Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.12.2010 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALAR MAYDONChALARINI TIKLASh VA TAShKIL ETIShNING 2011 — 2015 YILLARGA MO‘LJALLANGAN ChORA-TADBIRLAR DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning ko‘ngilli dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ma’naviy-estetik qadriyatlar asosida sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash uchun har bir mahalla, daha va mikrotumanda zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalariga qo‘yiladigan talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda bolalar maydonchalariga qo‘yiladigan talablar asosida hamda aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin va ularda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishi va jismoniy rivojlanishi uchun bolalar maydonchalarining qulay, ko‘rkam va tekis joylarda tashkil etilishi, ularning atrofida sersoya daraxtlar va o‘tirib dam olinadigan hordiq o‘rindiqlar bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘yin va sport qurilmalarining bolalarning yoshi va qiziqishlariga mos zamonaviy va sodda tuzilishga ega bo‘lishi hamda ularning sanitariya va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan turlarining o‘rnatilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari dasturni amalga oshirishda asosiy ijrochilar sifatida belgilansin hamda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mavjud barcha bolalar maydonchalarini, sport va o‘yin qurilmalarini yalpi xatlovdan o‘tkazish va ularni tegishli ravishda uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tasarrufiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tumanlar va shaharlar bo‘yicha namunaviy loyihalar asosida har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda bolalar maydonchalari tashkil etishni (tiklashni) nazarda tutadigan, 2011 — 2015-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari, jamg‘armalar, fermer xo‘jaliklari, korxona va boshqa tashkilotlarni, mahalliy aholini joylardagi bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish ishlariga keng jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar, birinchi navbatda, mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablag‘lari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjetdan tashqari moliyaviy manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur holatlarda bolalar maydonchalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar mahalliy budjetlar parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalarining ko‘rkam va obod holda saqlanishi, ulardagi o‘yin va sport qurilmalarining texnik jihatdan soz holatda bo‘lishiga uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida namunaviy loyihalarni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va o‘yin qurilmalarini mamlakatimizdagi korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda dasturning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli ravishda monitoring ishlarini olib borish va uning natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga muntazam axborot berib borish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tadbirlar nomi‎ Bajarish muddatlari‎ Mas’ul bajaruvchilar‎ Moliyalashtirish manbalari‎ Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija‎
I. Bolalar maydonchalari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1.‎ Bolalar maydonchalariga faoliyat ko‘rsatishi uchun jismoniy sog‘lomlashtirish inshooti pasporti va sertifikatini berish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylar mablag‘lari‎ Bolalar maydonchalarini pasportlashtirish joriy etiladi. Bolalar maydonchalarini sertifikatlash orqali ularga qo‘yilgan talabning bajarilishi ta’minlanadi. Belgilangan me’yor va talablarga muvofiq maqsadli foydalanish ta’minlanadi. Yagona davlat xatlovidan o‘tkaziladi.
2.‎ Respublikaning har bir tumanida (shahrida) 5 ta rag‘batlantiruvchi mukofot ta’sis etuvchi “Eng yaxshi bolalar maydonchasi” tanlovining Nizomini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va 2011-yildan boshlab joriy etish.‎ 2011-yil fevral‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ Homiylar mablag‘lari‎ Nizom loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Eng yaxshi namunaviy maydoncha aniqlanadi. Raqobatchilik asosida bolalar maydonchalarining holati yaxshilanadi.
3.‎ Eng namunali bolalar maydonchalarida ishlarni tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar olib borish hamda ko‘rgazmali treninglar o‘tkazish orqali ilg‘or tajribalarni ommalashtirish.‎ 2011-yildan boshlab har yili‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH‎ —‎ Eng namunali zamonaviy bolalar maydonchasi tanlab olinib tajriba almashinadi. Barcha bolalar maydonchalarining yaxshilanishiga e’tibor beriladi.‎
4.‎ Bolalar maydonchalarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish.‎ 2011-yil I chorak‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ —‎ Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi. Bolalar xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.‎
5.‎ Bolalar uchun mo‘ljallangan gazeta va jurnallarda “Bolalar maydonchalarida” turkumida maqolalar chop etib borish.‎ Doimiy‎ O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari —‎‎ Bolalar maydonchalari ahamiyati aholi o‘rtasida ommalashadi. Ularni saqlash va rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi.‎
6.‎ Ota-onalar o‘rtasida:
‎— bolala� maydonchalaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash;
‎— bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyati xususida davra suhbatlari o‘tkazish va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish;
‎— maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida “Bolalar maydonchalari”ni ommalashtirish bo‘yicha bukletlar chiqarish.‎
2011-yildan boshlab doimiy‎ Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH‎ —‎ Ota-onalar o‘rtasida ishlab chiqilgan xavfsizlik qoidalarini targ‘ib qilishda va bolalarning sog‘lig‘i uchun jismoniy mashqlar foydasi taraflari tushuntiriladi.
II. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish
7.‎ Bolalar maydonchalariga qo‘yiladigan talablar asosida hamda aholi sonini, uy-joylarning turi va joylashishini inobatga olgan holda bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.‎ 2011 I chorak Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ko‘zda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Hududlarda tashkil qilinadigan va tiklanadigan bolalar maydonchalarining namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishiga erishiladi.
8.‎ Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va o‘yin qurilmalarini yalpi xatlovdan o‘tkazish, ularni tegishli uy-joy mulkdorlari shirkatlari tasarrufiga berish yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga biriktirish.‎ Bir oy muddatda‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎ Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va o‘yin qurilmalari ahvoli yalpi xatlovdan o‘tkaziladi.
‎O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan barcha bolalar maydonchalarini uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansiga o‘tkazish yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
‎Bolalar maydonchalarini va ulardagi sport va o‘yin qurilmalarini soz holatida saqlashga erishiladi.
9.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
‎har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda ilgari tashkil etilgan bolalar maydonchalarini tiklash va bolalar maydonchalari bo‘lmagan mahalla, daha va mikrotumanlarda yangilarini qurish;
‎turar joy dahalari va mahallalarda rekreatsiya zonalari tashkil etish;
‎bolalar maydonchalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
‎bolalar maydonchalarini sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlash.
2011-yil fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD‎ —‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.
‎Bolalar maydonchalari tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida bolalar maydonchalarini tashkil etish parametrlari shakllantiriladi.
‎Aholining (bolalarning) dam olishi, jismoniy tiklanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
10.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha mutasad�i idora va tashkilot vakillaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy komissiyalar tashkil etish.‎ 2011-yil fevral‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎‎‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan .hududiy komissiyalar tarkibini va ularning vazifalarini tasdiqlash.
‎Dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va uning bajarilishini ta’minlash.
11.‎ Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlarga asosan bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan yangidan tashkil etish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda ularni sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlash.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy manbalari va homiylar mablag‘lari‎ 2011 — 2015-yillarda barcha bolalar maydonchalari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta, ko‘p kvartirali uyli aholi massivlarida esa — har to‘rtta uy uchun kamida bittadan zamonaviy bolalar maydonchalari bo‘lishiga erishiladi.‎
12.‎ Qayta tiklangan va yangidan barpo etilgan bolalar maydonchalarini foydalanishga tantanali vaziyatda topshirish marosimlarini o‘tkazish.‎ Bayramlar arafasida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ —‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tantanali topshirish, aholi o‘rtasida ushbu ishlarni ommalashtirish, gazeta, jurnal va televideniye orqali keng yoritib borish.‎
13.‎ Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va o‘yin qurilmalari bilan ta’minlash maqsadida ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.‎ 2011-yildan boshlab Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi‎ Tadbirkorlar, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va o‘yin qurilmalari ishlab chiqish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish.‎
14.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va o‘yin qurilmalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish.‎ 2011-yildan boshlab har yili mart oyida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi‎ —‎‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va o‘yin qurilmalari ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
‎Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlashga keng imkoniyat yaratiladi.
15.‎ Dasturning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish.‎ 2011 — 2015-yillar‎ Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari —‎‎‎‎‎‎‎ Dasturning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boriladi va uning natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda axborot berib boriladi.‎
III. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish sarf-xarajatlarini moliyalashtirish
16.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilar mablag‘larini jalb etish va sarflash tartibini belgilash. 2011 — 2015-yillar‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi —‎‎‎‎‎‎‎‎ Mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablag‘lari, mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larini jalb etish va sarflash tartibi belgilanadi.‎
17.‎ Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalari va miqdorini aniqlash.‎ 2011-yil fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari‎ —‎‎‎‎‎‎‎‎‎ Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning miqdori va manbai aniqlanadi.
18.‎ Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar va fermyerlarni:
‎bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga;
‎hududiy komissiya ishchi guruhiga keng jalb qilish.
2011-yildan boshlab‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar‎ —‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga keng jalb qilinadi.
‎Belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiylik mablag‘lari ko‘lami ortadi.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-dekabrdagi 304-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalariga qo‘yiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar maydonchalari bolalarning o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. U yerda joylashtiriladigan barcha jihozlarning bolalar uchun qiziqarli bo‘lishiga erishish zarur. Chunki maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning kundalik hayotida o‘yin eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi va o‘yin vositasida bolalarning jismoniy va intellektual rivojlanishiga samarali ta’sir etish imkoniyati bor. O‘yin orqali bolalar atrof muhit bilan yaqindan tanishadi, o‘zaro muloqot qilishni o‘rganadi va mustaqil harakatlanish, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar o‘zlari uchun instinktiv ravishda o‘yin jihozlari, o‘yin maydoni va o‘yin turini tanlaydi. Bolalar maydonchasida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar tabiat bilan uyg‘unlashadi va oxir-oqibatda ularga tabiatga mehr uyg‘onadi. Maydonchalarda tashkil etiladigan o‘yinlar faqat u yerdagi sport jihozlari bilan bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, sodda milliy o‘yinlarni ham qamrab olishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa bolalarni o‘yin vositasida milliy an’analarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ushbu o‘yinlar orqali bolalarning harakatlarida mustaqillik, dadillik paydo bo‘ladi. Ular bu maydonchalarda erkin harakat qilish, boshqa bolalarning harakatlaridan o‘rnak olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joy tanlash. Bolalar maydonchasi aholi yashash punktlarining markaziy qismlarida, uylardan uzoq bo‘lmagan masofada, iloji boricha kengroq, ochiqroq joyda tashkil etilishi kerak. Ular uchun tanlanadigan joy avtomobillar qatnaydigan yo‘ldan va avtomobillar to‘xtash joyidan uzoqda bo‘lishi shart, tanlangan joyda kanalizatsiya lyuklari bo‘lmasligiga e’tibor qaratish lozim. Agar tanlangan joyda daraxtlar bo‘lsa, ularning soyasidan unumli foydalanish kerak. Tanlangan joyning yuza qismi iloji boricha tekis bo‘lishiga erishish zarur. Maydonchaning muayyan qismi yoki to‘liq ravishda maxsus qoplama bilan qoplanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoritish masalalari. Tanlangan joy kunduzi yetarli darajada quyosh tushib turadigan, kechasi ham yoritish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. Elektr yoritish tizimidan foydalanishda maydonchaning barcha qismlari tekis yoritilishiga erishish zarur. Bu bolalarning kechki paytda ham bexavotir harakatlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘yin jihozlari. Bolalar maydonchasiga joylashtiriladigan o‘yin jihozlari bir-biridan xavfsiz masofada, boshqasiga xalaqit bermaydigan darajada joylashtirilishiga erishish kerak. O‘yin jihozlari ularda o‘ynaydigan bolalarning yoshi va talablariga mos bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ularning yayrab o‘ynashi, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishi va jismoniy rivojlanishi uchun xizmat qilishi zarur. Bolalar maydonchasida yaratilgan muhit bolalarning ijtimoiy moslashishiga xizmat qiladi, o‘zlarini dadil tutishiga, harakatlarni cho‘chimasdan, dadil bajarishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hudud atrofini o‘rash. Bolalar maydonchalari alohida to‘siq yoki panjara bilan o‘ralishi lozim. Bu to‘siqlar yog‘och yoki metalldan tayyorlanishi, ularning bo‘yi 70 santimetr bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. To‘siqlar bolalar maydonchasida yer transportlarining harakatlanishi, uy hayvonlarini sayr qildirishning oldini olish hamda ular xavfidan saqlash maqsadida, shuningdek, bolalarning harakatli o‘yinlari davomida maydoncha chegarasidan chiqib boshqalarga xalaqit bermasligini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dizayn. Bolalar maydonchalarini loyihalashtirishda dizayn masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Bunda, birinchi navbatda, bolalarni jalb etadigan darajada qiziqarli va yorqin ranglardan foydalanish, u yerdagi sport jihozlarini tartibli, biri ikkinchisiga xalaqit bermaydigan, agar zarur bo‘lsa, bir jihozdan keyin ikkinchisiga o‘tib o‘ynash qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘yin jihozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalar maydonchalariga joylashtiriladigan o‘yin jihozlari, birinchi navbatda, xavfsiz, bolalarga jarohat yetkazmaydigan, o‘tkir qirralarsiz bo‘lishi lozim. Ularning asosiy turlari quyidagilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘ziqorin. Bolalar maydonchalari mavjudligini yaqqol bildiruvchi bu jihoz alohida holda ham, qum to‘kilgan joy tepasida yoki dam olib o‘tiriladigan aylana skameyka tepasida ham o‘rnatilishi mumkin. Bu qo‘ziqorin qalpoqsimon ko‘rinishdagi metall yoki taxta qoplamaning yog‘och ustunga o‘rnatilganidir. Qo‘ziqorinning tepasi odatda bir xil rangdagi bo‘yoq ustiga qo‘ziqorin dog‘lari singari dumaloq shakldagi boshqa rangi bilan ajralib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayvoncha. 4-5 nafar bola aylana shaklida yoki bir-biriga qarama-qarshi tomonda o‘tiradigan skameykalar bilan jihozlangan, usti metall yoki taxta bilan to‘rtburchak shaklida qoplangan dam olish joyi. Bu joy bolalarning harakatli o‘yinlardan charchagan davrida muloqot qilishlari va passiv hordiq chiqarish uchun xizmat qiladi. Yomg‘irli kunlarda esa u yerda o‘tirib, suhbatlashish imkoniyati bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchoqlar. Uchoqlarga ikki kishilik va to‘rt kishilik gorizontal uchoqlar hamda bir kishilik va ikki kishilik vertikal uchoqlar va boshqa turli uchoqlar kiradi. Ular o‘rindiqlarda o‘tirgan holda ikki tomonga tebranish qoidalariga asoslanadi. O‘rindiqlar bolalar uchun qulay bo‘lishi va ular oldida ushlagichlari bo‘lishi lozim. Uchoqlar podshipnik orqali asosga birlashtirilishi shart. Chunki harakatlarning silliq va ravon bo‘lishiga podshipniklar vositasidagina erishilishi mumkin. Vertikal uchoq atrofida ma’lum masofagacha xavfsizlik zonasi tashkil etilishi va boshqa jihozlar joylashtirilmasligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rgimchak to‘ri. Bu jihoz yarim aylana shaklida kesilgan ikki juft quvurning bir-biriga yopishtirilgan va har ikkala juft quvurlarning o‘rtasida ularni bog‘lab turuvchi quvurlar payvandlangan bo‘ladi. Jihozning umumiy ko‘rinishi ag‘darilgan piyolani eslatadi. Turniksimon ko‘rinishda qator payvandlangan quvurlarga bolalar osilib o‘ynashi natijasida ularning bilak quvvati ortadi, tepalikka ko‘tarilib borgan sari ular o‘z kuchlarini hisoblashga va qanchalik darajada balandlikka yetib bora olishlarini sinab ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qumxona. Taxminan 1,5 x 1,5 metr yoki 2,0 x 2,0 metr kenglikdagi maydon yog‘och to‘siq bilan o‘ralib, uning o‘rtasiga qum to‘kiladi. Yog‘och to‘siq o‘tkir qirrali bo‘lmasligi kerak. Qumxonada o‘tkaziladigan o‘yinlar bolalarning mushohada qobiliyatini rivojlantiradi. U yerda qumdan yasaladigan imoratlar, inshootlar va turli ko‘rinishdagi minoralar ulardagi ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Qumxonada foydalaniladigan chelakcha, xokandozcha, avtomashina va boshqa o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlarida bo‘ladi va ularning fantaziyasidan kelib chiqib turli o‘yinlar o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirpanchiq. Odatda metall yoki plastmassadan tayyorlanadigan sirpanchiq bolalarning eng sevimli snaryadi hisoblanadi. Sirpanchiqning tepasiga chiqib olish uchun esa narvon va undan yiqilib ketmaslik uchun qo‘l bilan ushlab chiqiladigan to‘siq ham bo‘lishi kerak. Sirpanchiqning pastki qismiga, odatda, bir oz qum to‘kib qo‘yiladi va bu bolalarning yerga qattiq urilmasligini, agar yiqilib tushsa ham jarohat olmasliklarini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turnik. Bolalarning qo‘l muskullarini rivojlantirish, ularda muallaq turish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun xizmat qiladigan turniklar bolalar maydonchalarida turli shakllarda va turlicha balandliklarda bo‘lishi zarur. Eng sodda hisoblangan bu snaryad, odatda, boshqa jihozlarga xalaqit bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narvon. Bolalar maydonchalaridagi narvonlar oddiy narvonlardan yerga mahkamlanganligi, ko‘chmasligi va bir necha qatorligi bilan farqlanadi. Uch-to‘rt qatorli narvonlar bir tarafdan bir necha bolaning bir paytda shug‘ullanishi uchun sharoit yaratishidan tashqari, bolalar o‘rtasida kim birinchi bo‘lib narvonning tepasiga yetib borishi bo‘yicha musobaqalarni ham tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rindiqlar. Bolalar maydonchasida bolalar bilan bir qatorda kattalar uchun ham xizmat qiladigan jihozlardan biri o‘rindiqdir. Bolalar maydonchalaridagi o‘rindiqlarning balandligi boshqa joylarda kattalar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlardan pastroq bo‘ladi. Odatda bolalar maydonchalari o‘rindiqlari juda sodda, to‘rtta yog‘och yoki metall oyoq ustiga joylashtirilgan bir nechta taxtadan iborat bo‘ladi. O‘tirgich sifatida ishlatiladigan taxtalar silliqlangan, o‘tkir qirralari yo‘nilgan va albatta bo‘yalgan yoki laklangan bo‘lishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karusel. Bolalar maydonchalariga o‘rnatiladigan karusellar o‘zining sodda konstruksiyasi va hajmining kichikligi bilan bog‘larda o‘rnatiladigan karusellardan farqlanadi. Bu karusellarda o‘tirgichlar bo‘lmaydi va bolalar unda tik turgan holda aylanadilar. Shu bilan birga, karusellar elektr quvvati bilan emas, kattalarning yoki bolalarning jismoniy harakatlari evaziga harakatlanadi. Bolalar maydonchalari karusellari bitta podshipnikka o‘rnatilgan o‘q (aksariyat hollarda yo‘g‘onroq temir quvur) va unga payvandlangan yuza qismdan iborat bo‘ladi. Aylana shaklidagi yuza qismning ustki tomonida bolalarning tushib ketmasligi uchun to‘siq va karuselni aylantirish uchun tirgaklar bo‘ladi. Bu jihoz bolalarning muvozanatlashtirish malakalarini rivojlantirishga, boshi tez aylanadigan bolalarning jismoniy quvvatini oshirishga, bolalarning balandlikka ko‘nikishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basketbol shiti. Bolalar maydonchalarida bitta basketbol shiti yoki maydon kengroq bo‘lsa — ikkita o‘rnatilishi mumkin. Basketbol to‘pi tushadigan to‘r bolalarning bo‘ylariga mos ravishda yer-sathidan 1,5 metrdan 2,0 metrgacha balandlikda o‘rnatilishi mumkin. Bu jihoz bolalarning to‘p bilan harakatlanishi va to‘rga tushirishga intilishi orqali deyarli barcha a’zolarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axlat qutisi. Bolalar maydonchalarining bolalar tomonidan iflos qilib yuborilmasligi uchun uning chekka qismlariga axlat qutilari qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar maydonchalariga kirish va chiqishni hech kim nazorat qilmasligi bois u yerga bolalar turli xil yeguliklarni olib kelishi va ularning qoldiqlarini har joyga sochib yuborishining oldini olish maqsadida ushbu qutilardan foydalaniladi. Axlat qutilari bitta joyga muqim (qo‘zg‘almas qilib) o‘rnatiladigan yoki joyi o‘zgartiriladigan bo‘lishi mumkin. Har ikki holatda ham axlat qutilaridagi axlatlarni har kuni yo‘qotish ishlari amalga oshirilishi zarur.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 488-modda)