O‘zbekiston Respublikasi Parvoz xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
BUYRUG‘I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “PARVOZ XAVFSIZLIGIGA TAHDID SOLUVChI OBYEKTLARNING MARKIROVKASIGA TALABLAR” (O‘ZR AQ 150) AVIATSION QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2006-yil 8-avgust 20-15-175/74-son]
O‘zbekiston Respublikasi havo kodeksining 20-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida me’yoriy bazani takomillashtirish maqsadida Davavianazorat tomonidan “Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarning markirovkasiga talablar” (O‘zR AQ 150) Aviatsion qoidalari ishlab chiqildi. Buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarining markirovkasiga talablar” (O‘zR AQ 150) Aviatsion qoidalari* tasdiqlansin.
* Qoidalar matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur Aviatsion qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik hujjat sifatida tasdiqdan o‘tgandan boshlab o‘n kundan so‘ng amalga kiritilsin.
3. Ishboshqaruvchi (Sh.N. Shamsiyeva) tomonidan devonxona (O.V. Demidenko) bilan hamkorlikda Aviatsion qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik hujjat sifatida tasdiqdan o‘tgandan boshlab o‘n kun ichida ko‘paytirilib barcha ekspluatantlar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat Davavianazorat SLNB boshlig‘i O.N. Lim zimmasiga yuklatilsin.
Parvoz xavfsizligi nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat inspeksiyasi boshlig‘i H.O. TROBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 31-iyul,
73-son