| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| I. Institut faoliyatini tashkil etish va oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda qayta tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining tuzilmasini tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibiga kadrlarning asosiy foydalanuvchilari - B�xoro viloyati korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning vakillarini kiritish. |
2011-yil avgust | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi |
| 5. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti faoliyat koʻrsata boshlaganligi munosabati bilan yoshlar oʻrtasida faol tushuntirish, kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va olib borish. Ommaviy axborot vositalarida institutni qayta tashkil etishning maqsadlari va vazifalarini, mamlakat iqtisodiyotining tegishli sohalari uchun kadrlar tayyorlashda uning oʻrni va ahamiyatini keng yoritish. |
2011-2012-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Milliy teleradiokompaniya |
| 6. |
2011-2012 oʻquv yilidan boshlab va keyingi oʻquv yillarida joriy etiladigan fanlar va taʼlimning yangi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqish. |
Har yili 1-sentabrgacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 7. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ixtisosligi oʻzgarishini hisobga olgan holda institutning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash. |
2011-yil sentyabr | Ol�y va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 8. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan (yillik va istiqbolli) ehtiyojni tarmoqlar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda oʻrganish. |
Har yili 1-yanvargacha | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi |
| 9. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti talabalari uchun amaliyot bazasini tashkil etish, institut kadrlari foydalanuvchilari hisoblangan viloyat korxonalari va tashkilotlarida amaliyotni tashkil etish uchun masʼullarni biriktirish. |
2012/2013 oʻquv yili boshlangunga qadar | Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| II. Professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kafedralarini mutaxassislar tayyorlash yoʻnalishlariga binoan tanlov asosida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish. |
Har yili oʻquv yili boshlangungacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Tarmoqlar korxonalaridan, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kadrlarini tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashayotgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetarli ilmiy-pedagogik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va olimlarning maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2011-2012-yillar | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 3. |
Keyinchalik institutda pedagogik faoliyat olib borishi uchun yosh mutaxassislarni respublikaning bazaviy oliy taʼlim muassasalarida “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish”, “Mashinasozlikda materialshunoslik” mutaxassisliklari boʻyicha maqsadli tayyorlash. |
Jadvalga muvofiq | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutida masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun zarur texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻqituvchilarining leksiyalarini tashkil etish. |
2012-2013-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 5. |
Institutning maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni tashkil etish va xoʻjalik shartnomalarini bajarish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalar, paxta tozalash, toʻqimachilik va e�gil sanoat, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari, energiya resurslarini tejaydigan texnologiyalar va texnika, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat xavfsizligi, elektroenergetika va elektrotexnol�giyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini ishlab chiqish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 6. |
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlanmalar tashkil etish. |
2012-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 7. |
Bazaviy texnika oliy taʼlim muassasalari (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti)ning yetakchi olimlari rahbarligida ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun yosh oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratish. |
2011-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| III. Moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash | |||
| 1. |
2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq, institutda kadrlar tayyorlashning tasdiqlangan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifalaridan kelib chiqqan holda, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining oʻquv-laboratoriya korpuslarini, talabalarning yashash joylarini va sport zallarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash. |
2012 — 2016-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining axborot-resurs markazini kengaytirish va ishlarini takomillashtirish, uni zamonaviy kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan taʼminlash, Internet tarmogʻiga keng kirishini tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 3. |
Kadrlar tayyorlashning yangi yoʻnalishlariga muvofiq Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan elektron variantda), davriy maxsus nashrlar bilan taʼminlash. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.07.2011 yildagi 213-son
Кучга кириш санаси
25.07.2011
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2013
|
Hujjat 12.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUXORO OZIQ-OVQAT VA ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTINI BUXORO YuQORI TEXNOLOGIYALAR MUHANDISLIK-TEXNIKA INSTITUTIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-sonli “Buxoro muxandis-texnologik institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son qarorini bajarish yuzasidan, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek respublika ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlarining yuqori texnologiyalar sohasidagi kadrlar resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirilsin.
2. Quyidagilar Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
neft-gaz, toʻqimachilik va yengil sanoat tarmoqlari uchun texnologik mashina va asbob-uskunalar, neft-gaz sanoati mashina va jihozlari, neft hamda neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish, radioelektron asbob-uskunalar va tizimlar yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
institut faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini roʻyobga chiqarish uchun zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasini shakllantirish;
umumtexnika va texnika taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, oʻquv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan chuqur integratsiyalash;
yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega boʻlgan shaxsni tarbiyalash.
3. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining oʻquv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda har yili Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga oʻqishga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda tarmoqlarning mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasasining tegishli sohalariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash yoʻnalishlarini nazarda tutsin;
bir oy muddatda Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining ustavini va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2011/2012 oʻquv yili boshlangungacha Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini davlat taʼlim standartlariga muvofiq tasdiqlasin;
2012/2013 oʻquv yilidan boshlab yuqori texnologiyalar sohasida tasdiqlangan asosiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha magistrlar tayyorlashni tashkil etish uchun tegishli oʻquv-laboratoriya bazasi va ilmiy-pedagog xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining sohasi oʻzgarganligini hisobga olgan holda uning muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash istiqbol rejasini tasdiqlasin.
5. Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga kadrlarning boshqa asosiy buyurtmachilari bilan birgalikda institutning oʻquv-ishlab chiqarish va laboratoriya bazasini tashkil qilish va mustahkamlashda koʻmaklashish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi 213-son qaroriga ILOVA
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining oʻquv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari
dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 314-modda, 50-son, 515-modda)