O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT VILOYATIDA doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi LOZIM BO‘LGAN SHAXSLAR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI TOIFALARINING RO‘YXATI TO‘G‘RISIDA
(Qonun nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi O‘RQ-1074-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati tasdiqlansin (ilova qilinadi).
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-sentabr,
O‘RQ-296-son
O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar—O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonuniga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgilanishi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
RO‘YXATI
1. Qonunchilikka muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki bo‘lgan boshqa uy-joy maydoniga.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
4. Ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga.
(4-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga.
(5-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
6. Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
(6-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
7. Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
(7-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
8. Ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
(8-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari).
(9-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
10. Qonunchilikka muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari).
(10-band O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari).
(11-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
111. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida va boshqa davlat tashkilotlarida besh yil mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan bolalari).
(111-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari).
Izoh:
1. Mazkur Ro‘yxatning 2 (bundan xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan farzandlari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalar mustasno), 3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, basharti O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilsa, amalga oshiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar mustasno.
(izoh O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi O‘RQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 375-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )