Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2019 05.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2206
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI YETIShTIRISh VA YIGʻIShTIRIB OLISh UChUN TAʼLIM MUASSASALARI OʻQUVChILARI VA TALABALARIDAN FOYDALANIShDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2206]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 451-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2206-1, 07.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 8-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 8-fevraldagi 7-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishining shart ekanligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari mehnatidan foydalanish jarayonida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolat berilgan davlat organlari, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylangan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olishda band boʻlgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalariga ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalariga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun jalb qilinganda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning belgilab qoʻyilgan normadan ortiq ogʻir yuk koʻtarishlari va tashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ayollar mehnatidan foydalanish toʻliq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega boʻlgan ishlarga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-bandiga muvofiq ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl qoʻyiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Sanitariya va gigiyena sharoitlarini yaratishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yashash (dam olish) xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yashash (dam olish) xonalarida samarali havo almashinuvi tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dala ishlariga jalb qilingan oʻquvchi va talabalar hafta davomida 2-marta hammom qabul qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yashash (dam olish) xonalari tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoritish vositalarida koʻzni qamashtirishdan saqlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishli tok qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Koʻchma yoritish vositalarini ishlatishda izolatsiyasi rezina shlangli egiluvchan oʻtkazgichdan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yoritish vositalarini taʼmirlash va uning ichki elementlarini koʻzdan kechirish, yaroqsiz holga kelgan elektr chiroqlari va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tizimi tarmogʻi oʻchirilgan holda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yoritish vositalarini nazorat qilish va taʼmirlash ishlari mazkur ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda halokat (avariya) yoritgichlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Halokat (avariya) yoritgichlari boshqa yoritgichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi hamda vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib, sozligi nazorat qilinib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Oʻquvchi va talabalarning salomatligini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻquvchi va talabalar dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyingina qishloq xoʻjalik ishlariga jalb qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi birgalikda qishloq xoʻjalik ishlari boshlanishidan oldin mazkur jarayonga jalb qilinishi lozim boʻlgan oʻquvchi va talabalarning roʻyxatini tuzib, tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik taʼlim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Suv taʼminoti va oqova suv tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻquvchi va talabalarning ichimlik suvidan foydalanishlari uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari mavjud boʻlmagan hollarda, maxsus idishlar qaynatilgan suv bilan taʼminlangan holatda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻquvchi va talabalar ishlaydigan hududda bir kishi hisobiga 2 — 5 l qaynatilgan kunlik ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻquvchi va talabalarning daladagi koʻlmak, zovur, ariqlardan suv ichishlari qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun jalb qilingan oʻquvchi va talabalar joylashgan hududdagi hojatxonalar sovuq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun jalb qilingan oʻquvchi va talabalar joylashgan hududda markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi boʻlmagan holatlarda hududiy davlat sanitariya nazorati organlari ruxsati bilan maxsus oʻralardan foydalanish talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashkilotlarda oʻquvchi va talabalarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti qonun hujjatlari talablari asosida tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ish vaqtining muddati oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga haftasiga oʻttiz olti soatdan, oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻquvchi va talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Binolarda oʻquvchi va talabalar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi turli halokat va buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilgunga qadar, xavfli binolardan oʻquvchi va talabalar xavfsiz joylarga koʻchirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yashash (dam olish) binolari yuzasi bir kishi uchun 3 m2 dan, oʻtish yoʻlkalarining kengligi 1,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bino poli yogʻoch va shunga oʻxshash materialdan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Binoning eshik va oynalari yaxshi yopiladigan, oynalar esa tuynukchali (fortochkali) boʻlishi kerak. Katta oʻlchamli binolarda shamollatish tizimining toʻliq va muntazam ishlashi taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Binoda oʻquvchi va talabalarning kelib joylashishlaridan (kamida 10 kun) oldin dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlari oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bino devorlari va boshqa joylarida elektr oʻtkazgich (sim)lar yuzaga chiqib qolmasligi, ular izolatsiyasining yorilgan joylari boʻlmasligi, rozetka va oʻchirgichlar yaxshi himoyalangan va soz holatda boʻlishi kerak. Xonalarda elektr xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Binolarda ochiq spiralli va qoʻlbola elektr qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Binolar favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, evakuatsiya sxemasi bilan taʼminlangan boʻlishi, binoda yashovchilarga halokat (avariya) yoki yongʻin sodir boʻlgan paytda harakatlanish sxemasi tushuntirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ovqatlanish joylari bino ichi yoki bostirmada tashkil qilinishi, stol va stullar bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maxsus xonalar ajratilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ovqatlanish joyi yaxshi yoritilgan boʻlishi, toza ichimlik suvi va idish-tovoqlarni yuvish uchun issiq suv hamda yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Binoda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmon vositalari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Binolar, bostirmalar, yuvinish xonalari va hojatxonalar joylashgan hududdan oqova suv va yer usti suvlarining oqib ketishini taʼminlovchi maxsus tarmoqlar mavjud boʻlishi va ishlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bino atrofida 30 — 50 m masofada hojatxona joylashtirilishi va unda har oʻn kishiga bitta oʻtirish joyi yoki unitaz oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yuvinish (dush) xonasida yuvinish krani oʻrtacha har 8 kishiga bitta hisobida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Dam olish, ovqatlanish, yuvinish xonalari va hojatxonalar doimiy ravishda 0,5 foizli xlorli ohak eritmasi yoki xloramin bilan yuvilib va tozalab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining soni, ularning joylashishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yongʻin xavfsizligi” talablariga asosan ish joylaridan ulargacha boʻlgan masofa oʻquvchi va talabalarning soniga bogʻliq holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tayinlangan javobgar shaxs boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha tavsiya qilingan yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yongʻinga qarshi yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda tashkil qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oʻquvchi va talabalar yongʻin xavfsizligi qoidalarini soʻzsiz bajarishi va ular tomonidan yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasligi yuzasidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Transport vositasida ketayotgan vaqtda chekishga, olov yoqishga, belgilanmagan joyda turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oʻquvchi va talabalarni tashishga moʻljallangan transport vositasida yengil yonuvchi, portlovchi, zaharli va zararlovchi moddalar olib yurilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Barcha qoʻllaniladigan elektr qurilmalari (mashina, apparat, oʻlchov asboblari, sim va kabel kabilar) xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Elektr qurilmalarining barcha turlari, quvvati, tok kuchi, kuchlanishi ularni ishlab chiqargan korxona pasportiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Elektr qurilmalarining tashqi qoplamalari, shuningdek, elektr qurilmalari oʻrnatilgan metall konstruksiyalar erga ulangan boʻlishi shart. Yerga ulanmasdan elektr qurilmalaridan foydalanish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Yerga ulanganlik holatini tekshirish bir yilda bir marta oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Elektr qurilmalarini tozalash, changini artish va taʼmirlash faqat elektr qurilmasining elektr tarmogʻidan uzilgan holatda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻquvchi va talabalarni dala ishlariga olib borish hamda olib kelishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Har bir transport vositasiga joylashtiriladigan oʻquvchi va talabalar soni transport vositasining texnik holatidan kelib chiqqan holda rahbariyat tomonidan belgilanishi hamda har bir transport vositasidagi oʻquvchi va talabalar roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Har bir transport vositasidagi oʻquvchi va talabalarga alohida rahbar tayinlanadi. Rahbar ularni nazorat qilib borishi lozim. Bunda oʻquvchi va talabalarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalaridan, ularning yuklarini olib borishda esa, yuk tashishga moʻljallangan transport vositasidan foydalanish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Transport vositasida oʻquvchi va talabalarning transport vositasi oynasi hamda boshqa joylaridan qoʻl, bosh va boshqa aʼzolarini chiqarishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Oʻquvchi va talabalarni olib ketayotgan transport vositasida ish qurollari transport vositasining alohida moslashtirilgan qismida joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Oʻquvchi va talabalar transport vositasidan tushganlarida, yoʻlni kesib oʻtishlari rahbar boshchiligida, transport vositasining orqa tomonidan tashkil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Oʻquvchi va talabalarni vaqtincha yashab turish joylaridan dalaga olib chiqish hamda olib kelishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Oʻquvchi va talabalarni dalaga olib chiqish va olib kelishdan oldin rahbar yoʻqlama qilishi va ularga bajariladigan ish turlari boʻyicha toʻliq tushuntirish, yoʻl-yoʻriqlar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Oʻquvchi va talabalar orasida kasal yoki vaqtincha ish qobiliyatini yoʻqotganlar tibbiyot xodimi nazoratidan oʻtadi va ularning sogʻliklari toʻla tiklanguncha dam olish joylarida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Dalaga chiqadigan oʻquvchi va talabalar ishning turiga hamda iqlim sharoitiga mos ust-bosh kiygan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Ish olib boriladigan dala yashash joyidan 3 km masofadan uzoqda joylashgan boʻlsa, maxsus transport vositasi ajratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ish joylariga olib borish va qaytarib kelish faqat kunning yorugʻ paytida amalga oshirilib, oʻquvchi va talabalar piyoda harakatlanganlarida yoʻldagi transport vositasining qatnoviga xalaqit bermaslik maqsadida saf boʻlib yurishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Saf boʻlib harakatlanishda harakat xavfsizligini taʼminlash va boshqarish maqsadida safning boshida hamda oxirida qizil bayroqchali boshqaruvchilar qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ish joyiga yetib kelgandan soʻng oʻquvchi va talabalar roʻyxat boʻyicha ish joylariga taqsimlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§.Dala ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Oʻquvchi va talabalar dala ishlarini bajarishdan oldin belgilagan tartibda mavsumiy kiyim-bosh, soz ish qurollari bilan taʼminlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Dala ishlariga jalb qilingan oʻquvchi va talabalar hududning rahbari ruxsati bilan uning koʻrsatmasiga asosan ish boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Oʻquvchi va talabalar dala ishlarini bajarayotgan vaqtida bir-birlaridan kamida 2 m masofada joylashishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Oʻquvchi va talabalar kunning yorugʻ vaqtida ishlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§.Gʻoʻza qator orasiga ishlov berishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Oʻquvchi va talabalar ishni boshlashdan oldin ish quroli sozligini koʻzdan kechirishi, tekshirib koʻrishi, ish quroli nosozligi aniqlangan holatda darhol rahbarga xabar berishi va uni almashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Oʻquvchi va talabalar ishlayotgan hududlarda harakatlanayotgan mexanizmlardan kamida 10 m uzoqlikda ishlashlari lozim. Bunda mexanizm harakatlanayotgan yoʻnalishda oʻquvchi va talabalarning ishlashiga yoki yaqiniga borishga umuman yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Oʻquvchi va talabalar ishlayotgan hududda zovur va kanallar boʻlsa, ularning yaqiniga borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Oʻquvchi va talabalarning ular ishlayotgan hududlardagi elektr qurilmalariga yaqinlashishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Dalada chang, toʻzon, qattiq shamol, yogʻingarchilik roʻy berganda ishni toʻxtatish va pana joyga oʻtish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Gʻoʻza koʻchatlarini siyraklashtirishda (yagana) xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Gʻoʻza koʻchatlarini siyraklashtirishda (yagana) ishlatiladigan ish qurolining sozligini tekshirib koʻrishi hamda ushbu ish qurolidan toʻgʻri foydalanishni bilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Oʻquvchi va talabalar gʻoʻza koʻchatlarini siyraklashtirish (yagana) ishlarini qoʻl yordamida bajarganda maxsus qoʻlqoplardan foydalanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Oʻquvchi va talabalar maxsus kiyimsiz gʻoʻza koʻchatlarini siyraklashtirish (yagana) ishlariga ruxsat qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Gʻoʻzani chilpish (chekanka) qilishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Oʻquvchi va talabalar chekanka qilish ishlarini bajarayotganda gʻoʻzaning tegishli joylarini qoʻl barmoqlari yordamida uzishlari lozim, tirnoq bilan bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Oʻquvchi va talabalar chekanka ishlarini bajarayotganda egat ichidagi chuqur, notekis va kesak yigʻilib qolgan joylarga eʼtibor bergan holda ehtiyotlik bilan harakatlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Paxta terimida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Gʻoʻza bargini toʻkishi uchun kimyoviy ishlov berilgan maydonga oʻquvchi va talabalar kamida 10 kun muddat oʻtgandan keyingina ishlashiga ruxsat etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Oʻquvchi va talabalar paxta terimiga jalb qilinishidan oldin maxsus kiyim-boshlar bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Oʻquvchi va talabalarning gʻoʻza ichida, paxta gʻarami ustida va dalaning boshqa moslashtirilmagan hududlarida dam olish (uxlash)lariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Paxta dalasida ochiq olovdan foydalanish, sigareta chekish hamda boshqa yongʻinga sabab boʻluvchi vositalardan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Oʻquvchi va talabalarning paxta terilayotgan maydonda harakatlanayotgan mexanizmlarning oldiga yaqinlashishi, uning yoʻnalishiga chiqishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Oʻquvchi va talabalarning paxta ortilgan tirkamalarga chiqishi yoki harakatlanayotgan tirkamalarga osilishlari qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Bogʻdorchilik, uzumchilik hamda oʻrmonchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Oʻquvchi va talabalar bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda ishga jalb qilinishidan oldin maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Oʻquvchi va talabalar bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda tayinlangan rahbar boshchiligida ishlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Oʻquvchi va talabalar bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda ish boshlashdan oldin soz ish qurollari bilan taʼminlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Ish qurollarini uloqtirish va ketmon, xaskash, arra, oʻroqni qirqish qismi yoki tishlari bilan tepaga qaratib qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Chopish ishlarini bajarishga moslashtirilgan asbob-uskunalar (ketmon, tesha va h.k.) bilan ishlaganda qattiq, yopiq oyoq kiyimlarda ishlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Ketmon va tesha bilan ishlaganda oʻquvchi va talabalarning oʻzaro oraliq masofasi 2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Bu jarayonlarda oʻtmas qurollar bilan ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda qoʻllaniladigan asbob-uskuna va boshqa vositalardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda oʻquvchi va talabalarning yakka holda ishlashlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda inson sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi turli hasharotlardan saqlanish maqsadida ehtiyotkorlik talab etiladi va daraxtlar ostida yotib dam olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda narvonlardan foydalanilganda eng yuqori zinasiga chiqib ish bajarish taqiqlanadi. Bunda bir nafar oʻquvchi yoki talaba narvonni ushlab turishi, ikkinchisining narvonga chiqib ishni bajarishiga ruxsat etiladi. Narvonlardagi zinalar oraligʻi 0,3 m dan, narvonning tikligi 750 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Bogʻ va uzumzorlarda mevalarni yuvmasdan isteʼmol qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda daraxtlarni silkitish mexanizmlari bilan ish bajarayotganda, oʻquvchi va talabalar bir-biridan 5 — 7 m masofa uzoqlikda turishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Kuchli yogʻingarchilikda, shox muzlaganda, shamol tezligi sekundiga 6,5 m boʻlganda yoki kuchli tuman tushganda daraxtdagi mevalarni terish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda yiqilish yoki sinib tushish ehtimoli boʻlgan daraxtlardan meva terish va ular atrofidagi ishlarni bajarishda, shuningdek, qorongʻi tushgan paytlarda oʻquvchi va talabalardan foydalanish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Bogʻ, uzumzor va oʻrmonlarda kunning qorongʻi tushgan vaqtlarida oʻquvchi va talabalarning ishlashlariga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Ish oʻrnini amaliyot rahbari yoki ish boshqaruvchining ruxsatisiz tark etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Koʻchat ekishda oʻquvchi va talabalarning oʻzaro joylashish oraligʻi kamida 3 m boʻlishi kerak. Uni bajarishda poyabzal sifatida kirza etik yoki botinka kiyib olinishi lozim. Koʻchat oʻtqazishda kamida 2 kishi birga ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Daraxtlarga chiqishda uning tanasi, shoxlari yaxshilab kuzatiladi. Daraxtlar ustida ilon va boshqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan jonivorlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilgandan soʻng ularga chiqish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Daraxt mevasini terishda maxsus ilgichlar, tortgichlar, ushlagichlar hamda himoya kamaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Tikonli oʻsimliklar bilan ishlashda uzun kirza etik, brezent shim va kostyumlar, quloqli bosh kiyim hamda brezent yoki charm qoʻlqoplardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Oʻsimliklarni chopiq qilish ishlarini bajarishda oʻquvchi va talabalar oraligʻi 3 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Oʻrmon oʻsimliklarini chopiq qilishda oʻquvchi va talabalar quyosh nuri yoʻnalishiga orqa tomoni bilan turgan holda ishlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Balandligi ishlovchi boʻyidan baland boʻlgan oʻsimliklarga ishlov berishda himoya koʻzoynaklaridan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Oʻquvchi va talabalarning daraxtlarni kesish uchun qoʻllaniladigan elektr va yoqilgʻi bilan ishlaydigan asbob-uskunalardan foydalanishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda va hosilni yigʻib olishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Oʻquvchi va talabalar sabzavot ekilgan dalada ishga jalb qilinishlaridan oldin maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Oʻquvchi va talabalar bu ishlarni tayinlangan rahbar boshchiligida olib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Sabzavot ekilgan dalada ish boshlashdan oldin oʻquvchi va talabalar soz ish qurollari bilan taʼminlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Ishga yaroqsiz, darz ketgan ketmon, tesha va shu kabi boshqa jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Sabzavot ekinlari ekilgan daladagi ish uchastkasiga boriladigan yoʻlda katta ariq, toʻsiqlar boʻlsa, ulardan oʻtish uchun koʻprik qurilishi yoki maxsus joylardan oʻtish tashkil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Chopiq qilinayotganda sabzavot ekilgan daladagi baland-past, notekis joylarga duch kelinganda avval u joyning mustahkamligini tekshirib koʻrib, keyin harakatni davom ettirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Dalada ishlash davomida biror oʻquvchi yoki talabaning sogʻligʻi yomonlashgani, jarohatlangani aniqlangan holatda uning yonidagi oʻquvchi yoki talaba darhol guruh rahbariga xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Oʻquvchi va talabalar ishlayotgan hududlarda harakatlanayotgan mexanizmlardan kamida 10 m uzoqlikda ishlashlari lozim. Bunda mexanizm harakatlanayotgan yoʻnalishda oʻquvchi va talabalarning ishlashiga yoki uning yaqiniga borishlariga yoʻl qoʻyilmaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Hosilni moʻljallangan yoki belgilangan maxsus quti (yashik)lar yordamida daladan olib chiqish, bunda yuk koʻtarish meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Pilla terishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Oʻquvchi va talabalar taʼlim muassasasi rahbariyatining ruxsati bilan pilla terimiga jalb qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Taʼlim muassasasidan belgilangan ish joyi (obyekt)gacha guruh rahbari nazorati ostida boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Dasta tashish bilan shugʻullanuvchilar ish kiyimi (xalat) va qoʻllariga materialdan tikilgan qoʻlqop kiyishlari kerak. Nafas yoʻllariga (burni va ogʻziga) hoʻllangan doka niqob taqib himoyalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Dastadan pillani ayiruvchilar ochiq havoda, havo harakati bor joyda ishni bajarishlari lozim. Qoʻl panjalarini oddiy matoli besh panjali qoʻlqop kiyib yoki panja uchlariga material bogʻlab ishlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Dastadan pillani ajratuvchi uchun ish maydoni diametri kamida 2 m boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Qurt oʻligini ochiq qoʻl bilan ushlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Qoʻlda yoki tanada tirnalish, qon oqishi sodir boʻlsa, darhol yod eritmasi yoki spirt bilan ishlov berish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Ish tugagandan soʻng qoʻlni sovun bilan yaxshilab iliq suvda tozalab yuvish, burunni bir necha marta va ogʻizni bir necha marta chayish lozim. Terining ochiq joylarini (yuz, quloq, boʻyin) yuviladi va quruq sochiq bilan artish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Oʻquvchi va talabalar pillani birlamchi qayta ishlash ishlariga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun jalb qilinganlarida mazkur Qoidalarga amal qilishda javobgarlik tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 106-modda)