OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
Mehnatning zararli va oʻta zararli sharoitlarida ish bilan band boʻlgan “Oʻzstandart” agentligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2197]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Mehnatning zararli va oʻta zararli sharoitlarida ish bilan band boʻlgan “Oʻzstandart” agentligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-yanvar,
5-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 28-yanvardagi 5-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mehnatning zararli va oʻta zararli sharoitlarida ish bilan band boʻlgan “Oʻzstandart” agentligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY NORMALARI
| T/r | Kasb va lavozim nomlari | Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarining nomlari | Foydalanish muddati (oylar hisobida) |
| I. Kimyoviy-biologik sinov laboratoriyasi | |||
| 1. |
Yetakchi mutaxassis, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat | 12 |
| Rezina qoʻlqop | 12 | ||
| Himoyalovchi koʻzoynak (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Rezina fartuk | 12 | ||
| Rezina gilamcha (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Respirator (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| II. Past voltli apparatura, elektr moslamalar va murakkab maishiy texnikani sinash laboratoriyasi | |||
| 2. |
Yetakchi mutaxassis, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat | 12 |
| Rezina qoʻlqop | 12 | ||
| Himoyalovchi koʻzoynak (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Respirator (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Rezina fartuk | 12 | ||
| Rezina gilamcha (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| III. Jihozlarni qabul qilish byurosi | |||
| 3. |
Muhandis va uning yordamchisi, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama oq xalat | 12 |
| Ip gazlama kombinezon yoki ip gazlama kostyum | 12 | ||
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| IV. Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni oʻlchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvi boʻlimi | |||
| 4. |
Yetakchi mutaxassis, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| V. Geometrik va mexanik kattaliklarni oʻlchov vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvi boʻlimi | |||
| 5. |
Yetakchi mutaxassis, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| VI. Bosim, sarf va haroratni oʻlchov vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvi boʻlimi | |||
| 6. |
Yetakchi mutaxassis, I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| VII. Elektr va magnit kattaliklarni oʻlchov vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va tekshiruvi boʻlimi | |||
| 7. |
Yetakchi mutaxassis I, II, III toifali mutaxassislar |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Dielektrik poyabzal (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Rezina qoʻlqop | 12 | ||
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| 8. |
Murakkab oʻlchash texnikasini metrologik attestatlash va davlat qiyoslash boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, I, II, III toifali mutaxassislari |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Dielektrik poyabzal (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Rezina qoʻlqop | 12 | ||
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| VIII. Umumiy kasblar | |||
| 9. |
Barcha toifadagi mutaxassislar |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| 10. |
Elektr-gazpayvandchi |
Brezent kostyum | 12 |
| Himoyalovchi koʻzoynak | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Rezina qoʻlqop�� | 12 | ||
| Kaska (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| 11. |
Omborxona mudiri |
Ip gazlama xalat yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| 12. |
Avtochilangarlar |
Ip gazlama kombinezon yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| 13. |
Santexniklar |
Ip gazlama kombinezon yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Rezina etik (navbatchi) | Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Ip gazlama qoʻlqop | 2 | ||
| 14. |
Santexnik-taʼmirlovchilar |
Ip gazlama kombinezon yoki ip gazlama kostyum | 12 |
| Charm botinka yoki kirza etik |
12 | ||
| Rezina etik (navbatchi) |
Yaroqsiz boʻlguncha | ||
| Ip gazlama qoʻlqop |
2 | ||
|
15. |
Ishchilar | Ip gazlama kombinezon yoki ip gazlama kostyum |
12 |
| Ip gazlama qoʻlqop |
2 | ||
|
16. |
Bogʻbon | Ip gazlama xalat |
12 |
| Ip gazlama qoʻlqop |
2 | ||
| Rezina etik |
12 | ||
Mazkur Namunaviy meʼyorlar “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 18-yanvar
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2011-yil 18-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 74-modda)