| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
| I. Institut faoliyatini tashkil etish va o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda qayta tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining tuzilmasini tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibiga kadrlarning asosiy foydalanuvchilari - B�xoro viloyati korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning vakillarini kiritish. |
2011-yil avgust | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi |
| 5. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti faoliyat ko‘rsata boshlaganligi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida faol tushuntirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va olib borish. Ommaviy axborot vositalarida institutni qayta tashkil etishning maqsadlari va vazifalarini, mamlakat iqtisodiyotining tegishli sohalari uchun kadrlar tayyorlashda uning o‘rni va ahamiyatini keng yoritish. |
2011-2012-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Milliy teleradiokompaniya |
| 6. |
2011-2012 o‘quv yilidan boshlab va keyingi o‘quv yillarida joriy etiladigan fanlar va ta’limning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqish. |
Har yili 1-sentabrgacha | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 7. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ixtisosligi o‘zgarishini hisobga olgan holda institutning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash. |
2011-yil sentyabr | Ol�y va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 8. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan (yillik va istiqbolli) ehtiyojni tarmoqlar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda o‘rganish. |
Har yili 1-yanvargacha | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekyengilsanoat” DAK, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi |
| 9. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti talabalari uchun amaliyot bazasini tashkil etish, institut kadrlari foydalanuvchilari hisoblangan viloyat korxonalari va tashkilotlarida amaliyotni tashkil etish uchun mas’ullarni biriktirish. |
2012/2013 o‘quv yili boshlangunga qadar | Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| II. Professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kafedralarini mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlariga binoan tanlov asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish. |
Har yili o‘quv yili boshlangungacha | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Tarmoqlar korxonalaridan, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kadrlarini tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashayotgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetarli ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va olimlarning ma’lumotlar bazasini yaratish. |
2011-2012-yillar | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 3. |
Keyinchalik institutda pedagogik faoliyat olib borishi uchun yosh mutaxassislarni respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasalarida “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish”, “Mashinasozlikda materialshunoslik” mutaxassisliklari bo‘yicha maqsadli tayyorlash. |
Jadvalga muvofiq | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutida masofadan o‘qitish elementlarini joriy etish uchun zarur texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘qituvchilarining leksiyalarini tashkil etish. |
2012-2013-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 5. |
Institutning maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni tashkil etish va xo‘jalik shartnomalarini bajarish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalar, paxta tozalash, to‘qimachilik va e�gil sanoat, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari, energiya resurslarini tejaydigan texnologiyalar va texnika, qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat xavfsizligi, elektroenergetika va elektrotexnol�giyalar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari ro‘yxatini ishlab chiqish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 6. |
“O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlanmalar tashkil etish. |
2012-yildan boshlab | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 7. |
Bazaviy texnika oliy ta’lim muassasalari (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti)ning yetakchi olimlari rahbarligida ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun yosh o‘qituvchilarga shart-sharoitlar yaratish. |
2011-yildan boshlab | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| III. Moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash | |||
| 1. |
2011 — 2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq, institutda kadrlar tayyorlashning tasdiqlangan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifalaridan kelib chiqqan holda, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, talabalarning yashash joylarini va sport zallarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash. |
2012 — 2016-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining axborot-resurs markazini kengaytirish va ishlarini takomillashtirish, uni zamonaviy kompyuter va nusxa ko‘paytirish texnikasi bilan ta’minlash, Internet tarmog‘iga keng kirishini tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 3. |
Kadrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlariga muvofiq Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutini o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan elektron variantda), davriy maxsus nashrlar bilan ta’minlash. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.07.2011 yildagi 213-son
Кучга кириш санаси
25.07.2011
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2013
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUXORO OZIQ-OVQAT VA ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTINI BUXORO YuQORI TEXNOLOGIYALAR MUHANDISLIK-TEXNIKA INSTITUTIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-sonli “Buxoro muxandis-texnologik institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son qarorini bajarish yuzasidan, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek respublika ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlarining yuqori texnologiyalar sohasidagi kadrlar resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirilsin.
2. Quyidagilar Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
neft-gaz, to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlari uchun texnologik mashina va asbob-uskunalar, neft-gaz sanoati mashina va jihozlari, neft hamda neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish, radioelektron asbob-uskunalar va tizimlar yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
institut faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasini shakllantirish;
umumtexnika va texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan chuqur integratsiyalash;
yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash.
3. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining o‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda har yili Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga o‘qishga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda tarmoqlarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining tegishli sohalariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarini nazarda tutsin;
bir oy muddatda Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining ustavini va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2011/2012 o‘quv yili boshlangungacha Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlasin;
2012/2013 o‘quv yilidan boshlab yuqori texnologiyalar sohasida tasdiqlangan asosiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlashni tashkil etish uchun tegishli o‘quv-laboratoriya bazasi va ilmiy-pedagog xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining sohasi o‘zgarganligini hisobga olgan holda uning muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash istiqbol rejasini tasdiqlasin.
5. Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga kadrlarning boshqa asosiy buyurtmachilari bilan birgalikda institutning o‘quv-ishlab chiqarish va laboratoriya bazasini tashkil qilish va mustahkamlashda ko‘maklashish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi 213-son qaroriga ILOVA
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining o‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari
dasturi
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 314-modda, 50-son, 515-modda)