O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 95-moddasiga muvofiq buyuraman:
2. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2005-yil 19-oktabrdagi 129-son “Yo‘lovchilar va qo‘l yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari (O‘zR AQ 195)” O‘zbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1529, 2005-yil 5-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 369-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.
“stor-over” — tashuvchi bilan oldindan kelishilgan holda yo‘lovchining o‘z yo‘nalish manzillaridan birida, ya’ni chiptada ko‘rsatilgan uchish va manzil punktlari orasida joylashgan punktda to‘xtashi;
aviatsiya xavfsizligi — fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish bilan bog‘liq harakatlardan himoya qilish uchun moslashtirilgan, insoniy va moddiy resurslar hamda kompleks chora-tadbirlar;
aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qo‘nishi, jo‘nashi va shu sath bo‘ylab harakatlanishi uchun to‘liq yoki qisman mo‘ljallangan uchastka, unda joylashgan binolar va inshootlar;
aeroport — havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga, havo transportida tashishga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega bo‘lgan inshootlar majmuasi;
bagaj — tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashiladigan yo‘lovchilarning va ekipajning shaxsiy ashyolari;
bagaj kvitansiyasi — ro‘yxatga olingan bagajni havoda tashishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi chipta qismi;
bagajni bepul tashish — og‘irligi tashuvchi tomonidan belgilangan erkin tashish me’yoriga mos kelgan, qo‘shimcha yig‘imlar to‘lovisiz tashiladigan bagaj. Bunday me’yorni tashish haqi yo‘lovchi tashish tarifiga kiritilgan;
joyni oldindan band qilish — yo‘lovchini havo transportida tashish uchun havo kemasi sahnida joyni yoki bagajni tashish uchun havo kemasining bagaj va yuk bo‘lmalarida bo‘shliqni oldindan band qilib qo‘yish;
yo‘lovchi — havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo‘lgan shaxs;
kuzatuvchisi yo‘q bagaj — yuk sifatida tashiladigan havo yuk xati bo‘yicha yo‘lovchining shaxsiy buyumlari;
maxsus tarif — ishlatishda turli xildagi cheklash shartlari bo‘lgan tarif (masalan sotish muddatlari, eng kam to‘xtab turish talablari, joyni oldindan band qilish va boshqalar);
me’yordagi tarif — yo‘lovchiga tashish yo‘nalishida qaytish va o‘zgartirishlar imkonini beruvchi, tariflar kombinatsiyasi bo‘yicha maksimal egiluvchan eng yuqori ta’rif;
me’yordan ortiq bagaj — bagaj vaznining tashuvchi belgilagan erkin (bepul) tashish me’yoridan oshib ketgan qismi;
parvoz kuponi — yo‘lovchi chiptasining bir qismi bo‘lib, unga muvofiq chiptada ko‘rsatilgan yo‘nalishning aniq bir bo‘lagida yo‘lovchi va bagajni havo transportida tashish bajariladi;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj — havo transportida tashishga qabul qilingan, javobgarligi tashuvchiga yuklatilgan, bagaj kvitansiyasi va raqamli bagaj birkasiga ega bo‘lgan bagaj;
ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan bagaj (qo‘l yuki) — tashuvchi tomonidan belgilangan me’yor doirasida havo kemasi salonida yo‘lovchi nazorati ostida bepul tashishga ruxsat etilgan bagaj;
tashish hujjatlari — yo‘lovchini, qo‘l yukini va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi chipta va qo‘l yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
tashuvchining vakolatli agenti — tashuvchi nomidan tashish xizmatlarini sotishda, yo‘lovchilarga erda xizmatlar ko‘rsatish yoki yukni tayyorlash amallarini bajarishda harakat qilishga vakil qilingan shaxs yoki tashkilot;
tranzit — yo‘nalish davomidagi to‘xtash punkti, bunda tashilayotgan yo‘lovchi qatnovni bajaradigan havo kemasida qoladi;
transfer — chiptada ko‘rsatilgan, tashish yo‘nalishi manzilida tashuvchining bir qatnovidan ikkinchi qatnoviga (xususiy transfer) yoki bir tashuvchining qatnovidan ikkinchi tashuvchi qatnoviga (interlayn transferi) yo‘lovchini o‘tkazish;
havo kemasi — atmosferada o‘zining havo bilan o‘zaro ta’siri hisobiga ushlab turiladigan har qanday apparat, yer yuzasidan qaytgan havo bilan o‘zaro ta’sir bundan mustasno;
havo transportida tashish — yo‘lovchilar va ularning bagajlari va yuklarini bevosita manzil joyigacha yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan aeroportlar va havo transporti tashuvchilari (ekspluatantlar) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar va amallar majmui;
charter — charter (havo kemasini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yo‘lovchilar, qo‘l yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun to‘liq berib turish majburiyatini oladi;
chipta — o‘z ichiga bagaj kvitansiyasini olgan va yo‘lovchi hamda bagajni havo transportida tashish bo‘yicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalar e’lon qilingan parvozlar jadvali va charter shartnomalari asosida ichki va xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchi va bagaj tashishda qo‘llaniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashuvchilar havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashishning o‘z faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha qoidalarini belgilashi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2016-yil 10-avgustdagi 83-N-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-2, 12.08.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomalari, jumladan charter shartnomalari asosida tashiladi.
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo‘lovchi va uning bagajini chiptada ko‘rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qo‘yish majburiyatini, yo‘lovchi bagajini topshirgan bo‘lsa — bagajini belgilangan manzilga yetkazib, uni yo‘lovchiga yoki yo‘lovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yo‘lovchi belgilangan tarif bo‘yicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq bagaj bo‘lgan taqdirda esa — bunday bagaj uchun ham haq to‘lash majburiyatini oladi. Charter shartnomasi shartlari mazkur shartnomaning o‘zida belgilanishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
8. Yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi chipta, bagaj pattasi, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, pochta orqali tashish hujjatlarining shakli bundan mustasno.
9. Tashuvchi yo‘lovchi va bagajni belgilangan manzilga tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qo‘yishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yo‘lovchi qonunchilik hujjatlari hamda tashuvchilar tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan tartibda:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa – belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
11. Yagona tashish shartnomasi asosida havo transporti ishtirokida turli transport vositalari yordamida yo‘lovchi va bagajni tashish, manfaatdor tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Bir necha tashuvchi tomonidan yo‘lovchi va bagajni belgilangan manzilgacha havo transportida tashishda, tashish yo‘nalishidagi aeroportlarda bir havo kemasidan boshqasiga o‘tish, tashishda tanaffus bo‘lishidan qat’i nazar tashuvchilar o‘rtasidagi kelishuvga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tashuvchi tashish shartnomasiga binoan ichki va xalqaro havo yo‘nalishlarida tashishda O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda), boshqa qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan javobgarlik doirasida yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i, ular bagajining saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tashuvchi yo‘lovchilarni oldindan ogohlantirmasdan ob-havoning o‘zgarishi, aviatsiya xavfsizligi, parvoz boshlanayotgan, qo‘nish, tranzit yoki uchib o‘tishi mo‘ljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib hamda texnik sabablarga asosan chiptada ko‘rsatilgan tashuvchini almashtirishi va parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Bunda tashuvchi yo‘lovchi va uning bagajini vaqtida yetkazish uchun barcha zarur imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashuvchi havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomasini tashish yo‘nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘lovchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
agar yo‘lovchi sog‘lig‘ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yo‘lovchining o‘z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yo‘lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa;
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo‘lovchi tomonidan rad etilsa.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
15. Yo‘lovchi uchun ma’lum qatnov va sanaga havo kemasida joyni oldindan band qilib qo‘yish (bundan buyon matnda band qilish deb yuritiladi) havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashishning zarur sharti hisoblanadi.
16. Band qilish yo‘lovchi tomonidan telefon, Internet tarmog‘i, elektron pochta orqali yoki boshqa aloqa vositalari bilan tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Band qilingan joy yoki chipta haqida olingan ma’lumotlarni tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan boshqa shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
20. Band qilishda yo‘lovchi tashish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmasa yoki tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajarmagan hollarda, tashuvchi yoki uning vakolatli agenti yo‘lovchini ogohlantirmasdan band qilishni bekor qilishi mumkin.
21. Yo‘lovchi band qilingan joyga, tashuvchini oldindan xabardor qilmay qatnovga yetib kelmasa, tashuvchi tashish yo‘nalishining keyingi uchastkalarida band qilishni bekor qilish huquqiga ega va yo‘lovchidan tashishdan voz kechganligini hamda o‘z vaqtida xabar bermagani uchun belgilangan tartibda yig‘im undiriladi.
Agar yo‘lovchi tashuvchi bilan belgilangan muddatgacha band qilingan joyni bekor qilish to‘g‘risida tashuvchini xabardor qilgan bo‘lsa, unda tashuvchi bilan yo‘lovchining o‘zaro kelishuviga asosan, tashish yo‘nalishining keyingi uchastkalarida tasdiqlangan band qilish bekor qilinmaydi.
22. Tashuvchining aybi bilan yo‘lovchi band qilishni bekor qila olmagan yoki ro‘yxatga olish joyiga yetib kela olmagan bo‘lsa, yo‘lovchidan yig‘im undirilmaydi.
Sog‘ligi yomonlashganligi sababli, yo‘lovchi band qilingan joydan voz kechmagan bo‘lsa yoki ro‘yxatga olish joyiga yetib kelmagan bo‘lsa, bu holat tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanganda, yo‘lovchidan yig‘im undirilmaydi.
23. Band qilingan joylarga yo‘lovchilarning qatnovga kelmaslik hollarini inobatga olib va bunday hollarda tashuvchi o‘zining tijorat yo‘qotishini kamaytirish maqsadida yo‘lovchilarni havo kemasida mavjud bo‘lgan miqdordan ortiq joyni band qilishi mumkin. Bunda qatnovga kelgan yo‘lovchilar belgilangan miqdordan oshgan taqdirda tashuvchi qolgan yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmasligi mumkin va buning uchun ushbu yo‘lovchilarga belgilangan tartibda kompensatsiya xizmatlarini ko‘rsatishi hamda ularni navbatdagi qatnovga yoki boshqa tashuvchining qatnoviga joyni band qilish orqali tashishni ta’minlashi lozim. Tashuvchi bu haqda chipta rasmiylashtirish jarayonida yo‘lovchilarni oldindan ogohlantirgan bo‘lishi lozim.
24. Tashuvchi o‘z qoidalarida quyidagi toifalar uchun band qilishning alohida shartlarini o‘rnatishi mumkin:
imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarni, shu jumladan o‘rindiq-aravachada tashiladiganlarni tashishda;
yig‘ilgan ko‘rinishda uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha hajmi 200 sm dan oshgan bagajni, shu jumladan turli xil sport anjomlarini tashishda;
25. Tashuvchi tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan tashishlarni amalga oshirish uchun parvozlar jadvali tasdiqlanadi.
Zarurat bo‘lganda, charter tashishlar uchun ham parvozlar jadvali tasdiqlanishi mumkin, bunda ushbu tashishlar oldindan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
26. Parvozlar jadvalida har bir yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalarining qatnovi, qatnov raqamlari, qatnovlar bajariladigan hafta kunlari, uchish vaqtlari va ularning rusumlari haqida, shuningdek tashuvchi yo‘lovchilarga yetkazilishi lozim deb hisoblangan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
27. Chiptada ko‘rsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumotlar chipta rasmiylashtirilgan kuni amalda bo‘lgan parvozlar jadvalida ko‘rsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumotga muvofiq bo‘lishi kerak.
28. Boshqa shaxslar tomonidan tashuvchi bilan kelishilmagan holda nashr qilingan parvozlar jadvalidagi xato ma’lumotlar uchun tashuvchi javobgar emas.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashuvchi parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga yetkazishi shart.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
30. Yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatish vaqti tashuvchi tomonidan belgilanadi.
31. Chiptasi bor yo‘lovchi jo‘nash aeroportiga yoki tashuvchi tomonidan belgilangan boshqa manzilga, tashuvchi belgilagan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishi lozim.
32. Tashuvchi yo‘lovchilarni zarur vositalar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazishning boshlanish va yakunlanish vaqti haqida xabardor qilishi kerak.
33. Yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishda yo‘lovchi o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.
34. Joyi band qilinganligi tasdiqlangan yo‘lovchi, ro‘yxatga olish punktiga belgilangan vaqtdan kechikib kelib, natijada ro‘yxatdan o‘ta olmasa, bu holda yo‘lovchi qatnovga qo‘yilmaydi. Ushbu yo‘lovchi kechikib kelganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda ko‘rsatilgan yig‘imni to‘laganidan so‘ng, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan boshqa qatnovda tashilishi mumkin.
35. Yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xodimlar, havo kemasiga tashish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan va (yoki) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan (qo‘l yuki) bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan xavfli modda va buyumlar ortilishining oldini olish maqsadida, yo‘lovchidan bagaj tarkibida xavfli modda va buyumlar bor deb shubha tug‘ilgan hollarda, bagajning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilishga haqli.
Chipta yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida rasmiylashtirilib, undan boshqa shaxslarning foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
37. Chiptada chiptani sotilish joyi va sanasi, jo‘nash vaqti, havo kemasining jo‘nash va qo‘nish manzili, barcha oraliq qo‘nish manzillari, tashish shartnomasini bajarishga aloqador bo‘lgan tashuvchilarning nomi hamda tashish shartnomasining boshqa muhim shartlari bo‘lishi kerak.
Chiptaga to‘lov amalga oshirilayotganda parvoz boshlanayotgan, qo‘nish, tranzit yoki uchib o‘tish mo‘ljallangan davlat tomonidan belgilangan tartibga asosan tashuvchi tomonidan yo‘lovchidan qo‘shimcha yig‘imlar undirilishi mumkin.
40. Tashuvchi tashish shartnomasini rasmiylashtirish vaqtida, yo‘lovchini tashishning tasdiqlangan tariflariga kiritilmagan qo‘shimcha yig‘imlar to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. Bunday yig‘imlar tashish shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
41. Tashish uchun tariflar va yig‘imlarni to‘lash tashish xizmati ko‘rsatilayotgan davlatda amal qiluvchi valyuta qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Chipta uchish joyidan tashuvchi bilan kelishilgan barcha to‘xtash manzillari orqali qo‘nish manziligacha haqiqiy hisoblanadi.
43. Yo‘lovchi qatnov bajarilishidan oldin tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan hamda ushbu qatnov uchun parvoz, yo‘lovchi va foydalanilmagan parvoz kuponlari mavjud bo‘lgan chiptani taqdim etmaganda, ushbu yo‘lovchi tashishga qo‘yilmaydi, elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chipta bundan mustasno.
44. Elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chiptadan foydalanilgan hollarda, agar yo‘lovchi o‘z shaxsini tasdiqlovchi va ushbu chipta aynan uning nomiga rasmiylashtirilganligini ma’lumotlar bazasidan aniqlanganligi to‘g‘risida hujjat bo‘lmasa, u qatnovga qo‘yilmaydi.
45. Tashuvchi yoki uning vakolatli agenti chiptani quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topadi va tashishdan bosh tortishga haqli:
chiptada belgilangan tartibda tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar bo‘lsa;
chiptada uni rasmiylashtirgan vakolatli agent nomi, sotish sanasi va joyi haqida agentning shaxsiy (validator) shtampi yoki avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi vositasida amalga oshirilgan belgilar bo‘lmasa;
qalbakilashtirilgan (seriya raqami, joriy etilgan rasmiylashtirish tartibiga rioya etilmagan bo‘lsa, ushbu chipta ko‘rinishidagi belgilarning tashuvchi foydalanadigan yagona nusxadan farqlanishi, chiptada tashuvchi foydalanadigan poligrafik himoya belgilarining bo‘lmasligi va boshqalar) chipta taqdim etilganda.
46. Buzilgan yoki rasmiylashtirishda xatosi mavjud bo‘lgan qog‘oz chipta taqdim etilganda va tashishga qabul qilingan joyda yoki yo‘nalishning keyingi manzillarida ushbu chiptaning haqiqiyligini tasdiqlash talab etilsa, bunda yo‘lovchi tashish shartnomasi haqiqiyligini tashuvchi yoki uning vakolatli agentining tashishga ruxsat yozuvini qo‘yish bilan tasdiqlatganidan keyin, tashishga qabul qilinadi.
47. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan chipta o‘rniga, yo‘lovchining murojaatiga asosan dublikat berilishi mumkin.
Dublikat berish jarayonida yo‘lovchidan yo‘qotilgan chiptani topib olingan taqdirda, uni tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga qaytarish bo‘yicha tilxat olinadi. Agar, yo‘lovchi tilxat berishdan bosh tortganda, tashuvchi unga yangi chipta sotib olishni taklif etishi lozim.
Dublikat uchun belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, chiptaning yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi tashuvchi yoki uning vakolatli agentining aybi bilan yuz bergan hollar bundan mustasno.
48. Yo‘qolgan chipta uchun, yo‘lovchining iltimosiga ko‘ra, belgilangan yig‘im to‘langan taqdirda, chiptaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq chipta uchun to‘langan to‘lov yo‘lovchiga qaytarib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
Chiptaning egasi vafot etgan yoki sog‘lig‘i og‘irlashgan holatlarda yo‘lovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
50. Me’yordagi tarif bo‘yicha rasmiylashtirilgan chipta, tashish boshlangan sanadan boshlab, bir yil davomida, agar tashish boshlanmagan bo‘lsa, chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab, bir yil davomida haqiqiydir.
Maxsus tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptalarni yaroqlilik muddati tashuvchi tomonidan tasdiqlangan tariflarni qo‘llash qoidalari bilan belgilanadi.
Tashuvchi chipta uchun amalga oshirilgan to‘lovni qaytarishda, ushbu chipta sotib olishda qo‘llanilgan to‘lash usuli va pul birligi bo‘yicha qaytarish huquqini o‘zida qoldiradi.
51. Chiptaning amal qilish vaqtida tashish yakunlanmasa, chiptaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytiriladi, agar tashuvchi tomonidan:
tashish davomida yo‘lovchining yo‘nalishida, yo‘lovchi uchun uchib ketish, qo‘nish yoki to‘xtash (“stor-over”) manzili hisoblangan joyda rejalashtirilgan to‘xtash bajarilmasa;
yo‘lovchi tomonidan qatnovlar tutashish joylariga yetib kela olmasligiga sabab bo‘lgan harakatlar qilinsa;
Bunday hollarda chiptaning amal qilish muddati, tashuvchining yo‘lovchi tomonidan dastlab to‘langan tarifiga mos keluvchi xizmat ko‘rsatish toifasidagi bo‘sh joyi bo‘lgan eng yaqin qatnovigacha uzaytirilishi mumkin.
52. Agar yo‘lovchi chiptaning amal qilish muddati davomida tashishdan foydalana olmasa, ya’ni joy band qilishni so‘ragan bo‘lsada, biroq tashuvchi bunday band qilishni tasdiqlay olmagan bo‘lsa, bunday chiptaning amal qilish muddati tashuvchining qoidalariga muvofiq ravishda uzaytirilishi kerak.
53. Tashish boshlanganidan so‘ng, chiptaning amal qilish muddati davomida yo‘lovchini yozma tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan kasalligi tufayli, tashish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq bunday yo‘lovchi chiptasining amal qilish muddati, tibbiy xulosaga ko‘ra yo‘lovchi parvozni davom ettirishga qodir bo‘lgan kundan yoki tashish qayta tiklangan manzildan yo‘lovchi to‘lagan xizmat ko‘rsatish toifasiga mos joyi mavjud bo‘lgan, eng yaqin qatnov amalga oshiriladigan kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Agar chiptada qolgan parvoz kuponlari bir yoki bir nechta “stor-over”ga ega bo‘lsa, bunday kuponning amal qilish muddati tashuvchi qoidalari bilan belgilangan tartibda tibbiy xulosada ko‘rsatilgan kunga qadar uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tashuvchi, zaruratga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida kasal yo‘lovchiga hamrohlik qilayotgan yo‘lovchilarning chiptalarini ham amal qilish muddatlarini uzaytirib beradi.
54. Tashish shartnomasining shartlariga ko‘ra yo‘lovchi yoki uning oila a’zolari yo‘lda vafot etsa, ularning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish sharti bilan yo‘lovchi va unga hamrohlik qilayotgan shaxslarning chiptasini amal qilish muddati o‘zgartiriladi.
55. Tashish yo‘nalishining oraliq manzillarida vaqtinchalik tanaffus va to‘xtash (“stor-over”) holatlariga tashuvchi bilan kelishilgan shartlarda ruxsat beriladi va ushbu holatlar tashish shartnomasining qiymatida hisobga olinishi lozim.
56. Yo‘lovchi chiptani rasmiylashtirayotganda, qaysi bir yo‘nalish manzilida to‘xtashi haqida tashuvchini oldindan xabardor qilmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida tranzit aeroportida yoki tashish yo‘nalishi transferida xabardor qilgan bo‘lsa va ushbu holat parvozning kechikishiga sabab bo‘lsa, yo‘lovchi parvozning kechikkani uchun tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘laganidan so‘ng, parvozni davom ettirishi mumkin. Agar, parvozning kechikishiga yo‘lovchi yoki u bilan birga havo kemasida uchayotgan oila a’zolaridan birining sog‘lig‘ining yomonlashishi yoki to‘xtash manzilidagi fors-major holatlari sabab bo‘lsa, bunday holatda yo‘lovchidan yig‘im undirilmaydi, bunda sog‘liqni yomonlashganlik holati tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi kerak.
57. Tashuvchi o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarga ko‘ra, oraliq aeroportda tashishni davom ettira olmagan taqdirda, yo‘lovchilarni ularga qulay bo‘lgan muddatlarda va shartlarda o‘zining navbatdagi qatnovi bilan harakatlanayotgan havo kemasida yoki boshqa tashuvchining havo kemasida, qo‘shimcha to‘lovlarsiz jo‘natishi lozim.
59. Tashish shartnomasi yo‘nalishning istalgan manzillarida, quyidagi hollarda majburiy ravishda o‘zgartiriladi:
Tashishning majburiy ravishda o‘zgartirilishi tashishning boshlanish vaqti va (yoki) muddati, tashuvchining, tashish yo‘nalishining, xizmat ko‘rsatish toifasining o‘zgartirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
60. Tashish shartnomasi majburiy ravishda o‘zgartirilganda, tashuvchi quyidagilarni bajarishga majbur:
a) yo‘lovchini qo‘nish manziliga o‘zining boshqa muntazam qatnovida yoki boshqa tashuvchining bo‘sh joyi bo‘lgan qatnovida, tez fursatda, qo‘shimcha to‘lovlar olmagan holda, zarurat bo‘lganda yuqori xizmat ko‘rsatish toifasida va yo‘lovchi uchun qulay bo‘lgan boshqa shartlarda yetkazish;
v) yo‘lovchi tomonidan to‘langan xizmat ko‘rsatish toifasining o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, agar xizmat ko‘rsatish toifasining bunday o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda:
xizmat ko‘rsatish toifasi pastroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda, tashuvchi yo‘lovchiga yo‘nalishning xizmat ko‘rsatish toifasi o‘zgargan qismidagi (qismlaridagi) tariflar va yig‘imlar farqini qaytaradi;
xizmat ko‘rsatish toifasi yuqoriroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda va tashish narxi oshganida yo‘lovchidan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi;
g) bajarilmagan tashish uchastkasi uchun, pul qaytarilishi bilan, yig‘imlar olinmagan holda, chiptaning majburiy qaytarilishini ta’minlash.
61. Yo‘lovchi talabi bilan, tashish yo‘nalishining har qanday manzilidagi o‘zgarish tashish shartnomasining ixtiyoriy ravishda o‘zgartirilishi hisoblanib, ushbu o‘zgartirish tashish yo‘nalishining, xizmat ko‘rsatish toifasining yoki tarifining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
62. Yo‘lovchi tomonidan tashish uchun to‘langan to‘lovlar tashuvchi tomonidan majburiy tartibda qaytarilish hollarida, qaytariladigan pul miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
agar chiptaning hech bir qismidan foydalanilmagan bo‘lsa, qaytariladigan pul miqdori to‘langan tarif va yig‘imlarga teng bo‘lishi kerak;
agar chiptadan qisman foydalanilgan bo‘lsa, qaytariladigan pul miqdori to‘langan tarif va tashish amalga oshirilgan manzillar oralig‘idagi tashishga to‘langan tarif o‘rtasidagi farqga teng bo‘lishi kerak.
63. Agar yo‘lovchi tashish shartnomasining har qanday shartini (qatnov, uchish sanasi, yo‘nalishi, xizmat ko‘rsatish toifasi, chiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati va hokazo) ixtiyoriy ravishda o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, bu to‘g‘risida tashuvchini xabardor qilishi lozim. Bunda tashuvchi tashish shartnomasining yangi shartlari bo‘yicha tarifni hisoblashi kerak, agar tashish shartnomasining bunday ixtiyoriy o‘zgarishidan tashish qiymati oshadigan bo‘lsa, unda yo‘lovchi birinchi narxdagi miqdor bilan yangi narxdagi miqdor o‘rtasidagi farqlarni to‘lashi kerak. Agar bu o‘zgarish natijasida, yangi tashishning qiymati birinchi to‘langan narxdan past bo‘lsa, unda tashuvchi yo‘lovchiga tashish qiymatidagi farqni qaytarishi kerak.
64. Tashish bilan bog‘liq belgilangan tariflar va yig‘imlarning miqdoriga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, ushbu o‘zgartirishlar ular kiritilgunga qadar tuzilgan tashish shartnomalariga tashish boshlanish vaqtiga qadar tatbiq etilmaydi.
Agar tashish boshlanishiga qadar yo‘lovchining xohishi bilan tashish shartnomasiga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, yangi tashish sanasidagi tarif va yig‘imlarning miqdori asosida qaytadan chipta rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tashuvchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari hamda tashuvchining tashish qoidalariga asosan yo‘lovchilarning ayrim toifasiga tashish bilan bog‘liq imtiyozlar berishi mumkin.
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
66. Imtiyozli uchish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi, berilgan havo transportida imtiyozli tashishga nisbatan, yuqoriroq xizmat ko‘rsatish toifasi salonida uchishni xohlasa, bunday yo‘lovchi xizmat ko‘rsatish toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
67. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan imtiyozli uchish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tashish hujjatini rasmiylashtirish, ularning shunday imtiyozga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
68. Tashuvchi o‘zining tashish qoidalarida quyidagi toifalar uchun tashishning alohida shartlarini o‘rnatishi mumkin:
imkoniyatlari cheklangan, shu jumladan o‘rindiq-aravachada tashiladigan yo‘lovchilar yoki o‘zlarining harakatlanishlari uchun maxsus uskunalardan foydalanuvchi yo‘lovchilar;
69. Tashuvchi o‘zining tashish qoidalarida alohida toifadagi yo‘lovchilar uchun maxsus xizmat ko‘rsatish talablarini belgilashi lozim.
71. Bagaj sifatida tashiladigan buyumlar, bagajni but saqlashni ta’minlaydigan maxsus o‘ramga o‘ralib, tashish uchun qulay bo‘lgan ushlagichga ega bo‘lishi kerak.
72. Tashuvchi boshqa yo‘lovchilarning bagajiga yoki tashuvchining uskunasiga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan uchi o‘tkir qismli bagajlarni tashishga qabul qilishni rad qilish huquqiga ega.
73. Tashuvchi havo kemasi uchun o‘rnatilgan tijorat yuklanishi belgilangan me’yordan va (yoki) bagajlarning hajmi havo kemasining bagaj-yuk bo‘linmalari sig‘imidan oshganda, tashuvchi me’yordan oshgan bagajni tashish uchun qabul qilishni cheklash yoki qabul qilmaslik huquqiga ega.
74. Tashuvchi o‘rami talabga javob bermaydigan, yo‘qolish xavfi bo‘lgan, nosoz holatdagi bagajlarni havo transportida tashishga qabul qilmasligi mumkin. Biroq, yo‘lovchining iltimosiga binoan tashuvchi tashish talabiga javob bermaydigan va nosoz holda o‘ralgan bunday bagajga o‘zining javobgarligini cheklagan holda qabul qilishi mumkin.
Tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj uchun yo‘lovchiga raqam yozilgan bagaj birkasini identifikatsiya (tanib olish) qilish uchun berishi shart.
yo‘lovchining tasdiqlangan band qilingan joy manzili yoki so‘rov qilingan tutash qatnov manziligacha;
agar tashuvchi transfer bagajini tashishni ta’minlamasa, bir aeroportdan ikkinchisiga bagajni tashish zarur bo‘lgan tutash manziligacha;
ushbu tashishga berilgan hamma chiptalarni hisobga olib, yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilgan oxirgi manzilgacha.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Yo‘lovchiga havo kemasi salonida qo‘l yukidan tashqari o‘zining zarur ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan shaxsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda o‘qish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yo‘l beshigi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘rindiqli aravacha yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruxsat beriladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
79. Havo kemasining xizmat ko‘rsatish toifasidan kelib chiqib, tashuvchi tomonidan belgilangan og‘irligi, miqdori, hajmiga qo‘yilgan me’yor doirasida, yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajlarini bepul tashishga haqli.
Bagajni tashish me’yori bagaj vazni orqali kilogrammlarda, bagaj egallaydigan maydonga qarab belgilanadi.
80. Tashuvchi tomonidan belgilangan bepul tashish me’yoridan ortiq bo‘lgan bagajlar hamda maxsus toifadagi bagajlar (hayvonlar va qushlar, sport anjomlari, og‘ir vazndagi va hajmi katta bagajlar hamda boshqalar) tashuvchi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha to‘lovlar to‘langandan keyin tashishga qabul qilinadi va bu haqda to‘lov kvitansiyasi rasmiylashtiriladi.
81. Qatnovni bajarayotgan havo kemasi turidan foydalanishda cheklovlar mavjud bo‘lsa hamda havo kemasi bo‘sh tashish sig‘imiga ega bo‘lmasa, tashuvchi belgilangan me’yordan ortiq bagajni tashishni cheklashi mumkin.
82. Havo kemasining salonida yo‘lovchining kuzatuvi ostida tashiladigan qo‘l yukining me’yori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
83. Xizmat ko‘rsatish toifasi majburiy ravishda o‘zgartirilgan vaqtda, yo‘lovchi oldingi xizmat ko‘rsatish toifasida belgilangan me’yor bo‘yicha bagajni bepul tashish huquqini saqlab qoladi.
84. Yo‘lovchi tomonidan xizmat ko‘rsatish toifasi ixtiyoriy ravishda o‘zgartirilganda, yo‘lovchi almashtirilgan xizmat ko‘rsatish toifasida belgilangan me’yor bo‘yicha bagajni bepul tashish huquqiga ega.
85. Tashish turli yo‘nalishlarda amalga oshirilganda va yo‘nalishning har bir manzilida xizmat ko‘rsatishning turli toifalari bajarilganda, har bir manzil uchun yo‘lovchi to‘lagan mablag‘ hisobidan belgilangan bagaj me’yorida bepul tashishga ruxsat beriladi.
86. Yo‘lovchi tomonidan kuzatilmaydigan bagaj, tashishga yuk sifatida qabul qilinadi. Bunday toifadagi yuklar yo‘lovchining chiptasida ko‘rsatilgan, manzillar oralig‘ida (aeroportlar orasida) tashish uchun qabul qilinadi va tashish uchun standart yuk xati bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
87. Yo‘lovchi ishtirokida bagajni tashishga qabul qilish vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida parvoz boshlangan va tugallangan davlatning bojxona qoidalariga asosan olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan buyumlar, narsalar, moddalar, mahsulotlarning borligini bilish uchun bagaj tekshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
88. Chiptada ko‘rsatilgan qatnovning uzilishi sodir bo‘lganda, tashuvchining talabiga asosan yo‘lovchi qo‘l yukini havo kemasi salonidan o‘zi olib chiqishi shart.
89. Quyidagi buyumlar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydi:
yo‘lovchilar, havo kemasi, havo kemasi bortidagi yo‘lovchilar va tashuvchiga qarashli boshqa mulkka xavf solishi mumkin bo‘lgan narsalar va moddalar;
bagaj uchun hajm me’yori bilan tashuvchi belgilagan qoidalardan ortiq bo‘lgan hamda tashish imkoniyati bo‘lmagan narsalar;
Oldingi tahrirga qarang.
tashish amalga oshiriladigan davlat hududidan, hududiga yoki hududi orqali, shu davlatning qonunchilik hujjatlari bo‘yicha tashish uchun man etilgan narsalar.
(89-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
90. Bagaj tashishda xavfsizlik talablariga va tashish shartnomasiga rioya etishni ta’minlash maqsadida, tashuvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
bagajning shikastlanishi, yo‘qolishi yoki nobud bo‘lishidan saqlash maqsadida, uni tegishli o‘ramlarda tashish zarurligi to‘g‘risida yo‘lovchilarga ma’lumot berish;
tashish man etilgan xavfli narsalar to‘g‘risida yo‘lovchilarga ma’lumot berish. Bunda, tegishli ma’lumotlar yo‘lovchilarga chiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanguniga qadar yoki boshlanganida tashuvchining ma’lumot saytlari, chiptalar sotiladigan hamda yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish joylarida osib qo‘yiladigan e’lonlar orqali yetkazilishi lozim;
bagajni tashishga tayyorlash vaqtida qo‘llanilayotgan texnologik uskunalarning (tarozi, tasma transportyorlari, bagaj aravachalari, konteynerlar, pallet va boshqalar) holatini muntazam ravishda tekshirib turish;
yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida bagaj birkalariga begona shaxslarning yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazib turish va ularning tasdiqlovchi hujjatlarini yuritish.
91. Tashuvchining erda xizmat ko‘rsatuvchi agentlari bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan buyumlarni havo kemasiga ortilishini oldini olishlari kerak.
92. Tibbiy guvohnomalar, rentgen suratlari, negativlar, o‘ta qimmatli va mo‘rt narsalar, pullar, kredit kartochkalari, qimmatbaho qog‘ozlar va hujjatlar, qimmatbaho metallar, toshlar, marvaridlar va undan qilingan mahsulotlar yo‘lovchining kuzatuvida tashilishi kerak.
93. Tashuvchi quyidagi toifadagi bagajlarni tashishda o‘zining alohida qoidalarini o‘rnatishga haqli:
hayvonlar (uy itlari, mushuklar va qushlar), shu jumladan ko‘r va kar yo‘lovchilarni kuzatuvchi o‘rgatilgan yetaklovchi-itlar;
avtoruchkalar, flakonlar, sigaretlar uchun yondirgichlar va ma’lum balandlikda tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan gazli boshqa idishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(93-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(93-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
94. Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Xavfli yuklarni havoda tashish bo‘yicha texnik yo‘riqnomalari (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2016-yil 10-avgustdagi 83-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-2, 12.08.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 394-modda)
95. Yo‘lovchining bagaj sifatida tashilishi taqiqlanmagan buyumlari, agar ularni havo kemasining salonida tashish muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishiga shubha tug‘ilganda, ushbu buyumlar havo kemasi xavfsizligiga tahdid solmasa, bagaj-yuk bo‘linmasida tashiladigan bagajga joylashtiriladi yoki yo‘lovchiga keyinchalik qaytarib berish sharti bilan aeroportning vakolatli organi yoki tegishli tashuvchining omborxonasida saqlash uchun topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Fuqaroviy qurol, xizmat quroli, jangovar qurol va o‘q-dorilarni tashish shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda milliy an’anaviy kiyimlarga taqiladigan, shuningdek ilgari yodgorliklar sifatida sotuvda bo‘lgan shamshirlar va pichoqlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi yoki parvoz vaqtida tashuvchining qoidalariga binoan olinib ekipajga topshiriladi.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
98. Tashuvchi parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo kemasi salonida tashish uchun ruxsat berilgan buyumlardan (masalan, uyali telefon, ixcham kompyuter, magnitofon, radio, “SD” eshitish jihozi, elektr o‘yinlari yoki radiouzatgich, boshqariladigan o‘yinchoq va shu kabilar) foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin, yomon eshituvchilar uchun eshitish apparatlari va yurak urishini elektr muntazamlovchi yordamchi apparatlardan foydalanish bundan mustasno.
99. Yo‘lovchi o‘zining tashuvchi javobgarligiga topshirgan bagajini bagajni ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish punktida berilgan, uziladigan bagaj birkasining taloni asosida havo kemasi qatnovining manzil punktiga kelganidan keyin oladi.
100. Tashuvchi bagajning uziladigan talon birkasining egasi haqiqatdan ham bagajni olishga huquqi borligini tekshirishi shart emas, bunday tekshirishni o‘tkazmasdan bagajni berib yuborishi natijasida yo‘lovchiga tushgan xarajat yoki ziyon uchun javobgarlikni olmaydi. Agar bagajni olish uchun talabgor yo‘lovchi tomonidan bagaj birkasining uziladigan taloni taqdim etilmasa, u holda yo‘lovchiga bagaj faqat uning bunday bagajni olish uchun tegishli darajada huquqi borligini isbotlovchi dalillar keltirish sharti bilan beriladi.
101. Kuzatilmaydigan bagaj yo‘lovchiga yoki uning vakolatidagi shaxsga yuk xatini ko‘rsatganidan keyin beriladi.
102. Manzil punktiga yetib kelmagan bagajlar, shikastlangan va kamomadi bor bagajlar bo‘lgan hollarda yoki tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi talablari buzilgan boshqa hollarda, tashuvchi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha, tashishning buzilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilishi shart. Dalolatnomaning bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.
103. Yo‘lovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yo‘nalishidagi birinchi yoki oxirgi tashuvchiga zararni qoplash to‘g‘risida da’vo qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
104. Tashuvchining qoidalarida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tashuvchi bagaj tashish shartnomasi talablarini buzgan hollarda bagajni va uning egasini qidirishni tashkil qilishdan tortib to yo‘lovchi tomonidan olinmagan bagajni saqlash, tashish shartnomasi talablari buzilishi bo‘yicha da’volarni ko‘rib chiqish, shikastlangan, yo‘qolgan yoki ushlab qolingan bagaj uchun kompensatsiya (o‘rnini qoplash) pulini to‘lash belgilab qo‘yilishi lozim.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1041. Uchib kelgan reys yo‘lovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yo‘q qilinadi.
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
(1041-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1042. Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yo‘q qilinishi lozim. Bunda aeroportning bagaj qidiruv xizmati xodimlari tomonidan bojxona xizmati vakili ishtirokida talab qilib olinmagan bagaj ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. Buzilgan narsalar olib tashlangandan so‘ng, bagajda qolgan narsalar ro‘yxati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi. Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va o‘lchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar ro‘yxati dalolatnomaga ilova qilinadi.
(1042-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1043. Saqlash muddati tamom bo‘lgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ishida aeroport bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etadi. Bunda talab qilib olinmagan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan bagajlarning ro‘yxati aeroportning bagaj qidiruv xizmati tomonidan tuziladi va Komissiyaga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatga Talab qilib olinmagan bagajni ro‘yxatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan e’lon nusxalari, bagajni saqlashga qabul qilish bo‘yicha dalolatnoma nusxasi ilova qilinadi.
(1043-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1044. Taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgach, Komissiya a’zolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni xususiyatlariga ko‘ra ajratib, yo‘q qilish uchun qoplarga joylaydi. Bunda Komissiya a’zolari bir martalik qo‘lqoplar va maska-respiratorlar bilan ta’minlanishi shart. Yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi.
(1044-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1045. Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur dalolatnoma Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda aeroport direktorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur dalolatnomada yo‘q qilish uchun ajratilgan bagajlar soni, bagajlarning ichidagi predmetlar ro‘yxati hamda yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi kerak.
(1045-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1046. Komissiyaning bagajni yo‘q qilish haqidagi qarori bagajdagi predmetlarni yo‘q qilish uchun asos hisoblanadi. Yoqish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar mexanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan so‘ng, yo‘q qilinadi.
(1046-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1047. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar yo‘q qilinmaydi. Bunday predmetlar bo‘yicha Komissiya a’zolari tomonidan ikki nusxada ularning vazni va alohida belgilari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuziladi. Mazkur ro‘yxat Komissiya a’zolari va Komissiya ishida ishtirok etgan aeroportning bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan imzolanadi. Aeroport direktori tomonidan ro‘yxat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi shart.
(1047-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1048. Bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.
(1048-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
105. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan va hududidan chiqib ketayotgan yoki tranzit bilan o‘tayotgan barcha havo kemalari, ularning ekipajlari va yo‘lovchilari hamda ularning mulklari uchun pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
106. Yo‘lovchi tashish amalga oshirilayotgan uchib ketish, tranzit va manzil davlatining qonunchilik hujjatlari talab qiladigan barcha amaldagi tashish hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Tashuvchi yo‘lovchining keyinchalik tranzit yoki manzil mamlakatidan chiqarib yuborilishini oldini olish maqsadida, yo‘lovchi tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmasa yoki bu hujjatlar belgilangan talabga javob bermasa, bunday yo‘lovchiga tashishni rad etish huquqiga ega.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
107. Yo‘lovchi uchishdan oldin aeroportda yoki havo kemasida unga tegishli bagajni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish uchun ochish paytida ishtirok etishi shart. Tashuvchi bu tekshirishni amalga oshirish yoki yo‘lovchi bunday tekshirish talablariga rioya qilmagani, shuningdek uchib ketish, tranzit yoki manzil davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmaganliklari oqibatida vujudga kelgan bagaj tarkibidagi buyumlarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun javob bermaydi.
108. Yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, aeroport xizmatchilari va tashuvchilar tomonidan aviatsiya xavfsizligi uchun o‘tkaziladigan har qanday nazorat talablarini bajarishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Tashuvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda tranzit hududlarini tashkil qilish yoki boshqa usullarni qo‘llash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi aeroportiga bir davlatdan uchib keladigan va shu kunning o‘zida shu aeroportning o‘zidan, shu qatnovni yoki boshqa qatnovni bajaruvchi havo kemasida uchinchi davlatga uchib ketadigan yo‘lovchilar va ularning bagajlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq kelib tushgan aeroportda vaqtincha qolishlari mumkin bo‘ladigan sharoitlarni yaratishi kerak.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Tashuvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan birgalikda, sutkaning tungi vaqtida, zarurat bo‘lganda, oraliq aeroportida havo transportida tashish shartnomasida belgilangan vaqtdan ko‘proq ushlanib qolgan xalqaro tranzit yo‘lovchilariga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida aeroportni tark etishga ruxsat berish choralarini ko‘rishi kerak.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
111. O‘zbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yo‘lovchiga kirish huquqi man etilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi uchun javobgarlik kirishi man etilgan yo‘lovchini olib kelgan tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
112. Agar yo‘lovchiga biror davlatga kirish uning tegishli davlatlarning qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi yoki talab qilingan hujjatlari bo‘lmagani sababli, man etilgan bo‘lsa, tashuvchi yo‘lovchini orqaga qaytarib tashish bilan bog‘liq har qanday transport va boshqa xarajatlarni amalga oshirishga majbur bo‘lsa, unda tashuvchi yo‘lovchining chiqib ketishi bilan bog‘liq transport xarajatlarini undan undirish huquqiga ega. Bunda tashuvchi yo‘lovchi chiptasining foydalanilmagan qismidan o‘zining xarajatlarini qoplash maqsadida foydalanishi mumkin.
(112-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
113. Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan bog‘liq jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun javobgarlikni olmaydi.
114. Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida texnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u jo‘natilgan manzilga yetkazib berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
115. Zarurat bo‘lsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish xizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruxsat beriladi.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 24-iyuldagi 116-H-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-3, 27.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 10/18/2238-3/1581-son)
Oldingi tahrirga qarang.
116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va Havo kodeksi bilan tartibga solinadi.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1161. Havo transportida tashish yo‘lovchilar va bagaj aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qo‘nish joyida bo‘lishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo‘lgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.
(1161-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
117. Tashuvchi yo‘lovchilar bilan o‘zining javobgarlik doirasini O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda), qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan normalarga nisbatan oshirish to‘g‘risida bitimlar tuzishi mumkin.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
118. Tashuvchi parvoz chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni ko‘rganligini yoki bunday choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Agar yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuvi qaytarib bo‘lmas kuch natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy normalariga muvofiq zarar uchun to‘lanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
119. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
120. Agar yo‘lovchining yonidagi buyumlar yo‘qolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yo‘qotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
121. Bagaj tashishda zarar ko‘rgan yo‘lovchi, bu zararni o‘zining xatti-harakati tufayli ko‘rgan bo‘lsa, bu hollar tashuvchi tomonidan isbotlansa, unda tashuvchining javobgarligi chegaralanadi yoki u javobgarlikdan ozod qilinadi.
122. Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning o‘limi yoki uning sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli ro‘y bergan bo‘lsa, tashuvchi javobgar bo‘lmaydi.
Hayvonlarning o‘limi yoki jarohatlangani uchun, agar bu ko‘ngilsizlik tabiiy sabablarga ko‘ra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, tashuvchi javobgar bo‘lmaydi.
123. Tashuvchi tashish shartnomasini bajarishda yo‘l qo‘ygan nuqsonlar yoki o‘zining xodimlari tomonidan ularning xizmat vazifalarini bajarish paytida atayin qilingan xatti-harakatlar uchun yo‘lovchi va ularning bagajini birgalikda tashishda qatnashgan boshqa tashuvchilar oldida, agar bu holat isbotlansa, javobgardir.
124. Agar tashish bir necha tashuvchilar tomonidan amalga oshirilsa, bagajga keltirilgan ziyon sababi qaysi tashuvchining uchastkasida sodir bo‘lganligi aniqlanmaganda, javobgarlik har bir tashishda qatnashuvchi tashuvchining tashish uchastkasining uzunligiga qarab belgilanadi.
125. Tashuvchining aybi bilan yo‘lovchining kuzatuvida bo‘lgan buyumlarga zarar yetkazilganda va bunda tashuvchining aybi isbotlanganda, tashuvchi belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
126. Bagaj yoki yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
tashish uchun olingan qiymati e’lon qilingan bagajning yo‘qolgani yoxud kamomadi uchun — e’lon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi e’lon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi.
(126-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
127. Bagaj yoki yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy og‘irligi e’tiborga olinadi. Agar yetkazilgan zarar bitta bagaj kvitansiyasi bo‘yicha boshqa yo‘lovchilarning bagaji va boshqa buyumlariga zarar yetkazganda, bunda yetkazilgan zararni qoplash miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy og‘irligi ham e’tiborga olinadi.
128. Agar bagaj kvitansiyasida bagajning og‘irligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ro‘yxatga olingan bagajning umumiy og‘irligi, tegishli xizmat ko‘rsatish toifasiga taalluqli bepul tashishga qabul qilinadigan me’yordan oshmagan deb hisoblanadi va tashuvchining javobgarligi shu doirada belgilanadi.
129. Bagajning yo‘qolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligini aniqlashning iloji bo‘lmaganda, yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik doirasi ushbu bagajning o‘rtacha og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi.
130. Tashuvchi quyidagi hollarda ro‘yxatga olingan bagajni belgilangan manzilga yetkazishda kechikkanligi sababli yetkazilgan zararlar uchun to‘lovlarni rad qilish huquqiga ega:
bagajning ichida bo‘lgan zarur hujjatlar yoki boshqa buyumlarning kechikishi natijasida yo‘lovchi tomonidan ko‘riladigan zararlar uchun;
yo‘lovchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi yoki aeroportda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bagajning kechikkanligi natijasida yetkazilgan zararlar uchun;
yo‘lovchining aybi bilan bagaj tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq tashishga tayyorlanmagan holda topshirilganligi natijasida kelib chiqadigan zararlar uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1301. Rasmiylashtirilgan chipta va oldindan band qilingan joyga ega bo‘lgan yo‘lovchiga tashuvchi tomonidan havo kemasidan joy berish rad etilgan bo‘lsa va bu yo‘lovchining belgilangan vaqtdan ortiq uchish punktida ushlanib qolishiga sabab bo‘lsa, yo‘lovchiga yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan kompensatsiya to‘lovi yoki bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish orqali qoplanadi.
Kompensatsiya to‘lovini to‘lash tartibi va miqdori tashuvchi tomonidan fuqarolik qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, shuningdek jo‘nab ketish yoki tranzit mamlakatning qonun hujjatlari va xalqaro tijorat ittifoqlarining talablari asosida belgilanadi.
1302. Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
1303. Yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladi:
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash;
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;
yo‘lovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun to‘langan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida to‘lab berishni talab qilsa;
yo‘lovchi tashuvchining chipta olish va ro‘yxatdan o‘tishga kelish muddatlari bilan bog‘liq talablariga rioya qilmasa;
reysda yo‘lovchiga uni chiptasida ko‘rsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qo‘shimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa;
(VIII1-bob O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
132. Yo‘lovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishdan oldin uning oldiga talab qo‘yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, bagaj tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo‘lovchining o‘limi yuz bergan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yo‘nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.
(132-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
133. Xalqaro havo transportida tashish bo‘yicha talab va da’volarni berish muddati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va “Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida”gi Varshava Konvensiyasi (1929-yil) bilan belgilanadi.
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qo‘yish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 124-moddasi bilan belgilanadi.
134. Tashuvchining mulkiy javobgarligi, tashish shartnomasining buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Tashish shartnomasining buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bagajni berish vaqtida, bagajning kelmagani, kamomadi yoki shikastlanganligini tasdiqlash uchun tuziladi.
Tashish shartnomasining buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning bo‘lmasligi yo‘lovchini talab va da’vo qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
135. Yo‘lovchi yoki uning vakili yo‘lovchini va bagajini havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqiga egadir.
Yo‘lovchining vafoti yoki sog‘lig‘i yomonligi sababli talab va da’voni tashuvchiga o‘zi ko‘rsata olmaydigan hollarda, bunday da’voni qonunchilik asosida ko‘rilgan zararni qoplash huquqiga ega bo‘lgan shaxs ko‘rsatadi.
136. Tashuvchi O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) va xalqaro shartnomalariga asosan talab va da’volarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
137. Yo‘lovchilar uchun aeroportlarda tashish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni olish uchun axborot xizmati tashkil etilishi lozim.
138. Aeroportlarning erdagi xizmatlari tashishni amalga oshirishda bir sutkalik parvozlar rejasi va tasdiqlangan texnologik ish jadvaliga rioya etishlari lozim.
139. Tashuvchi, uning erdagi xizmat ko‘rsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan har bir yo‘lovchining uchishi bilan bog‘liq xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti oltmish daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
140. Tashuvchi, uning erdagi xizmat ko‘rsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan uchib kelgan har bir yo‘lovchining qo‘nish bilan bog‘liq belgilangan xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti qirq besh daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
141. Aeroportga kelgan havo kemasida bagajning qolib ketishi yoki bagaj unutib qoldirilgan hollarda, bunday bagaj talab qilinmagan bagajlarni saqlash uchun belgilangan qoidalarning shartlariga ko‘ra bagaj qidiruv xizmatiga saqlashga topshiriladi. Unutib qoldirilgan bagajni, egasi chiqmagan bagajni saqlash xonasiga yetkazish, tegishli aeroportlarda tashuvchining qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
142. Aeroportda yo‘lovchilarga zarur xizmat ko‘rsatish majmuasi tashkil etilishi kerak. Aeroportning aerovokzallarida ro‘yxatdan o‘tkazish (ustunlari) zallari, chiptalarni sotish kassalari, ma’lumot beruvchi xizmat, omonat saqlash xonalari, ona va bola xonalari, do‘konlar, dorixonalar, aloqa va telegraf xizmati, valyuta almashtirish shohobchalari, shuningdek zarur bo‘lganda tibbiy yordam, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi lozim.
143. Aeroportlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarga alohida yordam ko‘rsatilib, keng ommaga ko‘rsatiladigan oddiy xizmatdan qulayroq, kafolatlangan xizmat ko‘rsatilishi kerak. Bino, inshootlar va xizmat ko‘rsatish hududiga kiriladigan yo‘llar va xizmatning barcha turlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarning harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan talablarga javob berishi kerak.
144. Aeroportlar texnologik reglament va jadval asosidagi xizmatni ko‘rsatish uchun, yo‘lovchilar va ularning bagajlarini rasmiylashtirish, bagajlarni tayyorlash va yuklash, uchib kelgan yo‘lovchilarni kutib olish, havo kemasidan bagajni tushirish va topshirish, shuningdek uchish va qo‘nish bilan bog‘liq erdagi xizmat ko‘rsatishning boshqa texnologik amaliyotlarini bajarish uchun, zarur texnologik jihozlar va aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi, shu bilan birga aeroportning oddiy tartibda ishlashi uchun imkon beradigan miqdorda maxsus xizmat va texnologik zonalarga ega bo‘lishi kerak.
145. Parvoz qatnovlariga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan barcha uskunalar ishga tushirilishidan oldin ularning sozligi tekshirilishi kerak.
146. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.