Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.12.2006 yildagi 265-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISPANIYA QIROLLIGI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha yaqin istiqbolga moʻljallangan tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning bajarilishi toʻgʻrisida Tashqi ishlar vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga har chorakda axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-dekabrdagi 265-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha yaqin istiqbolga moʻljallangan tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Maqsadi‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎

Bajaruvchilar‎

I. Siyosiy soha

‏‎‏1.1.

‏‎‏Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish

1.1.1. Ispaniya Qirolligida (Madrid shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasini ochish.

2007-yil I yarim yilligi

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi

1.1.2. Ispaniya Tashqi ishlar vaziri M.Moratinosning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.‎

2007-yil I yarim yilligi‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

1.1.3. Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish.‎

2007-yil II yarim yilligi‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

1.2.‎

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish‎

1.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ispaniya Parlamenti oʻrtasida parlament delegatsiyalari ayirboshlashni tashkil etish.‎

2007-yil‎

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha)‎

‎‎II. Xavfsizlik sohasi

2.1.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish‎

2.1.1. Oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida Ispaniya Ichki ishlar, Adliya vazirliklari va boshqa tegishli tashkilotlari masʼul xodimlarining Oʻzbekistonga tashriflarini amalga oshirish.‎

2007-2008-yillar‎

Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎

‎‎III. Iqtisodiy munosabatlar sohasi

3.1.‎‏
‎‏

‎‏‎‏Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish
‎‏

3.1.1. Kimyo, avtomobil sanoati, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, turizm, shuningdek konsalting xizmatlari koʻrsatish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Milliy biznes uyushmasi, Kataloniya “PIMEK” kichik va oʻrta biznes uyushmasi hamda Barselona Savdo-sanoat palatasi koʻmagida Ispaniya ishbilarmon doiralari delegatsiyalarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.‎

2007-yil I yarim yilligi‎

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

3.1.2. Ispaniyaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha jalb etish masalasini ishlab chiqish:
‎qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
‎toʻqimachilik va charm sanoati;
‎farmatsevtika va pardoz-andoz mahsulotlari ishlab chiqarish;
‎qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish;
‎xalq isteʼmoli tovarlari va shu kabilarni ishlab chiqarish. ‎

2007-2008-yillar‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda‎

3.1.3. Ispaniya firmalari, kompaniyalari, moliya muassasalari va investitsiya jamgʻarmalarini Oʻzbekiston davlat mulkini xususiylashtirishga jalb etish.‎

2007-2008-yillar‎

Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda‎

3.1.4. Oʻzbekiston transport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan aeroportlar, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari qurish, taʼlim va soliqni saqlash sohalarida Ispaniya bilan hamkorlik qilish loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish.‎

2007-yil‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ‎

3.1.5. “Oʻzstandart” agentligi va Ispaniyaning tegishli milliy organi oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash masalasini ishlab chiqish‎

2007-2008-yillar‎

“Oʻzstandart” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

‎‎IV. Madaniy- gumanitar sohadagi hamkorlik

4.1.‎‏
‎‏

‎‏Madaniyat, taʼlim, fan va texnika, qardoshlik aloqalari va turizm masalalari boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
‎‏

4.1.1. Ispaniya Tashqi ishlar vazirligining “Casa Asia” Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar boʻyicha instituti bilan birgalikda Amir Temur davlati va Kastiliya Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 600 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazish.‎

2007-yil‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

4.1.2. Samarqand bilan qardoshlik aloqalari oʻrnatish hamda ikkala shaharlar oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hujjatlarni imzolash maqsadida Oʻzbekistonga Barselona meriyasi delegatsiyasi tashrifini tashkil etish.‎

2007-yil II yarim yilligi‎

Samarqand viloyati h�kimligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎

4.1.3. Ikkala mamlakatlarning oʻquv yurtlari va tadqiqot institutlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish‎

2007-2008-yillar‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi‎