Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.07.2011 yildagi PQ-1564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011/2012 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, mamlakat mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda oliy ta’lim yo‘nalishlari va ixtisoslarini yanada maqbullashtirish va unifikatsiya qilish, oliy malakali mutaxassislarni tayyorlashda mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarining rolini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan Klassifikatori ishlab chiqilgan bo‘lib, unda o‘z mazmuniga ko‘ra yaqin mutaxassisliklarni birlashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada talab qilinmagan mutaxassisliklarni tugatish hisobiga bakalavriat ta’limi yo‘nalishlarining sonini 228 tadan 165 tagacha, magistratura mutaxassisliklari sonini esa 1200 tadan 447 tagacha kamaytirish ko‘zda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-sentabrdagi F-3501-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan haqiqiy talabni hisobga olgan holda oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini yanada optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi, ularda bir-birini takrorlovchi, mos kelmaydigan va ixtisoslashmagan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tugatgan holda respublika mintaqalarida joylashgan oliy o‘quv yurtlariga hamda zamonaviy muhandislik-texnika, axborot-kompyuter va quruvchilik mutaxassislari bo‘yicha kvotalarni ko‘paytirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan Klassifikatoriga muvofiq respublikaning oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha 2011/2012 o‘quv yili uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlarni 56 607 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 19 560 va to‘lov-kontrakt asosida — 37 047 nafar miqdorida, 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlarni 5 880 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 1 566 va to‘lov-kontrakt asosida — 4 314 nafar miqdorida, 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlarni Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limiga davlat grantlari bo‘yicha 65 kishi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limiga — 50 kishi, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 15 kishini va to‘lov-kontrakt asosida — 35 kishini qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2011/2012 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasiga oliy ta’lim muassasalariga kirish chog‘ida bakalavriat tayyorlov yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abituriyentlar to‘plagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga qabulning belgilangan umumiy kvotalar doirasida oliy ta’lim muassasalarining qabul ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (A.N. Aripov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabulga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil qilish hamda davlat grantlari bo‘yicha va to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturaga, shu jumladan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar olgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kvotalarga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida o‘zlariga qarashli oliy ta’lim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘rinlar kvotasini ta’lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011/2012 o‘quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish bo‘yicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “sport faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ayol murabbiylarni tayyorlash maqsadida mintaqalardagi eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qizlarning O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining xotin-qizlar sporti yo‘nalishlari bo‘yicha qabulning maqsadli kvotalari tanlovida ishtirok etishlari uchun ularning o‘z vaqtida tanlab olinishini ta’minlasin, ularning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ish beruvchilar bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari o‘zlari olgan bilim yo‘nalishiga muvofiq ishga joylashganliklari ustidan tizimli nazorat o‘tkazib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1564-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 280-modda)