ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
| I. Institut faoliyatini va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish | |||
| 1. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan shahar hokimligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 2. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda qayta tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining tuzilmasini tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 4. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibiga kadrlarning asosiy foydalanuvchilari — Namangan viloyati korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning vakillarini kiritish. |
2011-yil avgust | Namangan viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 5. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti faoliyat ko‘rsata boshlaganligi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida faol tushuntirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va olib borish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Milliy teleradiokompaniya |
| 6. |
2011-2012 o‘quv yilidan boshlab va keyingi o‘quv yillarida joriy etiladigan fanlar va ta’limning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqish. |
Har yili 1-sentabrgacha | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 7. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti ixtisosligi o‘zgarishini hisobga olgan holda institutning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash. |
2011-yil sentabr | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 8. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan (yillik va istiqbolli) ehtiyojni tarmoqlar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda o‘rganish. |
Har yili 1-yanvargacha | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK |
| 9. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining asosiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura ochish uchun zarur o‘quv-laboratoriya bazasi, ilmiy-pedagogik salohiyat va o‘quv-metodik kompleksni tashkil etish. |
2012/2013 o‘quv yili boshlangunga qadar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| II. Professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish | |||
| 1. |
Namangan muhandislik-texnologiya instituti kafedralarini tanlovda tanlash asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish. |
Har yili o‘quv yili boshlangungacha | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 2. |
Tarmoqlar korxonalaridan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashayotgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetarlicha ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va olimlarning ma’lumotlar bazasini yaratish. |
2011-2012-yillar | Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
| 3. |
Keyinchalik Namangan muhandislik-texnologiya institutida pedagogik faoliyat olib borishi uchun stajyor tadqiqotchilar-izlanuvchilarni Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida va Toshkent shahridagi boshqa bazaviy oliy ta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlash. |
Jadvalga muvofiq | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 4. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutida masofadan o‘qitish elementlarini joriy etish uchun zarur texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘qituvchilarining leksiyalarini tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 5. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni tashkil etish va xo‘jalik shartnomalarini bajarish. Namangan muhandislik-texnologiya institutining ixtisosli yo‘nalishlariga muvofiq tarmoq muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari ro‘yxatini ishlab chiqish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 6. |
Namangan muhandislik-texnolnologiya instituti hamda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK korxonalarining birgalikdagi ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlanmalarini tashkil etish. |
2012-yildan boshlab | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 7. |
Bazaviy texnika oliy ta’lim muassasalari (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti)ning yetakchi olimlari rahbarligida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun yosh o‘qituvchilarga shart-sharoitlar yaratish. |
2011-yildan boshlab | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| III. Moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash | |||
| 1. |
2011 — 2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq, institutda kadrlar tayyorlashning tasdiqlangan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifalaridan kelib chiqqan holda, Namangan muhandislik-texnologiya institutining o‘quv-laboratoriya korpuslarini, talabalarning yashash joylarini va sport zallarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash. |
2012 — 2016-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan viloyati hokimligi |
| 2. |
Namangan muhandislik-texnologiya institutining axborot-resurs markazini kengaytirish va ishlarini takomillashtirish, uni zamonaviy kompyuter va nusxa ko‘paytirish texnikasi bilan ta’minlash, Internet tarmog‘iga keng kirishni tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 3. |
Kadrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlariga muvofiq Namangan muhandislik-texnologiya institutini o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan elektron variantda), davriy maxsus nashrlar bilan ta’minlash. |
2011-2012-yillar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga, Namangan muhandislik-texnologiya instituti |