Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2022 06.10.2011 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ALOHIDA MUHIM VA TOIFALANGAN OBYEKTLARIDA QOʻRIQLAShNING TEXNIK VOSITALARINI LOYIHALAShTIRISh, MONTAJ QILISh, SOZLASh, TAʼMIRLASh VA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh IShLARINI BAJARIShGA RUXSATNOMA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, shuningdek Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qatʼiy amal qilsinlar, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan nizomga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi va asoslarini (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aniqlash vositalari, obyektga kirishni nazorat qilish va boshqarish vositalari, aniqlash vositalari hamda obyektga kirishni nazorat qilish va boshqarish vositalaridan olingan axborotni toʻplash, qayta ishlash va aks ettirish vositalari, aloqa va xavfni bildirish-chaqirish signalizatsiyasi vositalari, telekuzatish vositalari, kabel tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalar, nostandartlashtirilgan asbob-uskunalar, yordamchi vositalar (qoʻriqlashning texnik vositalari elektr taʼminoti tizimi, qoʻriqlovchi yoritish) qoʻriqlashning texnik vositalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda maxsus vakolatli organ deb ataladi) tomonidan rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega boʻlmagan yuridik shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) ega boʻlgan yuridik shaxslarga rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxs maxsus vakolatli organga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan qoʻriqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning texnik vositalari turlari koʻrsatilgan ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlarni (sertifikatlar va malaka toifasi berilganligi, oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlar) ilova qilgan holda har bir xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, pasportining seriyasi va raqami, yashash joyi va maʼlumoti, yuridik shaxsning shtatida egallab turgan lavozimi va mutaxassislik boʻyicha ish stajini koʻrsatgan holda xodimlarning malaka tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch yilda qoʻriqlash signalizatsiyalarini va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomlardan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (tegishli tibbiyot muassasalari va hududiy ichki ishlar organlaridan berilgan maʼlumotnomalar ilova qilingan holda).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berishni rad etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus vakolatli organ 30 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular asosida ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxslarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsda kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv boʻyicha (yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish) ixtisosli tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch nafar xodim mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy shaxslarni yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarni yollashga yoki ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga muvofiq belgilanadi, biroq litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ruxsatnoma berilgandan keyin maxsus vakolatli organ yuridik shaxsni berilgan ruxsatnomalar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan yoki hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs va uning xodimlari ushbu Nizomning 4, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxsga ruxsatnoma berishni rad etish asoslanishi va yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik shaxs aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ruxsatnoma olish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus vakolatli organ quyidagi asoslar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlari sifatsiz bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bir necha marta buzilganda yoki ularga rioya qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya muddati tamom boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ruxsatnomaning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan yoki qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan boshlab, uni oʻzgartirish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma amal qilish davrida ruxsatnoma berish rad etilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda berilgan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi yozma shaklda zarur tarzda rasmiylashtirilgan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yuridik shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari turlari va sonini koʻrsatgan holda alohida muhim va toifalangan obyektlarda qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi maʼlumotlar manfaatdor shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma soʻrov boʻyicha ulardan koʻchirma sifatida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxs qayta oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda maxsus vakolatli organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik shaxs unda koʻrsatilgan faoliyat turini oldin berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda maxsus vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishda yuridik shaxs oldin berilgan ruxsatnomani maxsus vakolatli organga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati tamom boʻlmagan, biroq yaroqsiz holga kelgan ruxsatnoma oʻrniga yuridik shaxsning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dublikat berishda yangi ruxsatnomada “Dublikat” belgisi qoʻyiladi, shuningdek oldingi ruxsatnomada belgilangan amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlarning bajarilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomni buzganlik uchun aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 450-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)