1-ILOVA
| 1. |
Shaharlar, tumanlar, aholi yashash punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha muassasalarini tayyorlab qoʻyish tadbirlarini, shuningdek qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun ularni taʼmirlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2004-yil 1-iyungacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar. |
| 2. |
Uy-joylar, binolar va inshootlar holatini ularning yongʻin xavfsizligi texnik normalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqish. |
2004-yil 1-sentabrgacha |
Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda. |
| 3. |
2004/2005-yil isitish mavsumi boshlangungacha respublika korxonalari va tashkilotlarining mavjud qozonxona asbob-uskunalarining foydalanishga tayyorligi va tabiiy gazni qabul qilish boʻyicha texnik talablarga muvofiqligini tekshirishdan oʻtkazish. Texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish. |
2004-yil 1-sentabrgacha |
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. |
| 4. |
Mavjud asbob-uskunalarning yuklama eng yuqori boʻlgan davrda ishlashining, qish oylarida tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirishni nazarda tutuvchi jadvalini, shuningdek asosiy asbob-uskunalarni taʼmirlash (uni qish oylariga koʻchirgan holda) jadvalini ishlab chiqish. |
2004-yil 1-sentabrgacha |
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” uyushmasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda. |
| 5. |
Uy-joylarni qish oylarida foydalanishga tayyorlab qoʻyishni tugallash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash boʻyicha moʻljallangan ish hajmlarini bajarish, uy-joylarni issiqlik bilan taʼminlash sifatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yertoʻlalar va tomlarni tekshirishni tashkil etish, tomlar, yertoʻlalar va uy yoʻlaklariga kirish eshiklari zarur darajada yopilishini taʼminlash. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi. |
| 6. |
Maktabgacha bolalar muassasalarini, maktablar, oʻquv yurtlari, poliklinikalar va kasalxonalarni 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlab qoʻyish ishlarini tugallash. |
2004-yil 1-sentabrgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. |
| 7. |
Qozonxonalarni mukammal tuzatish hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etish. |
2004-yil 1-noyabrgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirl�r Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi. |
| 8. |
Tabiiy gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatgan holda barcha korxonalar va tashkilotlar tomonidan ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratish. |
2004-yil 1-noyabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar. |
| 9. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kuz-qish davriga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ayrim tadbirlarni bajarishga mablagʻlarni oldindan ajratish va mablagʻ ajratishni 2004-yilning IV choragidan III choragiga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish. |
2004-yil III chorak |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. |
| 10. |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun korxonalar va tashkilotlarning qarzini toʻlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
doimo |
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. |
| 11. |
Qozon-pech yoqilgʻisi ishlab chiqarilishini va isteʼmolchilarning barcha toifalariga (budjet sohasiga, toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, birja savdolariga) uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash. |
doimo |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. |
|
“Shoʻrtan”, “Yangi Qoratepa”, “Janubiy Tandircha” va “Uchsoy” konlarida 5 ta gaz qazib olish quduqlarini foydalanishga topshirish. |
2004-yil oxirigacha |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
Gazli-Sarimoy uchastkasida diametri 1220 mm, uzunligi 66 km boʻlgan Gazli-Nukus gaz quvurini uzaytirish. |
2004-yil avgust |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
“Qodirobod” (Namangan viloyati), “Qoratov” va “Qizil Qaʼla” (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) gaz ajratish quvurlari qurilishini tugallash. |
2004-yil oktyabr |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ishga tushirish va tozalash qurilmalariga ega boʻlgan 1600 km magistral gaz quvurlarini tozalash ishlarini bajarish. |
2004-yil 1-noyabrgacha |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
Muborak gazni qayta ishlash zavodida oltingugurtdan tozalash 3 ta blokini mukammal taʼmirlash, 1 va 2-qozonxonalarda 1 ta mukammal va 3 ta joriy taʼmirlashni amalga oshirish. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
“Shimoliy Soʻx” yer osti gaz omborini 1150 mln kub metr, “Xoʻjaobod” yer osti gaz omborini 900 mln kub metr hajmida gaz bilan toʻldirish. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
|
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi korxonalarini, ularni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash uchun 4,8 mln AQSh dollari hajmida (tabiiy gazni eksport qilish va uning tranzitidan tushadigan, kompaniya ixtiyor�da qoladigan mablagʻlar hisobiga) hamda 4,7 mlrd soʻmga teng boʻlgan hajmda (valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan tushadigan mablagʻlardan) mablagʻlar bilan taʼminlash. |
2004-yil |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi. | |
| 12. |
Elektr stansiyalarni va boshqa sanoat korxonalarini yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvalini hamda 2004/2005-yil kuz-qish davrida uzib qoʻyilmaydigan korxonalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2004-yil 20-sentabrgacha |
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda. |
| 13. |
“Oʻzkommunxizmat” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi mablagʻlari hisobiga Angren shahrigacha 15 kilometrlik D-219 mm gaz quvuri qurilishini amalga oshirish. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzkommunxizmat” agentligi. Toshkent viloyati hokimligi. |
| 14. | Quyidagilarni tugallash: | | |
|
yuklama eng yuqori boʻlgan davrda ishga tushirilgan elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal taʼmirlash, elektr stansiyalarida suyuq va qattiq yoqilgʻi toʻplash; |
2004-yil 1-noyabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. | |
|
Talimarjon GRESini qurish va foydalanishga topshirish; |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. | |
|
“Soʻgʻdiyona” PS-500 kV kichik stansiyani qurish �a foydalanishga topshirish; |
2004-yil 1-iyulgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. | |
|
issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr tsentaleylarning 19 energoblokini, 7 turboagregatini, 20 qozonxona agregatini, respublika gidroelektr stansiyalarining 26 gidroagregatini mukammal va oʻrtacha taʼmirlash; |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. | |
|
Angren shahridagi “Issiqlik manbai” balansidagi 18,8 km magistral issiqlik tarmoqlari tizimini oʻz kuchi va mablagʻlari hisobiga yotqizish. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. | |
| 15. |
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasiga qarashli korxonalar va tashkilotlarni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash tadbirlarini tugallash. |
2004-yil 1-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. |
|
“Angren” konida oʻsish surʼati 2003-yilga nisbatan 1,8 baravar boʻlgan 17830 ming kub.m hajmda kon yuzasini ochish ishlarini bajarish. |
2004-yil |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
Respublika isteʼmolchilariga 2569 ming tonna, shu jumladan: |
| ||
|
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga 2185 ming tonna; |
2004-yil 31-dekabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
budjet sohasiga 204 ming tonna; |
2004-yil 15-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
birja savdolari va kimoshdi savdosi orqali yoqilgʻi isteʼmolchilariga, shu jumladan aholiga 77 ming tonna; |
2004-yil |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
boshqa isteʼmolchilarga — 103 ming tonna koʻmir yetkazib berilishini taʼminlash. |
2004-yil |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
Koʻmir tarmogʻi asbob-uskunalarini yangilash va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli fondga 18,4 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ tushishini taʼminlash. |
2004-yil |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
Umumtaʼlim, davolash-profilaktika muassasalarining buyurtmanomalariga toʻliq muvofiq holda ularni sifatli koʻmir bilan taʼminlash. |
2004-yil 15-oktabrgacha |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
|
Koʻmirni tushirish joyidan isteʼmolchilargacha transportda tashish uchun joylarda mablagʻlarni nazarda tutish. |
doimo |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi. | |
| 16. |
Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir, tuz hamda xoʻjaliklarni 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan bogʻliq boshqa yuklarning uzluksiz tashilishini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2004-yil 1-iyulgacha |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi. |
| 17. |
Vagonlarning, ayniqsa sisternalarning normativdan ortiqcha turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, yuklash-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi paytlarda, bayram va dam olish kunlarida, uzluksizligini taʼminlash, kirib kelish yoʻllarini taʼmirlash-profilaktika ishlarini, sovuq davrda yuklar muzlab qolishining oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
doimo |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda. |
| 18. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini texnik tuz bilan taʼminlash. |
doimo |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar. |
| 19. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni keng yoritish. |
doimo |
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. |
| 20. |
2004/2005-yil kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash. |
doimo |
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi. |
| 21. |
Obyektlarni 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini hududiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqish va axborot taqdim etish. |
har oʻn kunda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. |
| 22. |
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini Respublika komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish. |
har oyda |
Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xoʻjaligi va transport kompleksi kotibiyati Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda. |
2-ILOVA
| T/r |
Mintaqalar |
Qozonxonalarni mukammal taʼmirlash (ta) |
Qozonxonalarni joriy taʼmirlash (ta) |
Issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash (km) |
Issiqlik tarmoqlarini joriy taʼmirlash (km) |
Issiqlik trassalarini izolatsiyalash (km) |
Suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash (km) |
Gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash (km) |
GTPlarni tekshirish (dona) |
GTPlarni joriy taʼmirlash (dona) |
1991-yilgacha qurilgan uy-joy fondini mukammal taʼmirlash (ta) |
Uy-joy fondini joriy taʼmirlash (ta) |
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 4 | 5 | 5,0 | 6,5 | 8 | 2,05 | 39,9 | 5033 | 94 | 159 | 566 |
| 2. | Andijon viloyati | 2 | 11 | 0,5 | 1,9 | 3,2 | 8,0 | 52,7 | 5035 | 102 | 158 | 185 |
| 3. | Buxoro viloyati | 3 | 34 | 0,5 | 2,8 | 6,2 | 9,0 | 15,0 | 4994 | 10 | 130 | 887 |
| 4. | Jizzax viloyati | 1 | 8 | 2,0 | 1,2 | 2 | 0,8 | 63,5 | 2693 | 269 | 118 | 260 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 4 | 32 | 3,1 | 7,3 | 7,3 | 6,0 | 44,7 | 3107 | 153 | 184 | 140 |
| 6. | Navoiy viloyati | 5 | 4 | 1,0 | 0,5 | 15,7 | 2,0 | 6,0 | 1795 | 36 | 19 | 310 |
| 7. | Namangan viloyati | 3 | 168 | 6,2 | 10,0 | 32 | 11,5 | 27,8 | 5180 | 248 | 80 | 736 |
| 8. | Samarqand viloyati | 3 | 10 | 3,0 | 4,0 | 7,9 | 10,0 | 59,4 | 9029 | 38 | 208 | 169 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 4 | 7 | 1,0 | 0,6 | 11,7 | 3,0 | 35,9 | 2545 | 285 | 66 | 635 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 1 | 8 | 1,0 | 6,7 | 16 | 2,0 | 14,5 | 1700 | 23 | 299 | 700 |
| 11. | Toshkent viloyati | 9 | 86 | 7,2 | 54,5 | 25,7 | 14,2 | 17,4 | 6378 | 242 | 728 | 3922 |
| 12. | Fargʻona viloyati | 6 | 14 | 8,0 | 0,8 | 6 | 8,2 | 83,3 | 9372 | 217 | 158 | 1956 |
| 13. | Xorazm viloyati | 2 | 12 | 1,0 | 4,3 | 7,8 | 2,9 | 27,9 | 4698 | 150 | 331 | 250 |
| 14. | Toshkent shahri | 3 | 308 | 70,0 | 409,0 | 97 | 4,1 | 15,0 | 1506 | 190 | 789 | 9056 |
| | Respublika boʻyicha hammasi | 50 | 707 | 115,2 | 510,1 | 247 | 83,7 | 503,0 | 63065 | 2057 | 3427 | 19772 |
3-ILOVA
| Fayzullayev R.F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Gʻulomov S.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Joʻrayev T.I. | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| Nazirov F.Gʻ. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Jalolov A.A. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abdurahmanov M.S. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Hasanov S.S. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Niyozmatov B.I. | — | Bosh davlat sanitariya vrachi, Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
| Azizov A.A. | — | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi |
| Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Xolmuhamedov Oʻ.O. | — | “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori |
| Akramov E.M. | — | “Oʻzqurilishmateriallari” uyushmasining raisi |
| Amanbayev O.E. | — | Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi |
| Ramatov A.J. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Klimenko A.I. | — | “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi raisi |
| Qoʻldoshev A.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Sheraliyev R.M. | — | “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi vazifasini bajaruvchi |
| Teshaboyev B.M. | — | “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi |
| Saidov R.T. | — | “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi |
| Ahmedov O. Y. | — | Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |