Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998 04.01.1996 yildagi PF-1354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPORT QILISh TAQIQLANGAN BUYuMLAR VA MAHSULOTLARNING OLIB ChIQIB KETILIShIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar va buyumlarning qonunga xilof ravishda olib chiqib ketilishiga qarshi kurashni kuchaytirish, olib qoʻyilgan tovar-moddiy boyliklarni musodara qilishni tartibga solish hamda ularni sotish masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha turdagi mollar (mayda va yirik qoramollar, choʻchqa, ot, zotdor chorva) hamda parrandalar, goʻsht va goʻsht mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-martdagi PF-1410-son Farmoniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 27-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bojxona xizmatlariga Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori (7-ilova) bilan eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish chogʻida ularni musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Q. Gataulin) va Adliya vazirligi (S. Mirsafoyev) eksport qilish taqiqlangan tovarlar hamda mahsulotlarni musodara etish tartibini 10 kun muddat ichida tayyorlab, tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli bojxona xizmatlarining qarorlari asosida 10 kun muddat ichida musodara etilgan tovar-moddiy boyliklar baholanishi va sotilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 1-modda; 3-son, 27-modda)