Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.11.2010 yildagi PQ-1438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-2015 YILLARDA RESPUBLIKA MOLIYA-BANK TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh VA BARQARORLIGINI OShIRISh HAMDA YuQORI XALQARO REYTING KO‘RSATKIChLARIGA ERIShIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‘zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar respublikaning moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko‘paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan aholi hamda xo‘jalik subyektlarining bo‘sh mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq baholash ko‘rsatkichlari darajasiga chiqish yo‘lidan olg‘a siljib borishini xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-maydagi PQ-1965-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 250-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning g‘oyat muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko‘rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-avgustdagi F-3476-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari Dasturi ma’qullansin, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadli ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlarining o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik, mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, nobank moliya institutlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa ijrochi mas’ul tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklari uyushmasi, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining 2011-2012-yillarda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini, shuningdek nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq etib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kapitali yetarliligiga nisbatan talablarni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari uchun qo‘shimcha majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tijorat banklari ixtiyoriga o‘tgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xo‘jalik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik investorlarga sotilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1438-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda, 36-son, 477-modda)