O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2011/2012 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ABITURIYENTLARNING TEST SINOVLARINI O‘TKAZISh SANASINI 2011 YIL 1 AVGUSTDAN 2 AVGUSTGA KO‘ChIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011/2012 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2011-yil 4-iyuldagi PQ-1564-son qaroriga muvofiq hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni ko‘payganligi munosabati bilan, shuningdek ularning har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va 2011/2012 o‘quv yili kirish test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011/2012 o‘quv yilida respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning test sinovlarini o‘tkazish sanasi 2011-yil 1-avgustdan 2-avgustga ko‘chirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda test sinovlarini o‘tkazish sanasi ko‘chirilganligi to‘g‘risida barcha abituriyentlarni xabardor qilishni tashkil etish va test sinovlarini 2011-yil 2-avgustda talab darajasida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B.Y. Xodiyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B.M. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-iyul,
221-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 317-modda)