ILOVA
|
T/r |
Maqsadi |
Tadbirlar |
Muddatlari |
Bajaruvchilar |
|
I. Siyosiy soha | ||||
|
1.1 |
Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish |
1.1.1. Elchining boʻsh lavozimini toʻldirish va qoʻshimcha ikkinchi kotib shtat birligini joriy etish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasini (Rim shahri) kuchaytirish |
2007-yil I yarim yilligi |
Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati |
|
1.1.2. Italiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari J.Vernyettining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, Oʻzbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish |
2007-yil I yarim yilligi |
Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
1.1.3. Oʻzbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bayonnomani tayyorlash va imzolash |
2007-yil |
Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
1.2 |
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish |
1.2.1. Italiya tomoni bilan kelishgan holda “Oʻzbekiston-Italiya” parlamentlararo hamkorlik guruhini tuzish va delegatsiyalar ayirboshlanishini tashkil etish |
2007-yil |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha) |
|
1.2.2. “Italiya-Oʻzbekiston” doʻstlik va hamkorlik uyushmasi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga, “Oʻzbekiston-Italiya” doʻstlik jamiyati delegatsiyasining Italiyaga tashrifini tashkil etish |
2007-yil |
Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi | ||
|
II. Xavfsizlik sohasi | ||||
|
2.1 |
Xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, giyohvand moddalar aylanishiga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish |
2.2.1. Italiya Ichki ishlar vazirligining Giyohvand moddalarga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi boshligʻi K.Gualdining Oʻzbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish |
2007-yil I yarim yilligi |
Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2.1.2. Italiyaning mafiyaga qarshi kurash olib borish Milliy prokuraturasining taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasining javob tashrifini amalga oshirish |
2007-yil II yarim yilligi |
Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
III. Iqtisodiy hamkorlik sohasi | ||||
|
3.1 |
Institutsional hamkorlikni rivojlantirish |
3.1.1. Toshkentda savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhning 3-majlisini oʻtkazish |
2007-yil aprel-may |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda |
|
3.1.2. Oʻzbekistonning umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarini qurish va ularni jihozlash uchun Italiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish masalasini ishlab chiqish |
2007-yil |
Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlim� vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | ||
|
3.2 |
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash |
3.2.1. “Oʻzstandart” agentligi bilan Italiyaning tegishli milliy organi oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va akkreditatsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni imzolashga tayyorlash |
2007-2008-yillar |
Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi |
|
3.2.2. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Italiyaning “Yunionkamera” Savdo-sanoat palatasi uyushmasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorlash |
2007-yil |
Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
3.3 |
Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytirish |
3.3.1. Italiyaning “Konfindustriya” sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi shafeligi ostida Oʻzbekiston va Italiyaning ishbilarmon doiralari ishtirokida iqtisodiy forum va kooperatsiya birjasi oʻtkazish |
2007-yil II yarim yilligi |
Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
|
3.3.2. Italiyaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, tikuv, charm-moʻyna va poyabzal sanoati, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish singari tarmoqlarga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Oʻzbekistonga mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Italiya banklarining kredit liniyalari SAChE tomonidan sugʻurta qoplamasi ostiga olinishini taʼminlash |
2007-2008-yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda | ||
|
3.3.3. Italiyaning koʻp shoxobchali distribyuterlik tarmogʻiga ega boʻlgan yirik eksport-import kompaniyalari va savdo uylari bilan aloqalar oʻrnatish |
2006 — 2008-yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | ||
|
3.4 |
Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish |
3.4.1. Eksport mahsulotni standartlashtirish va sertifikatsiyalash va boshqalar sohasida menejyerlar, mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida Italiya bilan texnik hamkorlikni rivojlantirish |
2007-2008-yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda |
|
IV. Madaniy-gumanitar hamkorlik | ||||
|
4.1 |
Madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish |
4.1.1. 2006 — 2010-yillarda Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasida madaniy va ilmiy hamkorlik hukumatlararo dasturini amalga oshirish |
2006 — 2010-yillar |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
4.1.2. Orol dengizi muammosi boʻyicha Italiyaning Vazirliklararo komissiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish |
2007-yil I yarim yilligi |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
4.1.3. Italiyada Oʻzbekistonning tarixi va zamonaviy hayoti toʻgʻrisida foto-koʻrgazma oʻtkazish |
2007-yil |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent rasmlar uyi | ||
|
4.2 |
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohas�da dasturlarni amalga oshirishga Italiyaning tegishli tashkilotlari va muassasalarini jalb etish |
4.2.1. Italiyaning jarrohlik, onkologiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish |
2007-2008-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
4.2.2. “Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan Italiyaning tegishli tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish |
2006 — 2008-yillar |
“Sogʻlom avlod uchun”, “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
|
4.3 |
Turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish |
4.3.1. Mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish hamda ularning menejmenti sohasida ixtisoslashayotgan Italiya investorlarini jalb etish |
2007-2008-yillar |
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
4.4 |
Oʻzbekiston va Italiya mintaqalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish |
4.4.1. Samarqand viloyati bilan Umbriya mintaqasi, shuningdek Buxoro viloyati bilan Toskana mintaqasi oʻrtasida sheriklik aloqalari oʻrnatish |
2007-yil |
Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi |