Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 22-mayda 227-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inspeksiya o‘tkazuvchi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tijorat banklari va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” (yangi tahrirda) (ro‘yxat raqami 889, 2000-yil 4-fevral) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv)lar o‘tkazadi.
2. Banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklar va ularning filiallarini haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos bo‘lgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali o‘rgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlang‘ich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
4. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar va ularning filiallari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
banklar va ularning filiallarini moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud bo‘lgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi ta’minlanganligini aniqlash va baho berish;
banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan me’yorlarning to‘g‘ri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’sirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligiga baho berishda “CAMEL(S)” tizimiga muvofiq holda tekshirish;
banklar va ularning filiallarida buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini to‘g‘ri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning ta’sirini alohida tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
oxirgi inspeksiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini ta’minlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
banklar va ularning filiallarida ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma banklar va ularning filiallari faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tekshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmaning banklar va ularning filiallarida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti faqat Markaziy bank tomonidan o‘zining tarkibiy bo‘linmalariga banklar va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish maqsadida beriladi, inspeksiya (tekshirish) hisobotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish hollari bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Banklar va ularning filiallarida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan taftishlarni hamda moliyaviy hisobotlarning tashqi audit tekshiruvini o‘tkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Banklarda kompleks inspeksiya (tekshirish) masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan o‘tkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish o‘tkazilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
15. Inspeksiya (tekshirish) muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda inspeksiya (tekshirish) muddati Markaziy bank farmoyishi asosida uzaytirilishi mumkin.
16. Inspeksiya (tekshirish) muddati bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, uning filiallari tarmog‘ining kengligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Banklar va ularning filiallarida kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir bank bo‘yicha alohida tayinlanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda banklar va ularning filiallarini kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Nazorat tartibidagi va alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida tayinlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
22. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan o‘tkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, filiallar tarmog‘ining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
23. Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
24. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi a’zolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
25. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi.
26. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank hamda uning filiallari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni o‘z vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhning kamida bir a’zosi tomonidan imzolanadi.
28. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filialiga ma’lumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘iga tegishli choralar ko‘rish uchun topshiriladi.
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilayotgan bank va uning filiallari faoliyati bilan bog‘liq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib chiqish;
avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur ma’lumotlarni tanlash rejimida foydalanish hamda ushbu ma’lumotlarning elektron nusxalarini olish;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallari rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
(29-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-3, 19.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787)
Oldingi tahrirga qarang.
bank va uning filiallarining rahbarlari va xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va uning filiallari rahbarlari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari tomonidan imzo qo‘yilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
inspeksiya (tekshirish) davomida tekshirilayotgan bank va uning filiallari joriy faoliyatini amalga oshirishiga xalaqit bermaslik;
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini tekshirilayotgan bank yoki uning filiali ixtiyorida qoldirish;
inspeksiya (tekshirish) davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
(30-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
inspeksiya (tekshirish) davomida bank va uning filiallaridan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan so‘ng qaytarilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishni talab qilish va tanishish;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar va ularning filiallari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(31-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-3, 19.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar va ularning filiallari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Bank va uning filiallarida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi.
34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari, inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bank yoki uning filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
35. Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va e’tirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos bo‘lmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va e’tirozlarni inobatga olishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
38. Markaziy bankning farmoyishi asosida o‘tkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
banklar yoki ularning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Markaziy bankning Banklarda o‘tkazilgan tekshirish hisobotlarini ko‘rib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
39. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida o‘tkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
banklarning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — bank filiallarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini ko‘rib chiquvchi ishchi organ yig‘ilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
40. Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish davomida bank va (yoki) uning filialida zudlik bilan tegishli choralar qo‘llanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)