Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan, notarifli tartibdan tarif tartibiga oʻtish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, ekspert-import operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, uni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay tartibni yaratish toʻgʻrisida bitimga ega boʻlmagan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga nisbatan ikki baravar koʻpaytirilgan boj poshlinalari stavkalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
Oʻzbekiston Respublikasining vakil qilingan organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxati 6-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi—sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalari 10-ilovaga muvofiq;
respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlash qoidalari 11-ilovaga muvofiq;
xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalari 12-ilovaga muvofiq;
eksport-import yuklarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati 13-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-martdagi 163-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
6. Belgilansinki, 3-ilovaga muvofiq strategik muhim tovarlarning xoʻjaliklar va korxonalar ixtiyorida qoladigan hajmlariga eksport kvotalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir yilda bir marta tasdiqlanadi.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va unga qarashli boʻlinmalar tovarning kelib chiqishini sertifikatsiyalashni, respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi sertifikatsiyalash tartibini belgilovchi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar eksport qilinayotgan tovarga belgilangan shakldagi tovarning kelib chiqish sertifikatlarini ilova qilsinlar, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni qabul qilishni “Oʻzdavstandart” markazida roʻyxatdan oʻtkazilgan tashkilotlarning vakil qilingan ekspertlari ishtirokida amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tashqi savdo firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni hamda ushbu firmalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda tashqi savdo firmalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun 15-ilovaga muvofiq asosiy oziq-ovqat tovarlari yetkazib berish boʻyicha tenderlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin, ushbu tartibni, shuningdek, tender komissiyasi aʼzolari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarini roʻyxatga olishda ularga nom berishning yagona tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi korxonalarni, shu jumladan, sobiq SSSR subyektlari boʻlgan mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirayotgan korxonalarni tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olishda faqat 4 va 5-ilovalarda koʻrsatilgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq alohida faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalariga ega boʻlganlar tomonidan ishlab chiqariladigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga eksport va import nomenklaturasini belgilasin.
Boshqa mahsulotlar korxonalar tomonidan eksport va import nomenklaturasi taqdim etilmasdan eksport va import qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
14. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarorining 2-bandi 2-xatboshi, 4-bandi 2, 3-xatboshilari, 2, 3, 4, 5, 6-ilovalari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qaroriga 1-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-son qaroriga 4-5-ilovalar, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-apreldagi 210-son qarori 2-bandining markazlashtirilgan eksport kontraktlari boʻyicha boj poshlinalari toʻlashga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻzlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-iyul,
287-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar)
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Qisqacha nomi |
Ruxsat berish vakolati boʻlgan organlar |
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet mamlakatlardagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻz kasbi boʻyicha faoliyati |
Mehnat vazirligi |
| 2. | audio mahsulotlarini import-eksport qilish | Madaniyat ishlari vazirligi |
| | Kino va video mahsulotlarini import va eksport qilish” “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi | |
| 3. | Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, nou-xau, ixtirolarni eksport qilish | Fan va texnika davlat qoʻmitasi |
| 4. | Chet mamlakatlarga investitsiyalar | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi |
| 5. | Xalqaro transport yuk tashishlar | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi |
| 6. | Sanʼat asarlarini eksport qilish | Madaniyat ishlari vazirligi |
| 7. | Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarni eksport qilish | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
(6-ilovaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi56-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash
QOIDALARI
1. Tovarlar ishla6 chiqarilgan mamlakatni aniqlashning mazkur qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga tovar importini hamda ushbu hududdan tovarlar eksportini tartibga solishning tarifli va tarifsiz chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Tovarlar kelib chiqqan mamlakatni aniqlash prinsiplari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi.
2. Mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan deb hisoblash belgilangan shakldagi tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) sertifikat bilan tasdiqlanadi.
3. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan va uning hududidan eksport qilinadigan tovarlarga tatbiq etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi preferensiyalarning Umumiy tizimi doirasida tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga nisbatan tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun 1980-yilgi “Preferensiyalarning Umumiy tizimi doirasida tarif preferensiyalarini berishda tovarlarning rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilganligini aniqlovchi birxillashtirilgan qoidalar toʻgʻrisidagi bitim” qoidalari qoʻllaniladi.
5. Tovarlar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki yetarlicha qayta ishlangan yoki ularga ishlov berilgan mamlakat tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi.
6. Quyidagi tovarlar ushbu mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan hisoblanadi:
a) uning hududida yoki hududi suvlarida yoki uning kontinental shelfida va, basharti mamlakat ushbu yer osti boyliklarini qazib olishda mutlaq huquqlarga ega boʻlsa, dengiz ostidan qazib olingan foydali qazilma boyliklar;
b) uning hududida etishtirilgan va yigʻib olingan dehqonchilik mahsulotlari;
v) unda tugʻilgan va etishtirilgan tirik hayvonlar;
g) ushbu mamlakatda etishtirilgan hayvonlardan olingan mahsulotlar;
d) ushbu mamlakatda etishtirilgan ovchilik, baliq ovlash va dengiz mahsulotlari;
e) Jahon okeanida ushbu mamlakat kemalari yoki u tomonidan ijaraga olingan kemalar tomonidan tutilgan va (yoki) ishlab chiqarilgan dengiz ovchiligi mahsulotlari;
j) ushbu mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa operatsiyalarning natijasi hisoblangan ikkilamchi xomashyo va chiqitlar;
z) ushbu mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan ijaraga olingan koinot kemalarida ochiq koinotda olingan yuqori texnologiyali mahsulotlar;
i) ushbu mamlakatda istisnosiz mazkur bandning “a” — “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan mahsulotlardan ishlab chiqarilgan tovarlar.
7. Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat qatnashsa, tovarning kelib chiqishi “yetarlicha qayta ishlash” mezoniga muvofiq aniqlanadi.
8. Tovarni “yetarlicha qayta ishlash” mezonlari ushbu mamlakatda quyidagilar hisoblanadi:
a) tovarni qayta ishlash natijasida TIF TN boʻyicha dastlabki 4 belgining istalgan biri darajasida TIF TN boʻyicha tovar pozitsiyasida (tovarning tasniflash kodi)da yuz bergan oʻzgarish;
b) tovar ushbu operatsiyalar amalga oshirilgan mamlakatdan kelib chiqqan deb hisoblanishi uchun kifoya qiladigan yoki kifoya qilmaydigan ishlab chiqarish yoki texnologik operatsiyalarni bajarish;
v) advalor ulush qoidasi — tovar qiymatini oʻzgartirish, bunda foydalanilgan materiallar qiymati yoki qoʻshilgan qiymatning foiz ulushi yetkazib beriladigan tovar narxining belgilangan ulushiga etadi.
9. Aniq tovarlar yoki aniq mamlakat (mamlakatlar)ga nisbatan tovarlarning kelib chiqishi mezoni alohida aytilmasa, umumiy qoidalar qoʻllaniladi, ushbu qoidalarga muvofiq tovar, basharti Tovar nomenklaturasi boʻyicha dastlabki toʻrt belgilardan istalgan biri darajasida tovar pozitsiyasi , (tovarning tasniflash kodi) oʻzgarsa, tovar yetarlicha qayta ishlangan hisoblanadi.
10. Quyidagilar “yetarlicha qayta ishlash” “mezoniga javob bermaydi deb hisoblanadi:
a) saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarni saqlashni taʼminlash boʻyicha operatsiyalar;
b) tovarlarni sotishga yoki transportda tashishga tayyorlash operatsiyalari (guruhlarga ajratish, joʻnatishlarni tashkil qilish, navlarga ajratish, qayta oʻrash);
v) oddiy yigʻish operatsiyalari;
g) tovarlar (komponentlar)ni olingan mahsulotning dastlabki tarkibidan jiddiy farqlaydigan tus bermaydigan qilib aralashtirish;
d) yuqorida koʻrsatilgan ikki yoki undan koʻp operatsiyalar kombinatsiyasi;
e) molni soʻyish.
11. Etarlicha ishlov berish mezonlari advalor ulush orqali ifodalangan taqdirda qiymat koʻrsatkichlari quyidagicha hisoblab chiqiladi:
a) Import qilingan materiallar uchun — olib kelishda boj soligʻi solinadigan qiymat boʻyicha (SIF bazasida); yoki ularning kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan taqdirda — ishlab chiqarish amalga oshirilgan mamlakat hududidagi birinchi sotishning belgilangan narxi boʻyicha;
b) tayyor tovarlar uchun — franko-zavod narxi boʻyicha yoki eksport narx boʻyicha.
12. Tovarlarni ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra bir partiyada yuklab joʻnatish mumkin boʻlmaganda bir necha partiyalarga boʻlib yuboriladigan qismlarga ajratilgan yoki yigʻilmagan koʻrinishdagi tovarlar, deklarantning istagiga koʻra, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash nuqtai nazaridan yagona buyum sifatida qaralishi kerak.
Quyidagilar ushbu qoidani qoʻllash shartlari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organining boʻlaklarga ajratilgan yoki yigʻilmagan tovarni bir necha partiyaga ajratish toʻgʻrisida buning sabablari koʻrsatilgan oldindan bergan bildirishnomasi, TIF TN boʻyicha tovarlar kodlari, har bir partiyaga kiruvchi tovarlarning qiymati va ular ishlab chiqarilgan mamlakat koʻrsatilgan holda batafsil roʻyxatini taqdim etish;
b) tovarlarni bir necha partiyalarga ajratish xato ekanligini, agar bir necha partiyaga ajratilgan boʻlsa, hujjatlar bilan tasdiqlash;
v) barcha partiyalarning bir mamlakatdan bir yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilish;
g) barcha partiyalarning bir bojxona (bojxona posti) orqali olib kelinishi;
d) tovarlarning barcha partiyalarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan sanadan boshlab yoki birinchi partiyaga nisbatan uni yetkazib berish muddatlari tamom boʻlgandan keyin 6 oydan oshmaydigan muddatda yetkazib berish.
13. Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, asbob-uskunalarning kelib chiqishi hisobga olinmaydi.
14. Tovar, agar ushbu tovar ishlab chiqarilgan joyning belgilangan mezonlariga va boshqa shartlariga mos kelibgina qolmasdan, balki eksport qiladigan mamlakatda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan korxona, firma tomonidan bevosita xarid qilinsa va ushbu mamlakatdan import qilinadigan mamlakatga toʻgʻridan toʻgʻriyuklab joʻnatish yoʻli bilan import qilinsa eksport qilingan mamlakatda ishlab chiqarilgan hisoblanadi.
Geografik, transport, texnik yoki iqtisodiy sabablar oqibatida bir yoki bir necha mamlakat hududi orqali transportda tashiladigan tovarlar, shuningdek, tovarlar hamma vaqt tranzit qiluvchi mamlakatning bojxona nazoratida boʻlishi sharti bilan ushbu mamlakatlar hududidan vaqtincha olib oʻtilganda yoki omborlarda joylanganda ham toʻgʻridan toʻgʻriyuklab joʻnatish talablariga javob beradi.
Bundan tashqari import qiluvchi tomonidan koʻrgazmalarda yoki yarmarkalarda sotib olingan tovarlar ham ushbu tovarlar koʻrgazma yoki yarmarkaga joʻnatilgandan keyin koʻrgazma maqsadlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasa hamda koʻrgazma yoki yarmarka davomida bojxona nazorati ostida boʻlsa toʻgʻridan toʻgʻriyuklab joʻnatish qoidalariga javob beradi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi tovarning ushbu mamlakatda ishlab chiqarilganligiga ishonch hosil qilish uchun tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
16. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishda sertifikat zarur boʻlganda va bu tegishli kontraktlarda, import qiluvchi mamlakat milliy qoidalarida qayd etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda beriladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasining boj hududiga tovarlarni import qilishda sertifikat majburiy tartibda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi boj tartibi boʻyicha tarif preferensiyalari beruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
b) ushbu mamlakatdan import qilish miqdoriy cheklashlar (kvotalar) bilan yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa usullari bilan tartibga solinadigan tovarlarga;
v) agar bu Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarda, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi, isteʼmolchilarning huquqlarini, jamoat tartibini, davlat xavfsizligini va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
g) bojxona rasmiylashtirishi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarlar ishlab chiqarilgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yoxud bojxona organi tovarlar ishlab chiqarilgan joy toʻgʻrisida haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlar deklaratsiya qilinayapti deb hisoblashi uchun asos boʻlgan hollarda taqdim etiladi.
18. Sertifikat koʻrsatib oʻtilgan tovar tegishli mamlakatda ishlab chiqarilganligini aniq tasdiqlashi, yaʼni unga quyidagilar boʻlishi kerak:
a) eksport qiluvchining tovar ishlab chiqarilgan joy toʻgʻrisidagi tegishli mezonni qondirishi haqidagi yozma tasdiqnomasi;
b) sertifikatda berilgan maʼlumotlar haqiqatga muvofiqligi toʻgʻrisida sertifikat bergan tovarni tashqariga chiqaruvchi mamlakat vakolatli organining yozma qaydi.
19. Agar Oʻzbekiston Respublikasi bilan eksport qiluvchi mamlakat oʻrtasidagi bitimda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, sertifikatda tovar toʻgʻrisidagi quyidagi zarur maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) eksport qiluvchining nomi va manzili;
b) import qiluvchining nomi va manzili;
v) tashiladigan transport vositasi va qatnov yoʻnalishi (bu qanchalik maʼlum boʻlsa);
g) oʻrinlar soni va oʻrash-joylash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun barcha zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan tovar taʼrifi;
d) brutto va netto ogʻirligi (ushbu koʻrsatkichlar, masalan, transportda tashishga tovarning ogʻirligi jiddiy ravishda oʻzgarganda birliklar yoki hajm soni yoki ushbu birliklar tovarning ushbu turiga andozali qoʻllanganda boshqa koʻrsatkichlar bilan almashtirilishi mumkin);
e) schyot-fakturaning tartib raqami va sanasi.
20. Sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organiga mashinkada yozilgan holda tuzatishlarsiz, rus yoki ingliz, yoki fransuz, yoki ispan tillarida taqdim etiladi.
21. Sertifikat yukning bojxona deklaratsiyasi hamda boj rasmiylashtirilishida zarur boʻlgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi.
Sertifikat yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda uning rasman tasdiqlangan dublikati qoʻllaniladi.
22. Tovarlarning uncha katta boʻlmagan partiyalari (faktura qiymati 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan) ishlab chiqarilgan joyni tasdiqlashda eksport qiluvchi tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni schyot-fakturada yoki tovarga ilova qilingan boshqa ilova hujjatlarida deklaratsiya qilishi mumkin.
23. Zarur tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar taqdim etilmagunga qadar tovar ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
24. Zarur tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki tovar ishlab chiqarilgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilmasligi tovarni Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasi orqali oʻtkazib yuborishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
Bojxona organi yuk Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarga, va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina tovarni oʻtkazib yuborishni rad etishi mumkin.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshi qoidalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan joyi ishonchli ravishda aniqlanmagan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi boj tarifining eng yuqori stavkalari boʻyicha boj poshlinalari toʻlangan holda oʻtkaziladi.
25. 24-bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan tovarlarga ularning ishlab chiqarilgan joyi toʻgʻrisida tovar yetkazib berilgandan (oʻtkazib yuborilgandan) keyin kamida bir yildan kechikmay ular ishlab chiqarilgan joy toʻgʻrisida tegishli tasdiqnoma olingan taqdirda eng qulay tartib yoki preferensiya tartibi qoʻllanilishi (tiklanishi) mumkin.
Korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlash
QOIDALARI
1. Korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlashning mazkur Qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar deb ataladi) “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni aniqlash tartibini takomillashtirish va korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishda bojxona nazoratini tartibga solish zaruriyati munosabati bilan ishlab chiqilgan.
2. Mahsulotni oʻzi ishlab chiqargan mahsulot deb hisoblash mezoni oʻzi ishlab chiqargan mahsulot sertifikati bilan tasdiqlanadi. Sertifikat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati, ularni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi, sertifikat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻzi ishlab chiqargan mahsulot sertifikati toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
3. Mazkur Qoidalar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar boʻyicha eksport qilinadigan mahsulot turlariga joriy etiladi.
4. Korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan mahsulot deganda toʻliq ushbu korxonada ishlab chiqarilgan yoki quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilingan holda qayta ishlov berilgan mahsulotlar tushuniladi:
a) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan hollarda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga maxsus ruxsatnoma mavjudligi;
b) moddiy va (yoki) moliyaviy resurslar koʻrinishidagi oʻz asosiy va oborot fondlaridan foydalanilishi;
v) mahsulot ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlari ushbu korxonada ish bilan doimiy ravishda band boʻlgan xodimlar tomonidan bajarilishi;
g) tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) pozitsiyasi raqamli kodini mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan tayanch xomashyo va materiallarga nisbatan dastlabki toʻrt belgi (neftni qayta ishlash korxonalari uchun — keyingi uch belgi) boʻyicha tayyorlangan mahsulot tasnifi oʻzgartirilishi (qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining xomashyo mahsulotidan tashqari);
d) eksportga moʻljallangan pirovard mahsulot qiymatida ushbu korxonada qoʻshilgan qiymat kamida 30 foiz boʻlishi (qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining xomashyo mahsulotidan va mazkur qoidalarning 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan mahsulotdan tashqari).
5. Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalari uchun korxona tomonidan yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada belgilangan hajmlar doirasida haqiqatda qazib olinadigan mahsulot, shuningdek, uni qayta ishlash natijasida ushbu korxonada tegishli hajmlarda ishlab chiqarilgan mahsulot oʻzi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadi.
Qazib olingan mahsulotni ulushli taqsimlash toʻgʻrisida bitim mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan bitimga muvofiq korxonaga beriladigan mahsulotning bir qismi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotga tegishli boʻladi.
6. Mahsulot korxonaning oʻzi ishlab chiqargan mahsulot hisoblangan xomashyodan hamda ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan yoki sotilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda oʻzi ishlab chiqargan pirovard mahsulot deb:
xomashyo egasi uchun — mahsulotning qayta ishlash uchun haq toʻlash sifatida qayta ishlovchi korxona ixtiyorida qoladigan qismini chiqarib tashlagan holda xomashyo qayta ishlangandan keyin olingan mahsulotni;
qayta ishlovchi korxona uchun — korxonadan sotib olingan xomashyo qayta ishlanganligi yoki xomashyodan olingan mahsulotga haq toʻlash sifatida uning ixtiyorida qoluvchi mahsulotni hisoblash kerak.
7. Neft va gaz qazib oluvchi hamda neft va gazni qayta ishlovchi korxonalar uchun “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni aniqlashning qoʻshimcha shartlari belgilanadi.
8. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda mahsulotni oʻzi ishlab chiqargan mahsulotga tegishli deb hisoblash haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlarni aniqlash
QOIDALARI
1. Mazkur Qoidalar “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasini amalga oshirish hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlarni aniqlash tartibini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar sertifikati (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar ushbu korxonaning iltimosi (buyurtmanomasi) boʻyicha beriladi.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar sertifikatining yoʻqligi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy tartibda ular tomonidan amalga oshiriladigan import boʻyicha faoliyatni cheklash uchun asos hisoblanmaydi.
2. Mahsulotlarni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (keyingi oʻrinlarda korxona deb ataladi) oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar toifasiga tegishli deb topish fakti tegishli sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Sertifikatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati, ularni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi, sertifikat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun eksport qilayotgan mahsulotlar sertifikati toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
3. Oʻz ehtiyojlari uchun import qilinayotgan mahsulotlar deganda korxonalarning mol-mulki, shu jumladan, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, asbob-uskunalar hamda korxonalar tomonidan texnologiya jarayonida quyidagi asosiy talablarga rioya qilgan holda bevosita foydalaniladigan boshqa materiallar tushuniladi:
a) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan hollarda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga maxsus ruxsatnoma borligi;
b) mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan ekologik normalarga muvofiqligi;
v) moddiy va (yoki) moliyaviy resurslar koʻrinishidagi oʻz asosiy va oborot fondlaridan foydalanilishi;
g) ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlari yoki mahsulot sifatini yaxshilash ushbu korxonada doimiy ravishda ish bilan band boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi;
d) korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida (shu jumladan, ijaraga olingan) ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining yoki mahsulot sifatini yaxshilashning amalga oshirilishi.
4. Sertifikatda ushbu korxonaning imkoniyatlaridan va oʻz mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan import qilinadigan mahsulot sarfi normalaridan kelib chiqib korxona tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulot hajmlari koʻrsatiladi.
5. Korxona tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulot sifati darajasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida shunga oʻxshash mahsulotga qoʻyiladigan talablardan past boʻlmasligi kerak, bu sertifikat beruvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
6. Sertifikat olgan korxona har olti oyda sertifikat bergan tashkilotga oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotdan foydalanish toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi.
Koʻrsatilgan deklaratsiya taqdim etilmagan taqdirda yoki agar sertifikat bergan tashkilot oʻz ehtiyojlari uchun import qilingan mahsulotdan oʻz mahsulotini ishlab chiqarish yoki uning sifatini yaxshilash uchun emas, balki mazkur qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda (qayta sotish, barter almashtirish va boshqalar) foydalanilganligini aniqlasa, korxona amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi, shuningdek, berilgan sertifikatdan mahrum etiladi.
7. Mazkur Qoidalarning amal qilishi boʻyicha nizoli masalalar paydo boʻlgan taqdirda mahsulotni korxonaning oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarga tegishli deb hisoblash haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasi tomonidan birgalikda qabul qilinadi.
Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
*1. Muvofiqlik sertifikati
*2. Tovarning kelib chiqish sertifikati
*Izoh: * MDH mamlakatlariga yetkazib beriladigan tez buzuluvchi meva-sabzavot mahsulotlaridan tashqari.
3. Kontrakt (shartnoma, bitim)
4. Bojxona yuk deklaratsiyasi
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan asosiy oziq-ovqat tovarlari
roʻyxati
|
№ |
Tovarning qisqacha nomi |
TIF TN boʻyicha tovar kodi |
| 1. | Don | 1001, 1002, 1003 |
| 2. | Qand-shakar | 1701 |
| 3. | Quruq sut | 0402 |
| 4. | Choy | 0902 |
| 5. | Spirt | 2207, 2208 |