Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.03.2011 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

AHOLI SONINING TANLAMA STATISTIK KUZATUVINI TAYYORLASh VA OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish uchun respublika aholisi soni va boshqa demografik koʻrsatkichlar hisob-kitoblarini aniqlashtirish, shuningdek davlat statistik kuzatuvlari tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-yil 21-apreldan 30-aprelgacha respublikaning har bir tumani va shahrida aholi sonining 10 foizini qamrab olgan holda aholi sonining tanlama statistik kuzatuvi (keyingi oʻrinlarda kuzatuv deb ataladi) oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi (R.S. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek aholi sonini kuzatishga jalb qilingan boshqa tashkilotlarning tayyorgarlik tadbirlarini toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarishga hamda kuzatuvni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga doir ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov asosida shakllantirilgan kuzatuv oʻtkaziladigan shahar, qishloq aholi punktlari va mahallalar (keyingi oʻrinlarda aholi punktlari deb ataladi) roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-iyulgacha kuzatuv natijalarini puxta tahlil qilsin va Vazirlar Mahkamasiga aholi soni toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlar haqida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladigan kuzatuv oʻtkazish boʻyicha tegishli hududiy komissiyalar tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 20-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda barcha aholi punktlari roʻyxatini, ularda doimiy yashovchi aholi sonini koʻrsatgan holda, tayyorlasinlar va Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 31-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kuzatuv oʻtkazish uchun tanlab olingan aholi punktlarida manzillarni xatlovdan oʻtkazsinlar, koʻchalar nomlari koʻrsatkichlarini, uylar va kvartiralar tartib raqamlarini tartibga solsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda statistika organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari orasidan aholi soni toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplovchi shaxslar kontingentini shakllantirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish va yakunlarini chiqarish metodikasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, ichki ishlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari jalb etilgan holda kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha masʼul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-aprelgacha tanlama kuzatuv soʻrovnomalari va metodologik hujjatlar zarur miqdorda tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil aprel oyining birinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholi soni toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash uchun jalb etiladigan shaxslar kontingenti joylarda oʻqitilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 20-aprelgacha mavjud kompyuter texnikasi negizida kuzatuv soʻrovnomalarini avtomatlashtirilgan tarzda umumlashtirish boʻyicha vaqtinchalik markazlar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv oʻtkazilgandan (soʻrovnomalar olingandan) keyin bir oy muddatda maʼlumotlarni umumlashtirish boʻyicha mutaxassislarning zarur sonini shartnoma asosida qoʻshimcha jalb etgan holda kuzatuv soʻrovnomalarini umumlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalarini umumlashtirsin va tahlil qilsin, aholi soni statistika koʻrsatkichlarining uzil-kesil hisob-kitobini chiqarsin hamda yakuniy maʼlumotlarni 2011-yil 20-iyungacha Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston aholi sonining statistik tanlama kuzatuvini oʻtkazish ishlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga 824,2 mln soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini va xavfsizlikni taʼminlash uchun kuzatuv oʻtkazish guruhlari tarkibida ichki ishlar organlari xodimlarining ishtirokini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-martdagi 71-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish yakunlarini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METODIKASI

I. Tanlama statistik kuzatuvning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikada doimiy yashovchi aholining yanada aniq sonini aniqlash, shuningdek demografik jarayonlarning joriy hisobi maʼlumotlarini aniqlashtirish aholi sonining tanlama statistik kuzatuvining (keyingi oʻrinlarda kuzatuv deb ataladi) maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kuzatuvning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik jarayonlarning joriy hisobi maʼlumotlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografiya statistikasi boʻyicha koʻrsatkichlar tizimini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni tashkil etish usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik hisob-kitoblar va tahlil sifatini jiddiy oshirish uchun zarur maʼlumotlar asosini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kuzatuvni oʻtkazishning asosiy metodologik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikaning butun hududi boʻyicha aholi sonining 10 foizi kuzatuv bilan qamrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv tanlab olingan shahar, qishloq aholi punktlari va mahallalarda (keyingi oʻrinlarda aholi punktlari deb ataladi) yalpi uyma-uy aylanib chiqish va yashayotgan shaxslarni ushbu Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus kuzatuv soʻrovnomasi (keyingi oʻrinlarda soʻrovnoma deb ataladi) asosida soʻrab chiqish yoʻli bilan respublikaning har bir tumani va shahrida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomalarni toʻldirish tartibi ushbu Metodikaga 2-ilovaga muvofiq belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kuzatuvni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov usuli bilan respublikaning har bir tumani va shahrida aholining 10 foizi qamrab olinishi hisobga olingan holda kuzatuvni oʻtkazish uchun aholi punktlarining aniq roʻyxati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatib oʻtilgan aholi punktlari hududida doimiy yashaydigan, shu jumladan vaqtincha uyida boʻlmagan aholi (fuqaroligidan qatʼi nazar) tanlab kuzatishda hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrab chiqilayotgan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan uy yoki kvartira doimiy yashash joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuvda shuningdek, quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov paytida ushbu aholi punktlari hududida vaqtincha turgan, biroq chet elda doimiy yashaydigan shaxslar, fuqaroligi yoʻq shaxslar va xorijiy fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslar, shuningdek kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan soʻrov oʻtkazilayotgan paytda yopiq hududda boʻlgan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qamoq joylaridagi shaxslar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yoʻnalishdagi institutsional muassasalardagi shaxslar (Mehribonlik uylari, saqlash, tarbiyalash, taʼlim berishning alohida sharoitlariga ehtiyoj sezuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar kollejlari, “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylari, surunkali kasalliklardan azob chekayotganlar uchun kasalxonalar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kuzatiladigan manzillar (uylar, kvartiralar) boʻyicha yashayotgan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari kuzatuvda hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarida ishlaydigan xorijiy fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari tarkibida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kuzatuvni oʻtkazishning asosiy tashkiliy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuzatuvni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, kuzatuvni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, uning natijalarini tahlil qilish Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika hududlarida tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli amalga oshirish va kuzatuvni oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan aniq chora-tadbirlar va masʼul bajaruvchilar koʻrsatilgan holda tayyorgarlik tadbirlarini tashkil etish va kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistika organlari bilan birgalikda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi soni koʻrsatilgan holda aholi punktlarining toʻliq roʻyxati tuziladi. Bunda doimiy yashovchi aholi soni toʻgʻrisidagi davlat statistika maʼlumotlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklaridan olingan aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi soni koʻrsatilgan barcha aholi punktlari roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan umumlashtiriladi hamda Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kuzatuv aholi punktlarida tasodifiy keng qamrovli tanlov asosida Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan shakllantirilgan va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aholini toʻliq va yalpi qamrab olishni taʼminlash maqsadida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kuzatuv oʻtkaziladigan aholi punktlari koʻchalari nomlari koʻrsatkichlari hamda uylar, kvartiralar tartib raqamlari xatlovdan oʻtkaziladi va tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlab olingan aholi punktlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan manzillar roʻyxatlari tuziladi, kuzatuv oʻtkazilayotgan aholi punktida aholi soni toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun har bir uyda (kvartirada) yashovchilar soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistikasi hududiy organlari bilan birgalikda statistika organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari orasidan maʼlumotlar toʻplovchi (soʻrovnoma oʻtkazuvchi) shaxslar kontingentini tanlash tashkil etiladi. Xodim yashaydigan joy kuzatiladigan aholi punktiga borish uchun qulay boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar toʻplaydigan shaxslar kontingenti bir kunda oʻrtacha 50 kishini soʻrab chiqish moʻljalidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslar kontingentini tanlashda maʼlumotlarni toʻplash jarayonida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, masʼuliyatli va qoʻyilgan vazifalarni bajarishni taʼminlashga qodir boʻlgan shaxslar jalb etilishini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan shaxslar kontingenti hududiy statistika boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan nomi yozilgan belgi (guvohnoma) bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika organlari va Ijtimoiy tadqiqotlar instituti xodimlari orasidan har bir aholi punktida soʻrovni oʻtkazish muvofiqlashtirilishini taʼminlaydigan supervayzyerlar (nazoratchi instruktorlar) tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda maʼlumotlarni toʻplash uchun tanlab olingan shaxslar kontingentini oʻqitish tashkil etiladi. Oʻquv seminarlarida soʻrovnomalarni namunali toʻldirish, keyinchalik xatolarni tahlil qilish va yuzaga keladigan qiyinchiliklarni tushuntirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish nazarda tutiladi. Oʻqitish ishga oʻqitilayotganning oʻrganilgan materialni oʻzlashtirib olishi toʻgʻriligini va tayyorgarligi darajasini majburiy tekshirish bilan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maʼlumotlar toʻplashda ishtirok etayotgan shaxslar kontingentiga aholi sonini kuzatish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Davlat statistika qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan mukofot puli toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kuzatuvni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aholi punktlarida kuzatuv manzillar roʻyxatlari asosida qatʼiy belgilangan muddatlarda yalpi uyma-uy aylanib chiqish yoʻli bilan maxsus tanlangan shaxslar kontingenti (keyingi oʻrinlarda intervyu oluvchi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomonidan intervyu oluvchilarga ishonchni taʼminlash, kuzatuv oʻtkazish vaqtida jamoat tartibi va xavfsizlikka rioya qilish maqsadida intervyu oluvchilar tomonidan soʻrov ichki ishlar organlari xodimi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soʻrov boshlanishidan oldin soʻrab chiqilayotganlarga oʻtkaziladigan kuzatuvning maqsad va vazifalari tushuntiriladi, kuzatuv oʻtkazilayotgan manzil boʻyicha yashayotgan shaxslar soni aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovni oʻtkazishda barcha javoblar faqat soʻrab chiqilayotganlarning soʻzlari boʻyicha toʻldiriladi, bunda hujjatlar tekshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma oilaning har bir aʼzosiga alohida toʻldiriladi. Soʻrov oʻtkazilayotganda oilaning aʼzolaridan kimdir hozir boʻlmaganda, ular uchun javoblar oilaning boshqa voyaga yetgan aʼzolaridan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻldirilgan soʻrovnomalar intervyu oluvchilar tomonidan har kuni soʻrov tamom boʻlgandan keyin supervayzerga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Supervayzyerlar butun davr mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni intervyu oluvchilardan toʻldirilgan soʻrovnomalarni qabul qilib oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvda hisobga olingan aholining toʻliq qamrab olinishi va sonini tekshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intervyu oluvchi tomonidan soʻrovnomalar toʻldirilishining toʻliqligi va toʻgʻriligini nazorat qiladilar, soʻrovnoma savollariga javoblarni mantiqiy nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha intervyu oluvchilarga amaliy yordam beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov usuli bilan intervyu oluvchilar tomonidan kuzatilgan uy xoʻjaliklarini tanlab nazorat tartibida aylanib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intervyu oluvchilardan qabul qilingan toʻldirilgan soʻrovnomalar aholi punktlarida kuzatuv tamom boʻlgandan keyin supervayzer tomonidan Soʻrovnomalarni avtomatlashtirilgan tarzda umumlashtirish boʻyicha vaqtinchalik markazlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Kuzatuv natijalarini umumlashtirish va tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hududiy statistika boshqarmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari boʻyicha toʻldirilgan soʻrovnomalarni turkumlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir aholi punkti boʻyicha soʻrovnomalarga tartib raqami qoʻyadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomalarning savollariga soʻz bilan yozilgan javoblarni kodlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus dasturiy taʼminlashdan foydalangan holda kodlashtirilgan maʼlumotlarni hududiy elektron maʼlumotlar bazasiga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni avtomatlashtirilgan tarzda umumlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron axborotning dastlabki nazorati va tahlilini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan natijalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumlashtirilgan elektron maʼlumotlarni Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvning toʻldirilgan soʻrovnomalarini umumlashtirish uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladigan soʻrovnomalar sonidan kelib chiqib maʼlumotlarni umumlashtirish boʻyicha shartnoma asosida mutaxassislarning zarur soni qoʻshimcha ravishda jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirilgan soʻrovnomalarning asl nusxalari ular umumlashtirilgandan keyin hududiy statistika organlari tomonidan doimiy saqlash uchun Davlat statistika qoʻmitasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat statistika qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy statistika boshqarmalaridan olingan axborot asosida respublika boʻyicha kuzatuv natijalarining elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalarini mantiqiy nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maʼlumotlarni aholini joriy hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining uzil-kesil statistika koʻrsatkichlari hisob-kitobini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining uzil-kesil statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda tanlab kuzatish natijalari Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq butun aholiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan kuzatuv natijalarini va joriy hisobga olishni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan axborotni tahlil qilish asosida tegishli oʻzgartirishlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining statistika koʻrsatkichlariga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aholi soni toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar doimiy yashovchi aholi sonini bundan keyin joriy hisobga olish va statistika hisob-kitoblarni tashkil etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kuzatuv maʼlumotlarini toʻplash, kiritish va umumlashtirishda qatnashadigan shaxslarni mukofotlash pulini hisoblab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini oʻtkazish va yakunlarini chiqarish metodikasiga
1-ILOVA

Kuzatuv soʻrovnomasini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

Soʻrovnoma oilaning har bir aʼzosi boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov oʻtkazilayotgan oila yashayotgan koʻchaning nomi va uyning tartib raqami soʻrovnomaning tegishli katagida toʻliq va aniq aks ettirilishi kerak —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqlol‎

15‎

25‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning jinsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar javoblarning tegishli katagida doira bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
02-savol. Millati soʻrab chiqilayotgan shaxsning ogʻzaki javobiga koʻra soʻz bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
03-savol. Tugʻilgan sanasi kataklarda raqamlar bilan koʻrsatiladi —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15‎

09‎

1960‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
04-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning fuqaroligi soʻzlar bilan yoziladi (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
05-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pasport asosida, 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — ota-onasining soʻzlari asosida koʻrsatiladi, barcha kataklar soʻzlar bilan toʻldiriladi. Javoblar soʻrab chiqilayotgan shaxslarning soʻzlari asosida toʻldiriladi (hujjatlar tekshirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
06-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning oilaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar javoblarning tegishli katagida doira bilan qayd etiladi (oʻn yetti yoshga toʻlmagan erkaklar va 16 yoshga toʻlmagan ayollar uchun 6-savol toʻldirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
07-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning maʼlumoti quyidagi tarzda qayd etiladi, agar soʻrab chiqilayotgan shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy yoki undan yuqori maʼlumotga ega boʻlsa (oliy taʼlim muassasasini tamomlagan boʻlsa) — doira bilan 1 raqami belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan boʻlsa yoki akademik taʼtilda boʻlsa — doira bilan 2 raqami belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus taʼlim muassasasini (akademik litsey, kasb-hunar kolleji, texnikum, professional-texnika, tibbiyot, pedagogika va boshqa bilim yurtini) tamomlagan boʻlsa — doira bilan 3 raqami belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktabining 9, 10 yoki 11-sinfini toʻliq tugatgan boʻlsa — doira bilan 4 raqami belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktabini toʻliq tugatmagan boʻlsa yoki unda oʻqiyotgan boʻlsa — doira bilan 5 raqami belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlsa (1 — 4-sinflar) yoki umumtaʼlim maktabida umuman oʻqimagan boʻlsa — doira bilan 6 raqami belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab yoshiga yetmagan bolalar uchun 7-savol toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha uyda yashamayotganlar uchun 8-savol toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Bunda biror-bir sabablarga koʻra qarindoshlarinikiga yoki tanishlarinikiga vaqtincha ketgan shaxslar nazarda tutilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
08-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning mashgʻuloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar javoblarning tegishli katagida doira bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-savol toʻldirilgandan keyin soʻrov yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha uyda yashamayotganlar uchun 9 — 12-savollar quyidagi tarzda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
09-savol. Agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsa, hudud (viloyat, tuman, shahar) nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-savol. Agar shaxs xorijda boʻlsa soʻzlar bilan davlat nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-savol. Qancha muddatdan beri vaqtincha yashayotgan joyida istiqomat qilishi muddati ketgan vaqtidan hozirgi vaqtgacha hisoblanadi, raqamlar bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-savol. Soʻrab chiqilayotgan shaxsning ketishdan maqsadi javoblarning tegishli katagida doira bilan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 102-modda)