OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2178]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 28-avgustdagi 01/15-10/22, 144-sonli qarori (roʻyxat raqami 2178-2, 15.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1024-modda)
1. Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-dekabr,
16-son
Iqtisodiyot vaziri R. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-dekabr,
106-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 7-dekabrdagi 16 va 106-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
I. Birja savdosiga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini belgilash
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga kiritilgan, hamda 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlangan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish tasdiqlangan grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 28-avgustdagi 01/15-10/22, 144-sonli qarori (roʻyxat raqami 2178-2, 15.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1024-modda)
2. Birja tasdiqlangan grafikka muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallar hajmlari hisobini yuritadi.
3. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Qoʻmita birjaga har oyda savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini nazarda tutuvchi tasdiqlangan grafiklarni yuboradi.
4. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarni bajarilishi monitoringi Qoʻmita tomonidan Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan monitoringni amalga oshirish maqsadida, birja Qoʻmitaga har kuni navi, klassi, markasi, turi boʻyicha sotishga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning hajmlari, shuningdek tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida elektron shakldagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
II. Birja savdolariga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini aniqlash
6. Birja savdolarida sotilmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari birja savdolariga birinchi marta qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Xaridor tomonidan mahsulotga haq toʻlamaslik, sotuvchi tomonidan haq toʻlangan mahsulot hajmini yetkazib bermaslik sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Takroran qoʻyiladigan hajmida sotuvchi tomonidan grafikka muvofiq savdoga qoʻyilmagan hajmlari oʻrnini toʻldirish hisobga olinadi
7. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni takroran savdoga qoʻyish har bir birja savdosi sessiyasida amalga oshiriladi.
8. Agar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq birja savdosiga takroran qoʻyilgan mahsulot sotilmasa, sotuvchi uni oʻtgan haftadagi savdolar natijasida yuzaga kelgan birja kotirovkalarini oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga yoki yangidan birja savdolariga qoʻyishga haqli.
9. Sotuvchining birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar boʻyicha majburiyatlarini jami hajmiga tasdiqlangan grafiklarga muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari va birja savdosiga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmiga kiradi va u quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
V = Vgr + Vnv +Vnr + Vno + Vnp + Vnd, bunda:
V — savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar jami hajmlari;
Vgr — birja savdosiga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafikka muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari;
Vnv — grafikka muvofiq avval savdoga qoʻyilmagan mahsulotlar hajmlari;
Vnr — birja savdolarida sotilmagan mahsulotlar hajmlari;
Vno — xaridor tomonidan haq toʻlanmaganligi sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari;
Vnp — xaridor tomonidan haqi toʻlangan mahsulotni sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagani sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari.
Vnd — shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan mahsulotlar hajmlari.
10. Hisobot oyida birja savdolariga qoʻyilgan mahsulotning umumiy hajmi hisobot oyining har kunida haqiqatda savdoga qoʻyilgan mahsulotlar koʻrsatgichlarini arifmetik qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
11. Birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning haqiqiy hajmlari tegishli davrga grafik boʻyicha nazarda tutilgan hajmlar va birja savdosiga takroran qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar hajmlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
12. Hafta ichida (dushanba — juma) haqiqatdan savdoga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallarning hajmini aniqlash uchun, birja hisob-kitob haftasidan keyingi seshanbada birja savdosiga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qoʻmitaga taqdim etadi. Taqdim etilgan maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
hafta ichida birja savdosiga mahsulotlar qoʻyish boʻyicha sotuvchi majburiyatlarining jami hajmlari;
hafta davomida haqiqatda birja savdosiga qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
birja savdolariga takroran qoʻyilgan mahsulotlarni chiqarib tashlagan holda, hafta davomida birja savdosiga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
haqiqatda sotilgan mahsulotlarning jami hajmlari.
13. Maʼlumotlar grafiklarga muvofiq strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirayotgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha taqdim etiladi.
III. Yakuniy qoida
14. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” OAJ bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi OAJ Boshqaruvi raisi T. TOʻXTABOYEV
2010-yil 7-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 14-modda; 2014-y., 4-son, 54-modda; 2017-y., 37-son, 1024-modda)