur kitobda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy boʻlinmasi (Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi) tomonidan yoʻl-transport hodisalari hisobini olib borish, maʼlumot yigʻish va tahlil qilish, maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini nazorat qilish uchun yoʻl-transport hodisalarining har biriga Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasi toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasi shakli Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik hisobot Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasida aks ettirilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)lari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechikmay Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasi asosida shakllantirilgan maʼlumotni elektron axborot tizimlari orqali tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisobot choragidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay statistik hisobotni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik hisobotning hamda hududiy ichki ishlar organlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy boʻlinmasi (Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi) har oyda kamida bir marta vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tegishli hududda yoʻl-transport hodisalari haqidagi maʼlumotlarni olish, ularni hisobot shaklida koʻrsatilgan yoʻl-transport hodisalari haqidagi maʼlumotlar bilan solishtirish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy boʻlinmasi (Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi) har oyda kamida bir marta yoʻl-transport hodisalari haqidagi maʼlumotlarni tibbiyot muassasalari bilan solishtirish ishlarini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan vaqtda turli sabablarga koʻra ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olinmasdan qolgan yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga muvofiq yoʻl-transport hodisalari sodir etilganligi aniqlangandan keyin, u sodir boʻlgan davr boʻyicha hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq yuridik shaxslar tomonidan yoʻl-transport hodisalarining hisobini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻzlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining hisobini olib borish, maʼlumot yigʻish va tahlil qilish, maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga asosan Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda oʻzlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda yoʻl-transport hodisalarining hisobi harakatlanish xavfsizligi muhandislari yoki shu ishga mutasaddi shaxslar tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Transport vositasining egasi tomonidan unga tegishli transport vositasi ishtirokida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi voqea sodir etilgan joyidan va oqibatidan haydovchining aybi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar oʻzlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari haqidagi xabarnomani oʻzlarining yuqori tashkilotlariga uch kun muddatdan kechikmay yuboradilar (mavjud boʻlsa). Xabarnoma yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar oʻzlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi (yoʻl-transport hodisasi boshqa hududlarda sodir etilgan boʻlsa ham), shuningdek, transport vositalarini saqlash joyiga shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlariga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari boʻlgan maxsus vakolatli hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat koʻrsatayotgan avtomobil yoʻllari va koʻchalarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining hisobini olib borish tartibi
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari boʻlgan maxsus vakolatli hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat koʻrsatayotgan avtomobil yoʻllari va koʻchalarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari hisobini olib borish, maʼlumot yigʻish va tahlil qilish, maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklga asosan Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari boʻlgan maxsus vakolatli hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat koʻrsatayotgan avtomobil yoʻllari va koʻchalarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus vakolatli hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda yoʻl-transport hodisalarining hisobi harakatlanish xavfsizligi boʻyicha muhandislar yoki shu ishga mutasaddi shaxslar tomonidan olib boriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yoʻl-transport hodisasi yoʻl va koʻchalar holatining qoniqarsizligi taʼsirida yuz berganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan taqdirda, yoʻl-transport hodisasi haqida tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuqori tashkilotga xabarnoma yuboriladi (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tibbiyot muassasalarida yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslarning hisobini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tibbiyot muassasalari tomonidan yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar haqida hisobotlarni olib borish, maʼlumot yigʻish va tahlil qilish, maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 4-ilovadagi shaklga asosan Tibbiyot muassasalarida yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslarni va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tibbiyot muassasalarida yoʻl-transport hodisalari oqibatida olgan tan jarohati tufayli tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan yoki muassasaga keltirilgan hamda yoʻl-transport hodisalarida halok boʻlgan shaxslar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tibbiyot muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari tomonidan yetkazilgan tan jarohati sababli yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga yuborilgan shaxslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli hodisa yuz bergan kundan boshlab oʻttiz sutka ichida vafot etgan shaxslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalarida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslarni olib kelgan transport vositasi, uning haydovchisi, birga kelgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tibbiyot muassasalari ichki ishlar organlarining soʻrovnomalariga asosan yoʻl-transport hodisalari tufayli davolanishga yotgan, mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki birinchi tibbiy yordamdan soʻng qatnab davolanishi belgilangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni solishtirish uchun imkon yaratadilar va tegishli hujjatlar (maʼlumotnomalar)ni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

YTH haqida tushgan xabar (yil, oy, kun, soat)

YTH haqida xabar bergan shaxslar hamda YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar keltirilgan tibbiyot muassasalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar

YTH sodir boʻlgan shahar, tuman va avtomobil yoʻli va koʻchaning nomi va km

YTHning qisqacha bayoni (vaqti), dastlabki sababi va turi

YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot (F.I.Sh, yoshi, jinsi)

YTHda ishtirok etgan transport vositalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi)

IIO navbatchisi tomonidan YTH toʻgʻrisida kimga, qachon xabar berilganligi va xabarni kim qabul qilib olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda oʻzlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

YTH haqida tushgan xabar (yil, oy, kun, soat)

YTH haqida xabar bergan shaxslar haqidagi toʻliq maʼlumotlar

YTH sodir boʻlgan shahar, tuman va avtomobil yoʻli va koʻchaning nomi va km

YTHning qisqacha bayoni (vaqti), dastlabki sababi va turi

YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (F.I.Sh, yoshi, jinsi va hokazolar)

YTHda ishtirok etgan transport vositalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi va hokazolar)

YTH toʻgʻrisida berilgan xabarni qabul qilib olgan IIO nomi, navbatchisi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni) toʻgʻrisida maʼlumot

Shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida hududiy IIOga xabar berilgan vaqt va xabarni IIOda qabul qilib olgan navbatchi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari boʻlgan maxsus vakolatli hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat koʻrsatayotgan avtomobil yoʻllari va koʻchalarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

YTH haqida kelib tushgan xabar (yil, oy, kun, soat)

YTH haqida xabar bergan shaxslar haqidagi toʻliq maʼlumotlar

YTH sodir boʻlgan shahar, tuman va avtomobil yoʻli va koʻchaning nomi va km

YTHning qisqacha bayoni (joyi, vaqti), dastlabki sababi va turi

YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (F.I.Sh, yoshi, jinsi va hokazolar).

YTHda ishtirok etgan transport vositalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi va hokazolar)

YTH toʻgʻrisida berilgan xabarni qabul qilib olgan IIO nomi, navbatchisi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni) toʻgʻrisida maʼlumot

YTH sodir etilgan yoʻl va koʻchaning holati, yoʻl va koʻchaning nuqsoni bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida hududiy IIOga xabar berilgan vaqt va xabarni IIOda qabul qilib olgan navbatchi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarida yoʻl-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslarni va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar tibbiyot muassasalariga olib kelingan vaqt (yil, oy, kun, soat)

Tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar tibbiyot muassasalariga olib kelingan transport vositalari va shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar

YTHning qisqacha bayoni (joyi, vaqti), dastlabki qoʻyilgan tashxis

YTH oqibatida qattiq qoʻrquv (stress va hokazolar) sababli tibbiyot muassasalariga olib kelingan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, uyiga ketishga ruxsat berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

YTH oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar

Navbatchi vrach (F.I.Sh.) tomonidan YTH haqida IIOga xabar berilgan vaqt (yil, oy, kun, soat)

Navbatchi vrach tomonidan berilgan xabarni qabul qilib olgan IIO nomi, navbatchisi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni) toʻgʻrisida maʼlumot

Tan jarohati olgan va halok boʻlgan shaxslar zarurat tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga joʻnatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Navbatchi vrach tomonidan YTHda tan jarohati olib 30 sutka ichida halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida IIOga berilgan xabar

YTHda tan jarohati olib 30 sutka ichida halok boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida navbatchi vrach tomonidan berilgan xabarni IIOda qabul qilib olgan navbatchi (F.I.Sh, lavozimi, unvoni)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 476-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)