Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2021 26.11.2010 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IChKI IShLAR ORGANLARINING VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISh MARKAZLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-sonli “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida hamda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyati muntazam ravishda nazorat qilinishini, markazlarga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam berilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq jihozlar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ularning shaxsi aniqlangungacha va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgungacha qonunda belgilangan tartibda vaqtincha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtiriladi hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan kundan boshlab yetti kun mobaynida ichki ishlar organlari tomonidan tegishli ma’lumotlar bolalar yashaydigan joydagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash talablariga muvofiq tarzda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularni ijtimoiy himoya qilish va har tomonlama rivojlantirishga yordam berishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus shart-sharoitlar ta’minlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi hududini qo‘riqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligi va ularni salbiy ta’sirlardan yuqori darajada himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi hududiga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning muassasa hududidan erkin chiqishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularning buyumlarini, shuningdek ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta jo‘natmalarini tekshiruvdan o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari sanitariya-gigiyena me’yorlari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan, bolalarni xavfsiz saqlash uchun yaroqli binolar mavjud bo‘lganda, qoidaga ko‘ra, viloyat markazlarida (zarurat bo‘lganda yirik ma’muriy markazlarda ham) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga, shuningdek belgilangan namunadagi peshlavhasiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida kecha-kunduz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga quyidagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetishga qodir bo‘lmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur bo‘lsa, shuningdek ularning shaxsi aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa yoxud ularning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari huquqbuzarliklar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi to‘g‘risidagi masalaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning ajrimiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘ining yoxud uning o‘rinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan markazga joylashtirilgandan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari voyaga yetmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi to‘g‘risida mazkur markaz joylashgan joydagi prokurorni va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirishdan oldin voyaga yetmagan va uning buyumlari shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy ko‘rik paytida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanishi man etilgan buyumlar olib qo‘yiladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanishi taqiqlangan va olib qo‘yiladigan buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablag‘lari, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining ushbu buyumlarni saqlash uchun mas’ul etib tayinlangan xodimiga vaqtinchalik saqlab turish uchun belgilangan tartibda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelingan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, ular uchun hisob-statistik kartochkalar to‘ldiriladi va hisobga olish yig‘majildlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida hisobga olish-ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini yuritish tartibi va tegishli hujjatlarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlardan kelib tushgan voyaga yetmagan fuqarolarini qabul qilish va yashash joyiga yuborish, bevosita ushbu voyaga yetmaganlarni qabul qilgan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida ularni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan eng kam vaqt davomida, lekin ko‘pi bilan o‘ttiz kun bo‘lishlari mumkin. Istisno hollarda bu muddat ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining iltimosnomasiga ko‘ra, sudning ajrimi asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganning bo‘lishi muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida sog‘liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan e’lon qilingan karantin davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning sog‘liqni saqlash muassasasi hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga to‘sqinlik qilayotgan kasallik davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimi yuzasidan berilgan shikoyatning (protestning) ko‘rib chiqilish vaqti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar har biridagi bolalar soni 20 nafardan ortiq bo‘lmagan guruhlarga taqsimlanadi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida yotoqxonalarga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini o‘zboshimchalik bilan tark etish va huquqbuzarlik sodir etilishini istisno etuvchi xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari nazoratida bo‘lishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kun tartibi voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida kecha-kunduz bo‘lishini hisobga olgan holda tuziladi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlash tartibi navbatchi naryad tomonidan ta’minlanadi. Naryad tarkibi, naryad har bir a’zosining ish vaqti ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan ta’minlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasini yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni o‘zining voyaga yetmaganlar mazkur muassasaga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori organlarga, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi bilan o‘zgalarning odamning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklanmagan miqdorda telefonda so‘zlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan bog‘lanib turish, posilkalar, banderollar, yo‘qlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda jo‘natish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan normalar bo‘yicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida ta’minlanishi davlat ta’minoti asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi va mazkur Markaz joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash muassasasining shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida yakka tartibdagi profilaktika ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlari, uni olib borish asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular markazda bo‘lgan to‘liq vaqt davomida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyatini, uning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari, o‘zboshimchalik bilan o‘qishni to‘xtatish, oiladan, ta’lim muassasalaridan ketib qolishi sabablarini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlik holatlarini, uni sodir etishda qatnashgan shaxslarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilish holatlarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etilganlik holatlarini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘radilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalarni yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydilar hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oqibatlarini tushuntiradilar, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini ko‘radilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida manfaatdor davlat organlarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarini xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikda voyaga yetmaganni saqlash, tarbiyalash, unga ta’lim berish, uning bandligi va dam olishini tashkil etish, ishga joylashishi va turmushini yo‘lga qo‘yishida yordam ko‘rsatish masalalarini hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelingan hollarda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari undagi mavjud hujjatlar bo‘yicha, ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, shuningdek tegishli ichki ishlar organlari, boshqa tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish, voyaga yetmaganni topib olish sharoitlari, yurish yo‘li, transport turi, taxminiy yashash joylari, kun kechirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va manbalari hamda shaxsini aniqlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash yo‘li bilan voyaga yetmaganning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning shaxsi aniqlanganidan so‘ng bir sutka mobaynida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tegishli ichki ishlar organlariga, ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga voyaga yetmaganning joyi haqida ma’lumotlar yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakka tartibdagi profilaktika ishlari samaradorligini oshirish maqsadida voyaga yetmaganlarga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i tomonidan tegishli buyruq chiqarish yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Voyaga yetmaganlarni joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslari bo‘lgan voyaga yetmaganlar oilasiga qoidaga ko‘ra, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari kuzatuvida qaytariladi yoxud voyaga yetmaganlarni olib ketish uchun kelgan ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga berib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar, shuningdek ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning olib ketishi uchun belgilangan tartibda roziligini olgan qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga berib yuborilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘ining yozma ruxsatnomasiga binoan mustaqil ravishda ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar oldiga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yo‘lkira chiptasi, shuningdek belgilangan normalarda yo‘l uchun oziq-ovqat yoki pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Zarurat bo‘lganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Voyaga yetmaganning yashash uchun zarur sharoitlar yo‘qligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyiga qaytish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazi boshlig‘i bu haqda uni joylashtirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun uning yashash joyi bo‘yicha voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga ma’lum qiladi, shuningdek vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni joylashtirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul shaxslar tomonidan ijtimoiy-huquqiy yordam berish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi yoki o‘z vaqtida ko‘rilmaganligining barcha holatlari bo‘yicha darhol prokuror va ushbu markaz joylashgan joy bo‘yicha voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya xabardor qilinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalariga yoki boshqa bolalar muassasalariga joylashtirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu muassasalarga tegishli ravishda ta’lim, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etiladigan yo‘llanmalar bo‘yicha yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan voyaga yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari turli viloyatlarda joylashgan bo‘lsa, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari kuzatuvida, yoxud agar ushbu muassasalar va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bitta viloyatda joylashgan bo‘lsa - muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarning vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabarnoma olingandan so‘ng uch kun mobaynida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yetib kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasalari yoki boshqa bolalar muassasalari vakillariga topshirish voyaga yetmaganni topshirish haqidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirishda vaqtinchalik saqlab turish uchun olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan ota-onalarga yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasasi yoki boshqa bolalar muassasasi vakillariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Transport ichki ishlar organlari xodimlari voyaga yetmaganlarni kuzatayotgan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlariga yo‘lkira chiptalarini olishda yordam ko‘rsatadi, shuningdek voyaga yetmaganlarni bir transportdan boshqa transportga o‘tish chog‘ida va yo‘lning oxirgi punktlarida qo‘riqlashga ko‘maklashadi, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga yetmaganlarni qidirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga kuzatib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Respublika hududiga boshqa davlatlardan kelgan va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarni ular yashaydigan davlatlarga qaytarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Boshliq ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi nomidan faoliyat ko‘rsatadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, mol-mulkini tasarruf etadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatida qonuniylikni ta’minlash choralarini ko‘radi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ichki tartib va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganlarning xulq-atvori qoidalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda, xizmat formasini kiyish zarurati bo‘lmagan hollarda, oddiy kiyimda yurishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyati tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tezkor-texnik vositalar, transport vositalari, mebel, jihozlar va boshqa mol-mulk bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatni tashkil etishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 446-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda)