Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 13.06.2011 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buyurtmachi funksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — ushbu maqsadlar uchun tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatiga, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini, shu jumladan birgalikda foydalaniladigan oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini jihozlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda har yili 1-oktabrgacha navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini hamda tender (tanlov) savdolari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-dekabrgacha oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda birgalikda foydalaniladigan oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini jihozlash uchun zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari va ilmiy jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnikasi, mebel va sport anjomlari xarid qilish yuzasidan tender (tanlov) savdolarini amalga oshiriladigan qurilish va taʼmirlash ishlari muddatlari bilan bogʻliq holda oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda ishlarning loyihalashtirish bilan aynan bir vaqtda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligiga alohida eʼtibor qaratgan holda, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, loyihalash, qurish va taʼmirlash ishlari sifati monitoringi natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda oliy taʼlim muassasalarining qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiyan muvofiq holda qabul qilishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-iyundagi 172-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturini amalga oshirish uchun tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlash uchun jalb etiladigan xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro donorlar grantlari, vasiylar va mamlakatimizdagi homiylar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar Jamgʻarmaga har oyda, oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini, shu jumladan birgalikda foydalaniladigan oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojga qarab ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro moliya tashkilotlari hamda donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari, homiylarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mablagʻlari Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisob raqamlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ochiladigan gʻaznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturini amalga oshirish doirasida Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda birgalikda foydalaniladigan oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini mebellar, zamonaviy oʻquv-laboratoriya va ilmiy uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlashni (keyingi oʻrinlarda jihozlash deb ataladi) moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) taqdim etish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda choraklar va oylar boʻyicha taqsimlagan holda uning bir yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga, moliyalashtirish manbalari bilan bogʻlagan holda, asosiy yoʻnalishlar (qurish, rekonstruksiya qilish mukammal taʼmirlash va jihozlash) boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishga doir takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli roʻyxatlari bajarilishini tahlil qiladi va uning monitoringini olib boradi hamda tegishli materiallarni Maxsus komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, joylarga borgan holda, oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini shakllantirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oylar boʻyicha roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun — Davlat budjetidan va boshqa manbalardan, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari, homiylar va mamlakatimiz xayr-saxovat qiluvchilari mablagʻlari jalb etilishidan tushumlar prognozlarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-iyulgacha Moliya vazirligiga kelgusi yil uchun Jamgʻarmaning barcha yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlari prognozini hamda oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli roʻyxatlari loyihalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaga tushadigan prognozlashtiriladigan mablagʻlar doirasida, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kelgusi yil uchun oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli roʻyxatlarining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradi va 1-avgustgacha uni Maxsus komissiyaga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilarga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga) kelgusi yil uchun ularga belgilangan xarajatlar hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 5 kun mobaynida yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladigan Moliya vazirligining Gʻaznachiligi shaxsiy hisob raqamlari orqali Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisob raqamidan sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan tegishli xarajatlar smetalari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha tender (tanlov) savdolari natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari obyektlarini jihozlash boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov savdolari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha qatʼiyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida va oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha qurilishlarning tasdiqlangan aniq manzilli roʻyxatlariga muvofiq xarajatlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalari hisobga olingan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatining, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida qurishning prognozlashtirilayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorida avans toʻlovlarini teng ulushlarda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan avansni proporsional ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan 5 foizni pudratchiga shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy taʼlim muassasalarini jihozlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida va Moliya vazirligining Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilgan tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma umumiy summasining 30 foizi miqdorida avans toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berishning amaldagi hajmidan kelib chiqib, har oyda joriy moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mablagʻlarni (shu jumladan tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlarni bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan olingan mablagʻlarni) xarajatlar smetasisiz, shuningdek Jamgʻarma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga sarflash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning aniq manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar joriy moliyaviy yil yakunlari boʻyicha, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari muvozanatliligini taʼminlashni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda navbatdagi moliyaviy yilda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma hisob raqamlaridan mablagʻlarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun oʻtkazish va vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobini yuritish, hisobot berish va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarfi boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek hisobot tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, shuningdek jihozlash uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar va toʻlangan mablagʻlar, amalda yetkazib berilgan mebellar, oʻquv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnikasi va sport anjomlari, shu jumladan toʻlangan mablagʻlar, shuningdek ularning boshlangʻich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (xizmatlarga) muvofiqligi toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlariga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 248-modda)