Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2018 12.07.2011 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqish bilan qamrab olish ishlarini tubdan yaxshilash, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni yuqori malakali rahbar va pedagogik kadrlar bilan butlash, taʼlim standartlarini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy etish hisobiga oʻquv-taʼlim jarayoni sifatini oshirish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan mutaxassislarni tayyorlashni va kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilgari yuklangan vazifalar bilan birgalikda quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining muhim vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi organlari bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasbga yoʻllash hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, yangi oʻquv yiliga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul rejasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan mutaxassisliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni yanada birxillashtirish, respublika mintaqalarida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari aniq ish oʻrinlarida ishlab chiqarish amaliyotidan oʻtishini tashkil etishni va ularni ishga joylashtirishni taʼminlash, bitiruvchilarning mehnat bilan bandligi ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim darajasini va mutaxassislarning kasb tayyorgarligi sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarni takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni yuqori professional rahbar va pedagog kadrlar bilan butlash va ularni tanlash, ularning malakasini izchil oshirish ishlarini tizimli asosda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining yangilangan tashkiliy tuzilmasi hamda uning xodimlarning cheklangan umumiy soni 68 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 53 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va apparati xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktoriga, zaruriyat boʻlganda, Markazning markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga va, tegishli ravishda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi boʻyicha xodimlar soni ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tuzilma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari boshliqlari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori tomonidan tayinlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar direktori lavozimiga tayinlash qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi F–2146-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini tanlash va tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmatiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, dasturlar va metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishni, yangi avlod oʻquv adabiyotlari tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini tashkil etishga metodik yordam koʻrsatish, oʻqitishning zamonaviy shakllarini, eng yangi ilgʻor pedagogik va axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda oʻquv-taʼlim va tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmatini, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarini shakllantirishda ularning xodimlari tarkibini kasb-hunar kollejlarida metodist lavozimi qisqartirilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlar hisobiga mustahkamlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-iyuldagi 342-son qarorining 3-bandi va qarorga 1 — 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 291-modda)