Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XOʻJALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKOʻL TERI SOTILIShINI TAʼMINLOVChI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKA VA VILOYAT UYuShMALARINI TUGATISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishda ularning mustaqilligini kengaytirish maqsadida:
1. Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalari muassis-xoʻjaliklarining ularni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Muassislar uyushmalarning qonunda belgilangan tartibda tugatilishini taʼminlasinlar.
2. “Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-oktabrdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 17-may,
PF-1157-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 91-modda)