Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2023 05.01.2011 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SUD-EKSPERTIZA MUASSASASI YOKI BOShQA KORXONA, MUASSASA, TAShKILOT TOMONIDAN SUD EKSPERTIZASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot (keyingi o‘rinlarda ekspertiza muassasasi deb ataladi) tomonidan sud ekspertizalarini (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori asosida, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari (shu jumladan tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga doir sud ajrimi bo‘yicha o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspertizalar davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda ekspert deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni ekspertizalarni o‘tkazish uchun jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizalarni o‘tkazishda ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan tarzda ekspertiza o‘tkazish tartibini buzganligi va ekspert vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lmaganligi uchun ekspert qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspertiza muassasasi rahbarining vakolatlari qonunchilikda belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekspertizalarni o‘tkazish muddatlari ekspertizalarning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda 30 kun doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani o‘tkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari muddat o‘tishidan 3 kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu to‘g‘rida ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qo‘shimcha muddatni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspertizani o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani o‘tkazish muddatlari quyidagi davrlarga to‘xtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertning ekspertizaga taqdim etilgan materiallardagi nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi to‘g‘risida javob olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizani o‘tkazishni 30 kungacha bo‘lgan muddatda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertning boshqa ekspertizani bajarishi munosabati bilan xizmat safarida bo‘lishi, uni bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, ekspertizani bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda va ushbu Namunaviy nizomda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish muddatlarini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat sud-ekspertiza muassasasida fuqarolik va xo‘jalik ishlari (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlardan tashqari) bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish ish bo‘yicha tomonlarga yuklanadi va ekspertizani o‘tkazish boshlangungacha to‘lanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarga haq to‘lash miqdori davlat sud-ekspertiza muassasasi o‘zi tasarrufida bo‘lgan tegishli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tariflar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspertiza muassasasida ekspertizalarni o‘tkazish xizmat ko‘rsatiladigan mintaqalarga muvofiq tashkil etiladi, mintaqalar ular tasarrufida bo‘lgan davlat tegishli organi tomonidan belgilanadi. Ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)lar va xizmat ko‘rsatiladigan mintaqa tashqarisida joylashgan ekspertiza muassasasi uchun ekspertiza, istisno tariqasida, ko‘rsatib o‘tilgan muassasa tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekspertiza o‘tkazish uchun yuboriladigan materiallarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspertiza faqat uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Namunaviy nizomga, shuningdek sud ekspertizalarining alohida turlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspertizaga ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), tekshirish obyektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan ekspertiza predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Ekspertizalarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan nusxalarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi bitta qaror (ajrim)ga ko‘p miqdordagi obyektlar tushgan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida ekspertizalar o‘tkazilishini tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspertizani o‘tkazish ikki va undan ko‘p ekspertiza muassasalariga topshirilgan taqdirda ekspertizalarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da mazkur ekspertizaning qanday mutaxassisliklarga ega bo‘lgan ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) har bir ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlangan taqdirda ekspertiza muassasasiga xulosa yoki oldingi o‘tkazilgan ekspertiza xulosasini berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspertizaga yuborilayotgan, uni o‘tkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari bu to‘g‘rida ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga darhol xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmasa ekspertiza muassasasi rahbari 30 kun o‘tgach unga materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda takroriy, shuningdek komission yoki kompleks ekspertiza o‘tkazishga tushgan materiallar ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga uch kun muddatda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar tayinlangan ekspertizani ekspertiza muassasasida o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki ekspertiza muassasasi tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega bo‘lmasa ekspertiza muassasasi rahbari ekspertizaga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, ekspertizalarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatgan holda ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekspertizaga narkotik vositalar, ularning analoglari psixotrop moddalar, qimmatbaho metallar va toshlar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, qurol va uning o‘q-dorilari, pul belgilari va yuqori qimmatga yoki ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa obyektlar taqdim etilgan taqdirda ekspert ushbu materiallarni ekspertizaga yetkazib bergan shaxs hamda ekspertiza muassasasi rahbarlaridan birining ishtirokida idishni ochishi, tarozida tortib ko‘rishi, taqdim etilgan obyektlarni qayta sanab chiqishi, shuningdek taqdim etilgan tartib raqamli va boshqa obyektlarning ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) matniga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi shart. Ularning natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, u ekspertiza obyektlarini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekspertizani o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekspert ekspertizani o‘tkazishga ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va ekspertizaga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda ekspert bu to‘g‘rida ekspertiza muassasasi rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Namunaviy nizomning 16-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taqdim etilgan materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bu haqda ekspert ekspertiza muassasasi rahbari orqali ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha materiallar faqat ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha materiallar 30 kun mobaynida tushmagan taqdirda ekspert tekshirishni mavjud materiallar bo‘yicha o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspert quyidagi hollarda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosa berish mumkin emasligi to‘g‘risida asoslangan dalolatnoma tuzadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar qo‘yilgan masala ekspertning maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim etilgan tekshirish obyektlari yoxud materiallar ularning to‘liq yoki sifatli emasligi tufayli xulosa berish uchun yaroqsiz bo‘lsa va to‘ldirilishi mumkin bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qo‘yilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tekshirishlarni o‘tkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud bo‘lmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ushbu Namunaviy nizomning 38-bandiga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekspert o‘ziga taqdim etilgan obyektlar va materiallarni tekshirishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va mufassal amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni o‘tkazish va xulosa berish uchun zarur bo‘lgan darajada shikastlangan va sarflangan bo‘lishi mumkin. Ekspertizani o‘tkazish tekshirish uchun taqdim etilgan obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki sarflanishini talab qiladigan hollarda buning uchun ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ravishdagi roziligi olingan bo‘lishi kerak, tayinlangan ekspertizaning xususiyatlari obyektning shikastlanishi (buzilishi)ni yoki sarflanishini nazarda tutadigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan tekshirish obyektlarini (ekspertiza muassasasiga taqdim etilgan obyektlardan tashqari) ekspertizalardan o‘tkazishda ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) ekspert uchun obyektga to‘siqsiz kirishni va uni tekshirish imkonini ta’minlaydi. Ko‘rikdan o‘tkazish ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) tomonidan tashkil etiladi, uning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qat’i nazar, ularning yo‘qligi ekspertiza o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspert o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq, o‘tkazilgan tekshirishlar asosida o‘z nomidan xulosa beradi va uning uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bir xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq ekspertlar (ekspertiza komissiyasi)ga ekspertizadan o‘tkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan ekspertlarning har biri tekshirishni to‘liq hajmda amalga oshiradi. Ekspertlar komissiyasi tekshirishda qatnashgan ekspertdan har biri unga rozi bo‘lgan taqdirda umumiy xulosa beradi. Shuningdek, komissiyada ishtirok etgan ekspertlar fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda har bir ekspert kelishmovchilikka sabab bo‘lgan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekspertizani o‘tkazish uchun har xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq ekspertlar (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir ekspert tekshirishni amalga oshiradi va o‘z vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir ekspert qanday tekshirishlar va qanday hajmda o‘tkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspert kompleks ekspertiza xulosasining o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan qismini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan natijalarni va aniq xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni baholashda vakolatli bo‘lgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar komissiyaning yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun asos ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida ekspertlarning har biri kelishmovchilikka sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da turli xil ekspertizalar predmetiga taalluqli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning har biri bo‘yicha alohida xulosa yoki xulosa berish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tekshirish va xulosalar (yakunlovchi) qismlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasining kirish qismida ekspertning huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tushuntirilganligi haqidagi ekspert tilxati olinganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xulosaning kirish qismida ekspertiza o‘tkazish asoslari, ekspertiza o‘tkazishni tayinlagan organ (shaxs), tekshirishni o‘tkazgan ekspert (ekspertlar), ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilgan masalalar, tekshirish o‘tkazish uchun taqdim qilingan materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ekspertizani o‘tkazish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ekspert xulosasining tekshirish qismida ekspert oldiga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar bo‘yicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ekspert xulosalari uning oldiga qo‘yilgan masalalarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xulosani tekshirish qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qo‘yilgan masalaga to‘liq javobsiz shakllantirish mumkin bo‘lmasa, xulosaning tekshirish qismiga havola qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ekspert xulosasi ikki nusxada tuziladi, tekshirishni o‘tkazgan ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosaning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa ekspertiza muassasasida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar ekspert xulosasida ekspert tekshirishlar va uning natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa ular ham ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi. Ekspert tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari ekspert xulosasi nusxasi bilan birga ekspertiza muassasasida saqlanadi. Ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ning talabiga ko‘ra ular yig‘majildga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspertiza muassasasi rahbari xulosani ko‘rib chiqishda noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan tekshirishlarni, tekshirish o‘tkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun ekspertga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspert o‘z xulosasini to‘g‘ri deb qat’iy turib olsa, ekspertiza muassasasi rahbari tekshirish o‘tkazishni belgilangan tartibda xulosa beradigan birinchi ekspert ishtirokidagi ekspertlar komissiyasiga topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ekspertizani sudda o‘tkazishda uning natijalari mazkur Namunaviy nizomning 29—33-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasi ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish qismida ushbu Namunaviy nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq ma’lumotlar bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslovchi qismida xulosa berish imkoni yo‘qligi sabablari batafsil bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakunlovchi qismida ekspert oldiga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha xulosa berish imkoni yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ekspert tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma sudda ko‘rib chiqish bosqichida tuzilgan bo‘lsa u ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar bir masala bo‘yicha ekspert xulosa bersa, boshqasi bo‘yicha esa xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud bo‘lsa, u holda yagona hujjat — ekspert xulosasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ekspertning tegishli belgilariga muvofiq ekspert tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmet va hujjatlar ekspertning tegishli belgilari qo‘yilib xulosa yoki xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan birga ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga ro‘yxat bo‘yicha qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ekspert xulosasi, ekspertiza tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar ekspertizani tayinlagan shaxsga yoki ekspertizani tayinlagan organning vakolatli xodimiga yoxud ekspertizani tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxsga shaxsan beriladi yoki ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasining, ekspertiza tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda ekspertizaga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)