Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.10.2011 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuROKRATIK TO‘SIQLARNI BARTARAF ETISh VA RUXSAT BERISh TARTIBOTLARINI AMALGA OShIRIShDA DAVLAT BOShQARUV FUNKSIYALARINI QISQARTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklovchi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan 1-ilovaga muvofiq ruxsat berish tartibotlarining amal qilishini 2011-yil 1-noyabrdan boshlab bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatga asosan umummajburiy tusdagi hujjatlari, ulardagi ruxsat berish tartibotlarini bekor qilgan holda, bekor qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ruxsatnomalar va ruxsat berish tartibotlari belgilanganligi aniqlanganda ko‘rsatib o‘tilgan ruxsatnomalar va ruxsat berish tartibotlarini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan 2011-yil 1-noyabrdan boshlab bekor qilinayotgan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartibotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari‎

Normativ-huquqiy hujjatlar nomi‎

Ilgari ruxsatnoma bergan organ‎

Saqlanib qolayotgan tartibga solish mexanizmi‎

Mas’ul organ‎

1.‎

Ma’naviy eskirgan yoki likvidli bo‘lmagan olmos asboblarini rekupiratsiyalash va qayta attestatsiyadan o‘tkazishga yo‘nalishni kelishish ‎

Korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (1995-yil 20-iyulda 160-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)‎

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi ‎ Tadbirkorlik subyektining ichki buyrug‘i‎ —‎
2.‎

Bank nomini o‘zgartirishni kelishish‎

Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ‎

Markaziy bank‎ Bank ustaviga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish‎ Markaziy bank ‎
3.‎

Bank (bank filiali)ning joylashgan joyi (pochta manzili)ni o‘zgartirishga dastlabki kelishish‎

Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ‎

Markaziy bank ‎ Bank ustaviga (bank filialining nizomiga) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish‎ Markaziy bank ‎
4.‎

Aksiz markalari berishga kvitansiya‎

O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (1999-yil 7-yanvarda 589-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)‎

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi‎ Hisobga olishning xabar berish tartibi‎ “Agrobank” ATB‎
5.‎

Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolari yoki ularning tayyorlash kooperativlari bilan meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir tuzilgan barter kontraktlariga ruxsat berish‎

Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qo‘yish hamda ular ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2000-yil 9-avgustda 954-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ‎

Tuman (shahar) hokimligi‎ Eksport-import kontraktlarini hisobga qo‘yish‎ Vakolatli banklar‎
6.‎

Harakatlanadigan sostavga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar va namunaviy texnologik jarayonlarni kelishish‎

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (2001-yil 27-avgustdagi 20-15-205/11-sonli xulosa)‎

“O‘zdavtemiryo‘l-nazorat” inspeksiyasi‎ Standartlashning belgilangan tartibi‎ Standartlash va sertifikatsiyalash organlari‎
7.‎

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektning faoliyat sohasini amal qilayotgan o‘zaro majburiyatlar va shartlar to‘g‘risidagi bitimlarda belgilangan va muddati tugamagan muayyan davr mobaynida korxona faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyat mavjud bo‘lgan hollarda o‘zgartirishga ruxsat berish‎

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektlarning faoliyat sohasini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2003-yil 22-yanvarda 1207-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)‎

Tuman (shahar) hokimligi‎ O‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi shartnoma‎ Davlat mulki qo‘mitasi‎
8.‎

Yuqori chastotali qurilmalarni sotishga ruxsat berish‎

Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni ro‘yxatga olish va ularning texnik parametrlarini o‘lchashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (2007-yil 26-dekabrda 1751-son bilan ro‘yxatga olingan)‎

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markazi‎ Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (boshqaga o‘tkazish), loyihalash va qurish (o‘rnatish)‎ O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markazi‎
9.‎

Sug‘urtalovchilarning qo‘shimcha sug‘urta zaxiralarini shakllantirishni kelishish‎

Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizom (2008-yil 15-dekabrda 1882-son bilan ro‘yxatga olingan) ‎

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi‎ Sug‘urtalovchilarning ichki buyrug‘i‎ —‎
10.‎

Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi nazoratchisi lavozimiga nomzodni kelishish‎

Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizom (2009-yil 6-fevralda 1899-son bilan ro‘yxatga olingan) ‎

Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi ‎ Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki buyrug‘i‎ —‎
11.‎

O‘zbekiston Respublikasi hududida bank filialini ochishga dastlabki kelishish‎

Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom (2009-yil 8-oktabrda 2014-son bilan ro‘yxatga olingan) ‎

Markaziy bank ‎ Bank filialini ro‘yxatdan o‘tkazish‎ Markaziy bank‎
12.‎

Bug‘ va issiq suv quvurlarini tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish‎

Bug‘ va issiq suv quvurlarini joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari (2010-yil 2-avgustdagi 6-24/23-6554/6-sonli xulosa)‎

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi‎ Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish‎ “O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan umummajburiy tusdagi hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari‎

Normativ-huquqiy hujjatlar nomi‎

Ilgari ruxsatnoma bergan organ‎

Saqlanib qolayotgan tartibga solish mexanizmi‎

Mas’ul organ‎

1.‎ Yuk ko‘taruvchi kranlarni tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish‎ 1994-yil 31-yanvardagi Yuk ko‘taruvchi kranlarni joylashtirish va ulardan foydalanish qoidalari‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi‎ Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish‎ “O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari‎
2.‎ Liftlar tayyorlash, ularni rekonstruksiya qilishga ruxsat berish‎ 1996-yil 15-dekabrdagi Liftlarni joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi‎ Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish‎ “O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari‎
3.‎ Bug‘ va suv isitish qozonlarini tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish‎ 1996-yil 15-dekabrdagi Bug‘ va suv isitish qozonlarini joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi‎ Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish‎ “O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 454-modda)